Ko`ngil aynishi (lot. nausea) – ko`krak osti, ko`krak, halqum va og`iz bo`shlig`ida noqulaylik bo`lib, ko`pincha qusish bilan davom etadi. Ko`ngil aynishi so`lak oqishi, teri qoplamlari oqarishi, yuqori teri ajralishi, bosh aylanishi, qon bosimi pasayishi bilan birga kechishi mumkin. Bu simptomning rivojlanishida qusish markazining qo`zg`alishi yotadi. Agar ko`ngil aynishi soatlab davom etadigan bo`lsa, hamshira bemorga holatni vaqtincha yengillashitirishni o`rgatishi kerak-kichik porsiyalar orqali gazlanmagan mineral suvni ichish.
Qusish (yunon. emesis) – oshqozon ichidagi massaning og`iz orqali noixtiyoriy ajralishi. Ko`pincha qusish ko`ngil aynishidan so`ng kechadi. Qusish faqatgina hazm qilish organlari kasalliklarida emas balki yuqumli kasalliklarda, zaharlanishlarda, buyrak kasalliklarida, qandli diabetda, gipertonik kasalliklarda, nerv kasalliklarida kuzatiladi. Qusish bemor holatini yomonlashtirishi, organizmni suvsizlantirishi va elektrolitlar yo`qotilishiga sabab bo`ladi. Bemorning hushini yo`qotganda qusish massalari bilan aspiratsiyasi bo`lishi mumkin, bu esa o`pka yallig`lanishiga sabab bo`ladi; uzoq aspiratsiya asfiksiyaga olib kelishi mumkin. Og`ir qusish ko`pincha oshqozon shilliq qavatining buzilishiga olib kelib, oshqozon qon ketishiga olib kelishi mumkin (Mellori-veyss sindromi).
Aspiratsiya (lot. aspiratio – bo`g`ilish) – pastki nafas yo`llariga havo bilan suyuqliklar va yot jismlarning tushishi. Aspiratsiya o`tkir yo`tal, ba`zida nafas yetishmovchilig va hush yo`qolishi bilan kechishi mumkin.
Qusayotgan bemorga yordam ko`rsatish. Qusish vaqtida ular odatda instinktiv tarzda o`zlari uchun qulay holatga keladi. Agar bemor hushida bo`lmasa, uni yarim o`tirgan holatga keltirish yoki uni yonbosh yotqizib, boshini pastga egish kerak. Qusish massalarini nafas yo`llariga tushishining oldini olish uchun bemor orqasi bilan yotmasligi kerak. Polga tog`ora qo`yish, og`iz burchagiga esa sochiq qo`yish kerak.
Hamshira bemorning holatini kuzatishi va qusish massalarining aspiratsiyasining oldini olishi kerak.
Qusish massalarida qon bo`lganda bemorni to`shagiga yotqizib, zudlik bilan shifokorni chaqirish kerak. Shifokor kelgunga qadar epigastral sohaga muz qo`yish mumkin, Pulsni sanash va Arterial bosimni o`lchash kerak.
Qusish massalarini yig`ish uning miqdori va tarkibini laboratorik tekshiruvda aniqlash uchun amalga oshiriladi. Yig`ish uchun og`zi keng 2 l hajmdagi va qopqog`i bo`lgan shisha idish qulay hisoblanadi. Agar qusish qaytalanadigan bo`lsa, qusish massalarini alohida idishlarga yig`ish kerak. Qusish massalarini shifokor kelgunga qadar saqlash kerak. Qusish massalarini zararlantirish uchun qopqoq bilan yopilgan idishga quruq oxakli xlor sepiladi va aralashtiriadi. 1 soatdan so`ng u kanalizatsiyaga oqiziladi.
Kekirish (lot. eructatio) – birdaniga noixtiyoriy ba`zida ovozli bo`lib oshqozon yoki qizilo`ngachda yig`ilgan havoni chiqarib yuborish. Kekirish oshqozon tarkibining kichik qismining og`izga tushishi bilan birga bo`lishi mumkin. Havo bilan kekirish aerofagiyada kuzatiladi. Aerofagiya (yunon. aeros - havo, phagein – yemoq, yutmoq) – mo`l miqdordagi havoni yutib keyin esa kekirish; uni tez ovqatlanishda, bir qator oshqozon-ichak kasalliklarida, psixik kasalliklarda kuzatish mumkin.
Kekirish og'izda kislota ta’mi bilan birga bo'lishi mumkin (oshqozon sekretsiya, me'da-xlorid kasallik amplifikasyon) yoki achchiq (qachon o'n ikki barmoqli ichak dan me'daga safro tashlab), chirigan tuxum hidli (gastrit bilan, pilorik stenoz) .
Noxush ta'm va hidni his qilish bemorga katta noqulaylik tug'dirishiga olib keladi. Bu alomatlar borligi har ovqatdan so'ng bemorga tish chayish tavsiya etiladi, suv yoki qaynatilgan suvi o'tlar (yalpiz, moychechak va hokazo) bilan og'zini chayqash.
Jig’ildon qaynashi, zarda qilish (Lot. pyrosis.) - ko'krak yoki qorinning epigastral sohasi atrofidagi kuydiruvchi harakterdagi og’riqqa, ko'pincha qizilo'ngachga me’da xlorid kislotasini ko’tarilishi va qizilo'ngach silliq mushak spazmı hisobiga vujudga keladi. Sabablari: reflyuks-ezofagit, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichak yarasi kasalligi, o't yo'llarining kasalliklari, diafragma churralarida bo'lishi mumkin.
Jig’ildon qaynashini yo'qotish uchun bemorga shifokor tomonidan tavsiya etilgan dori-darmon berilib, unga stakan sut, mineral yoki qaynatilgan suv beriladi, uyqu vaqtida karavotning bosh tomoni ko'tariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |