Kasb - (lot. Profesio – rasmiy ravishda ko‘rsatilgan mashg‘ulot, profileer –
o‘z ishim deb e’lon qilaman), qomusda aytilganidek, insonning maqsadga
yo‘naltirilgan tayyorgarligi, ish tajribasi natijasida egallagan maxsus nazariy
bilimlar va amaliy ko‘nikmalarga ega kishining mehnat faoliyati turidir.
Kasbiy ta’lim pedagogikasi – ta’lim-tarbiya oluvchilarga aniq
yo‘nalishdagi kasbiy ma’lumotlarni o‘rgatuvchi fan.
Kichik guruh – umumiy ishni bajaradigan va bir-birlari bilan bevosita
shaxsiy aloqada bo‘lgan, 3 tadan 20-30 tagacha kishidan tarkib topgan, unchalik
katta bo‘lmagan kishilar to‘plamidir. U guruh a’zolarining hamdard bo‘lishi,
«biz» ekanligini his etishi bilan bog‘liq xususiyatlarga ega.
Liderlik – guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida hukmronlik va
bo‘ysunuvchanlik, hokimlik va qaramlik munosabatlaridir.
352
Do'stlaringiz bilan baham: |