Nazorat savollari:
1. Terminal holat tushunchasi?
2. Terminal holat davrlari?
3. Terminal holatlarda bajariladigan muolajalar?
4. Qusish nima?
5. Zararlangan tana qismlariga muz xalta qo’yish qoidalari.
4.17. Og’ir xirurgik bemorlarda kiyim–kechak va oqliklarni almashtirishning o’ziga xos hususiyatlari, yotoq, yaralarni oldini olish
Bolalar toza tutilishi, ko’rinishi chiroyli bo’lishi lozim. Tibbiy hodim bola sochini tarashi, tirnog’ini olishi, lozim bo’lsa kiyinishiga yordam berishi shart. Maktab yoshidagi bolalar umumiy rejimda bo’lsa o’zlari ertalab va kechqurun yuvinishi, tishini, qulog’ini yuvishi shart. Lozim bo’lsa bolaga tish cho’tkasidan qpnday foydalanishni tushuntirish kerak. Erta va maktabgacha yoshdagi bolalarga g’amshira yordamlashishi kerak: masalan, qiz boallarni sochini shaxsiy tarog’i bilan tarashi, ertalab va kechqurun tashqi jinsiy a’zolarini iliq suvda oldidan orqaga qarab, orqa teshikka qarab yuvishi lozim. Xaftasiga bir marta tirnoqlarni tekshirishi, 7-10 kunda bir marta vanna qabul qildirishi kerak. Vanna qabul qilgan kuni o’rin-ko’rpalarini, kiyimlari almashtirilishi kerak. Lozim bo’lsa yotoq choyshablari va ichki kiyimlarini tez-tez almashtirish kerak
O’rin-ko’rpa tarkibi. Krovat palataga shunday joylashtirilishi kerakki, unga har tomondan bemalol bora olinishi, bosh tomonni devorga qaragan bo’lishi lozim. Qo’shni krovatlar bilan orasi kamida 1,5 m bo’lishi kerak. Krovat setkasi yaxshi tortilgan bo’lishi, yuzasi tekis, ustiga to’shak tashalgan, uning ustidan toza choyshab tashalib chetlari to’shak ostiga buklangan bo’lishi kerak, choyshab chetlari osilib, o’ralib yotmasligi kerak. Agar bemor choyshab ustida ovqatlansa, choyshabni qoqib qaytadan yoyish lozim. Paxta, par yostiqlar ustidan toza yostiqjild kiygizish kerak. Ko’rpa toza, yengil, issiq bo’lishi, yaxshi dezinfeksiyalanishi lozim. Yoz oylvarida bemorlar matoli ko’rpalardan foydalanishi mumkin. Ko’rpa ustiga ko’rpajild kiygizili shart. Bolalar va keluvchilar boshqa krovatlarda o’tirishi mumkin emas. Ota-onalar stulda o’tirishlari kerak.
Ba’zi bemorlarga, ya’ni umurtqa pog’onasi, bo’g’imlar, ichki a’zolar patologik joylashganda (adashgan buyrak) krovat setkasi ustidan taxta, uning ustidan to’shak tashlanadi.
Og’ir bemorlar uchun maxsus funktsional krovatlar ishlatiladi, ularda bemorga kerakli holatlarni berish mumkini (masalan, yarim o’tirgan holat). Funktsional krovat panelli ramadan, ikkita suyanchiqdan, ikkita yon panjaradan, krovat usti stolidan va korzinadan tashkil topgan. Krovat paneli uchta harakatlanuvchi seksiyadan iborat: bosh, chano-son va oyoq.
Yon panjaralar olinadi va yosh bolalarni himoya qilishi, shuningdek vena ichiga uzoq vaqt dori yuborishda bola qo’l-oyog’ini bintlashda yordamchi vazifani va h.o. bajaradi. Krovat usti stoli patnis va ikkita oyoqchadan tashkil topgan bo’lib, bevosita bemor yuzi oldiga krovat ustidan qo’yiladi, agarda bemor yarim o’tirgan holatda bo’lsa. Tuvak uchun korzina bo’ladi.
Har bir krovat yonida tumbochka bo’lib, bola shaxsiy gigiyena anjomlari, kiyimlari, o’yinchoqlari, kitoblar turadi. Tumbochka holatni hamshira nazorat qilib turadi.
O’rin-ko’rpa va kiyimlarni almashtirish 7-10 kunda bir marta vanna qabul qilingandan keyin amalga oshiriladi, lozim bo’lsa tez-tez ham almashtirilishi mumkin. Katta yoshli bolalar ahvoli qoniqarli bo’lsa o’zlari kiyinishadi, kichik yoshdagilarga hamshira yoki kichik tibbiy xodim yordamlashadi.
Og’ir, yotoq rejimdagi bemor kiyimlari almashtirilganda hamshira kuylak chetlaridan ushlaydi, olddin boshidan, kekeyin qo’lidan chiqarib yechintiradi. Toza kiyim shunga teskari ravishda kiygiziladi. Agarda bemor qo’li shikastlangan bo’lsa oldin sog’ qo’lidan, keyin kasal qo’ldan yechiladi. Kuylakni oldin kasal qo’lga, keyin sog’ qo’lga kiygiziladi.
Odatda bemor kiyimini almashtirganda oqliklarini ham almashtirishadi. Agar bemor o’tira olsa, uni krovatdan stulga o’tirg’izib, hamshira oqliklarni almashtiradi. Yotoq rejimdagi bemorlarni oqliklarini almashtirishni ikki xil usuli bor:
1) eski choyshab bosh tomondan pastga qarab o’rab kelinadi va olinadi. Ikki tomondan bintga o’hshab o’ralgan toza choyshab bemor dumg’azasi ostiga qo’yiladi va krovatga uzunasiga yoyiladi;
2) bemor bola krovat yoniga suriladi va eski choyshab uzunasiga o’raladi, ochilgan sohaga yangi choyshab yoyiladi va bemor uning ustiga o’tkaziladi, keyin eski choyshab olinadi va yangisi yoyiladi.
Eski oqliklar va kiyimlar alohida yig’iladi va qopqoli plastmassa idishlarga yoki polietilen qoplarga solinadi va alohida xonaga olib chiqiladi. Bo’lim bekasi boshqa xalat kiyadi va kleyenka fartik takadi, oqliklarni saralaydi, kasalxonaning markazlashgan kirxonasiga, undan kir yuvish xonasiga yuboradi. Oqliklarni almashtirgandan keyin palata poli va boshqa jihozlar 1 % kal’siy gipoxlorid eritmasiga namlangan lattt bilan artib chiqiladi.
Bo’limda bir sutkaga yetadigan oqliklar zahirasi bo’lishi kerak. Oqliklarni markaziy isitish batareyalarida quritish va qayta ishlatishga yo’l qo’yilmaydi.
O’z vaqtidan o’tib va noto’g’ri almashtirilgan oqliklar yotoq yaralar rivojlanishiga sababchi bo’ladi.
Yotoq yaralarni oldini olish. Gigiyenik vanna qabul qila olmaydigan, uzoq vaqt yotoq rejimda yotadigan bolalarni terisini parvalishlash alohida ahamiyatga ega. Teri dezinfeksiyalovchi eritmaga (yarim spirtli eritma, odekalon, oshxona uksusi, kamfora spirti va h.o.) namlangan sochiq yoki yumshoq mato (doka) bilagn artiladi. Sochiqni bir uchi namlanadi va quloq orqasi, bo’yin, yelka, ko’krak qafasi, dumba, qo’ltiq osti va chov burmalari, qo’l-oyoqlar artiladi. Keyin quruq tomoni bilan yana o’sha sohalar artib quritiladi.
Yotoq yara — yumshoq to’qimalar (teri va teri osti qavati) nekrozidir. Ko’pincha yotoq yaralar nimjon bolalarda dumg’aza, kurak, son suyagi boshi, tirsak, tovon sohalarda, ya’ni yumshoq to’qima o’rin va suyak orasida bosilib eziladigan sohalarda uchraydi.
Yotoq yaralarni rivojlanishiga terini noto’g’ri parvalishlash, yomon va noto’g’ri yoyilgan choyshab sababchi bo’lib, ular teri va teri osti qavatida qon aylanishini buzadi. Oldin teri oqaradi, keyin qizaradi, shishadi va epidermis ko’chadi. Pufakchalar va teri nekrozi hosil bo’lishi mahalliy o’zgarishlarni kuchayganidan va yotoq yaralarni erta belgilarini tibbiyot xodimi to’liq baholamaganidan dalolat beradi. Og’ir holatlarda nafaqat yumshoq to’qimalar, balki suyak usti pardasi, hattoki suyak ham zararlanadi. Infeksiyani qo’shilishi sepsisni rivojlanishiga olib keladi.
Yotoq yaralarni oldini olishga har kuni bemor bolani yonga aylantirish (agar ahvoli ko’tarsa), choyshabni yig’ilib qolgan sohalarini to’g’rilash, ovqat qoldiqlaridan tozalash, terini dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan artish kiradi. Uzoq vaqt yotadigan og’ir bemorlar ostiga kichik choyshab bilan o’ralgan rezina (shishirilgan) aylanalar qo’yiladi. Uni shunday qo’yish kerakki, dumg’aza aylana o’rtasida bo’lishi kerak. Agar terida qizarish paydo bo’lsa qon aylanishini yaxshilash uchun quruq sochiq bilan sekin artiladi. Ultrabinafsha nurlantirishdan foydalaniladi. SHilingan teri sohalari sovuq suvda bolalar sovunida yuviladi, spirt bilan artiladi, keyin tal’k yoki oddiy pudra sepiladi.
Pufakchalar brilliant yashili bilan artiladi, quruq bog’lam qo’yiladi. Nekrozni chegaralash uchun shifokor o’lgan to’qimalarni kesib olib tashlaydi, yara 1% kaliy permanganat eritmasiga namlangan steril salfetka bilan o’rab qo’yiladi. Keyinchalik hamshira kuniga 2-3 mahal bog’lamni almashtiradi va yara holati to’g’risida shifokorga xabar berib turadi. Yara tozalanishiga qarab mazli (Vishnevskiy mazi, sintomitsin emul’siyasi va h.o.) bog’lamlar qo’llaniladi.
Bolalarda yotoq yaralarni paydo bo’lishi yomon parvarishdan, bo’lim tibbiy xodimlarini past tibbiy madaniyatidan, o’z vazifalariga sovuqqonlik bilan yondashishidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |