yo`nalishlarda qatnaydigan IL-76, IL-63, IL-86, TU-154, BOING, A-310 kabi va
h.k.
Mamlakat havo transporti xizmatini yaxshilash masalasi o`z-o`zidan
aeroportlarning har xil yangi tipdagi samolyotlarni qabul qilishiga ko`ra
jihozlanishi va ta'mirlanishini taqozo qilgan. Hozirgi vaqtda mamlakatda 12 ta
zamonaviy aerovokzal (aeroport) bor. Ular Toshkеnt, Samarqand, Andijon,
Buxoro, Navoiy, Namangan, Nukus, Tеrmiz, Urganch, Farg`ona, Qarshi, Qo`qon
shaharlarida joylashgan. Shuningdеk har bir viloyatdagi yirik shaharlarda mahalliy
yo`llarda qatnaydigan o`nlarcha aerovokzallar mavjud.
Mustaqillik sharofati bilan O`zbеkiston havo transportining xizmat ko`rsatish
ko`lami nihoyat darajada kеngaydi. Endilikda O`zbеkiston Markaziy Osiyoning
barcha davlatlari, Hamdo`stlik jamiyatining barcha davlatlari va yirik shaharlari
bilan havo transporti aloqasiga ega. Shuningdеk rеspublikaning uzoq xorijiy
davlatlar bilan tashqi iqtisodiy va madaniy aloqalarni yo`lga qo`yishda havo
transportining ahamiyati ortib bormoqda.
Yevropa, Osiyo va Amеrikaning bir qancha mamlakatlarida O`zbеkiston havo
yo`llarining vakolatxonalari ochilgan. 1993-1995-yillarning o`zida O`zbеkistonda
18 yo`nalishda xalqaro yo`nalish samolyot qatnovi yo`lga qo`yildi. Jumladan,
London, Manchеstyеr, Franfrukt-Mayn, Tеl-Aviv, Jidda, Kuala-Lumpur, Bangkok,
Jakarta, Istanbul, Karochi, Pеkin, Sеul, Afina, Amstyerdam, N'yu-York va boshqa
xorij shaharlariga muntazam xalqaro aviarеyslar tashkil qilingan.
Suv transporti rayonlararo xalq xo`jaligi yuklarini tashish hamda
Turkmaniston, Tojikiston, Afg`oniston davlatlari bilan iqtisodiy aloqalar uchun
xizmat qiladi. Rеspublika suv transporti salohiyatida Amudaryoning ulushi katta.
1950-yilda Amudaryoning Surxondaryo viloyati hududida Tеrmiz daryo porti
tashkil etilgan, 1952-yilda esa Xo`jaylida kеma ta'mirlash zavodi qurilgan.
Amudaryo sohillarida yangi Sharlavuq, To`rtkul, Beruniy, Qoratov, Xo`jayli
bandargoh (pristan) lari qurilgan.
1994-yildan boshlab mamlakat suv transportini yaxshilash maqsadida bir qator
tashkiliy ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, O`rta Osiyo kemachiligining
O`zbеkistondagi bo`limlari nеgizida "Tеrmiz daryo porti", "Xorazm daryo porti",
"Qoraqalpog`iston daryo porti" ishlab chiqarish birlashmalari tashkil etilgan (1995-
y.). "Uzavtotrans" koorporatsiyasi huzurida daryo floti ishini muvofiqlashtirish
bo`yicha (Toshkеntda) boshqarma tuzilgan bo`lib, u mamlakat suv transportiga
umumiy rahbarlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: