Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi toshkеnt arхitеktura va qurilish instituti


 Talabalarning psixologik xususiyatlari



Download 4,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/241
Sana29.12.2021
Hajmi4,82 Mb.
#83061
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   241
Bog'liq
kasbiy psixologiya

 
5.2.1. Talabalarning psixologik xususiyatlari 
Tadqiqotlarda  talabalar  deganda  moddiy  va  ma’naviy  ishlab  chiqarishda 
ijtimoiy  hayotga  va  mutaxassislikka  oid  rollarni  muayyan  qoida  va  maxsus 
dastur asosida bajarishga tayyorlanayotgan ijtimoiy guruh tushuniladi. 
Oliy  oʻquv  yurtidagi  ta’limning  oʻziga  xos  xususiyatlari  talabalarning 
boshqa ijtimoiy guruhlar bilan (ular xoh rasmiy, xoh norasmiy boʻlishidan qat’i 
nazar)  muloqotga  kirishishi  uchun  muhim  imkoniyat  yaratadi.  Talabalik 
davrining  asosiy  xususiyatlaridan  biri  ijtimoiy  yetuklikning  jadal  sur’at  bilan 
roʻyobga  chiqishidir.  Ma’lumki,  ijtimoiy  yetuklik  (kamolot)  shaxsdan  zarur 
aqliy  qobiliyatni  hamda    ijtimoiy  turmushda  bajariladigan  turli  rollarni 
egallashda  (oila  qurishga),  farzandlarni  tarbiyalashga,  foydali  mehnatda 
qatnashishga  (mas’ul  vazifada  ishlashga)  tayyorlanishni  talab  qiladi.  Mazkur 
jarayonning bosh mezonlari va koʻrsatkichlari oʻrta ma’lumotlilik, jamoatchilik 
topshirigʻi, mehnatda faollik koʻrsatish, qonunlar oldida javobgarlik, mutaxassis 
boʻlish  imkoniyati,  unga  intilish  tuygʻusi,  irodaviy  zoʻr  berish,  yosh  otalik  va 
onalik burchi, jamoat arbobi vazifasini oʻtash, ijtimoiy guruhga rahbarlik qilish, 
sport bilan shugʻullanish, boʻsh vaqtni tashkil eta olish, toʻgarakda qatnashish va 
hokazolardan iboratdir. 
Talabalik davri  oʻspirinlikning ikkinchi bosqichidan iborat boʻlib, 17 – 22 
– 25 yoshni oʻz ichiga oladi va oʻzining qator betakror  xususiyatlari va qarama 
–  qarshiliklari  bilan  xarakterlanadi.  Shu  boisdan  oʻspirinlik  davri  shaxsning 
ijtimoiy  hamda  kasbiy  mavqeini  anglashidan  boshlanadi.  Mazkur  pallada 
oʻspirinlik oʻziga xos ruhiy inqiroz yoki tanglikni boshidan kechiradi, jumladan 


276 
 
kattalarning har  xil koʻrinishdagi (unga yoqish yoki yoqmasligidan qat’i nazar) 
rollarini  tez  suratlar  bilan  bajarib  koʻrishga    intiladi,  turmush  tarzining  yangi 
jihatlariga koʻnika boshlaydi. Katta odamlarning turmush tarziga oʻtish jarayoni 
shaxsning  kamol  topish  xusustyatlariga  bogʻliq  ichki  qarama  –  qarshiliklarni 
keltirib chiqaradi. 
Pedagogik  psixologiya  fanida  ma’lumki,  oʻrta  maktab  oʻquvchilarni  har 
(biologik,  fiziologik,  pedagogik,  psixologik)  jihatdan  oliy  maktab  ta’limiga 
tayyorlaydi va ularda umumlashtirish, mavxumlashtirish, sistemelashtirish kabi 
qobiliyatlarda  koʻrinadigan  fazilatlar  namoyon  boʻladi.  Shu  bilan  birga 
oʻspirinda  aqliy,  axloqiy,  estetik  va  gʻoyaviy  –  siyosiy  jihatdan  muayyan 
darajada  oʻsish  roʻy  beradi.  Shunga  qaramay,  ular  oldida    oliy  oʻquv  yurtida 
mutaxassislikni egallashga bogʻliq yangi vazifalar paydo boʻladi. Xozirgi fan – 
texnikaning  rivoji  bir  tomondan  axborotlarni,  ma’lumotlarni  koʻpaytirsa, 
ikkinchi  tomondan  talabalarda  mutaxassislikka  oid  bilimlarga  barqaror 
qiziqishning yoʻqolishiga olib keladi, chunki qat’iylik, ijodiy izlanish, irodaviy 
zoʻr berish oʻrnini loqaydlik, faoliyatsizlik egallaydi. Boshqacha aytganda, ular 
“tayyor  axborotlarning  quli”  ga  aylanadilar.  Chunki  komyuter,  displey,  EHM, 
kalkulyatorlar inson aqliy mehnatini yengillashtiradi, ularni aqliy zoʻr berishdan 
xalos qiladi. Ana shular sababli oliy oʻquv yurti ta’limi oldidagi muhim vazifa 
talabalarga dasturdagi bilimlar majmuasini berishdir. 
Talabalarga mustaqil bilim olish, oʻz faoliyatini oʻzi tashkil qilish, oʻzini 
oʻzi boshqarish, yangi gʻoyalarni ishlab chiqarish va hokazolarni oʻrgatiladi. Bu 
vazifalarni amalga oshirishning asosiy omili – monologik ma’ruzadan dialogik 
(talaba va oʻqituvchining muloqotiga asoslangan) leksiyaga oʻtishdir. 
Psixologlardan B.G.Ananyev, N.V.Kuzmina, N.F.Talizina, V.Ya.Lyaudis, 
I.S.Kon,  V.T.Lisovskiy,    A.A.Bodalev,  A.V.Petrovskiy,  M.G.Davletshin, 
I.I.Ilyasov,  A.V.Dmitrieva,  Z.F.Yesareva,  A.A.Verbiskiy,  V.A.Tokareva  va 
boshqalarning tadqiqotlariga koʻra, oliy oʻquv yurtlarida  ta’lim olish talabalar 
uchun  juda  ogʻir  kechadi,  chunki  bu  davrda  shaxsning  murakkab  fazilatlari, 
hislatlari,  sifatlari  takomillashish  bosqichi  boʻladi.  Mazkur  yosh  davrdagi 
ijtimoiy – psixologik oʻsishning xususiyatlaridan biri oʻqish faoliyatining ongli 
motivlarining  kuchayishidir.  Talabalarda  axloqiy  jarayonlarning  oʻsishi  sust 


277 
 
amalga  oshsa–da,  lekin  xulqning  eng  muhim  sifatlari  –  mustaqillik, 
tashabbuskorlik,  topqirlik,  farosatlilik  va  hokazolar  takomillashib  boradi. 
Shuningdek, ularda ijtimoiy holatlarga, voqelikka, axloqiy qoidalarga qiziqish, 
ularni amalga oshirishga intilish tobora kuchayadi. 
Psixologlarimizning  tadqiqotlari  shaxs  hayot  tajribasini  egallashda  unda 
oʻzligini  anglash  vujudga  kelishini  koʻrsatadi.  Shaxsiy  hayotning  mazmunini 
anglash, aniq turmush rejalarini  tuzishi, kelajak hayot yoʻlini belgilash shular 
jumlasidandir.  Talaba  asta  –  sekin  mikroguruhning  notanish  sharoitlariga 
koʻnikib  boradi,  oʻzining  haq  –  huquqlari  va  majburiyatlarini  bila  boshlaydi, 
shaxslararo  munosabatlarning  yangicha  koʻrinishini  urnatadi,  turmushdagi 
ijtimoiy rollarni amаlda shaxsan sinab koʻrishga intiladi. Ulardagi romantik his 
– tuygʻular voqelikka muayyan yondashishga birmuncha xalaqit beradi. Chunki 
ular turmushdagi  yutuqlar va muvaffaqiyatlarning ijtimoiy – psixologik ildizlari 
nimadan iborat ekanligi toʻgʻrisida aniq tasavvurga ega boʻlmaydilar. 
Yosh  fiziologiyasi  va  psixologiyasi  fanlarida  toʻplangan  materiallar 
tahlilidan  koʻrinadiki, talaba  17  – 19 
yoshda  ham  oʻz  hulqi  va  bilish 
qobiliyatini 
ongli 
boshqarish 
imkoniyatiga  ega  boʻlmaydi  va 
shunga  koʻra  hulq  motivlarini 
asoslanmagani, 
uzoqni 
koʻra 
olmaslik,  ehtiyotsizlik  kabi  hollar 
roʻy 
beradi. 
V.T.Lsovskiyning 
fikricha,  19  –  20  yoshlarda  ayrim  salbiy  xatti  –  harakatlar  koʻzga  tashlanadi. 
Mazkur  yoshda  xohish  va  intilishning  rivojlanishi  iroda  va  xarakterdan  ancha 
ilgarilab ketadi. Bunda odamning hayotiy tajribasi alohida rol oʻynaydi, chunki 
talaba  shu  tajriba  yetishmasligi  natijasida  nazariya  bilan  amaliyotni,  fantaziya 
bilan reallikni, romantika bilan ekzotikani, haqiqat bilan illyuziyani, orzu bilan 
xohishni, optimizm bilan qat’iylikni aralashtirib yuboradi. 
Talabalik  yillarida  yoshlarning  hayoti  va  faoliyatida  oʻzini  –  oʻzi 
kamolotga yetkazish jarayoni muhim rol oʻynaydi, lekin oʻzini boshqarishning 
tarkibiy qismlari (oʻzini – oʻzi tahlil qilish, nazorat etish, baholash, tekshirish va 


278 
 
boshqalar) ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ideal (yuksak, barqaror, barkamol) 
“Men”ni  real  (aniq  voqea)  “Men”  bilan  taqqoslash  orqali  oʻzini  –  oʻzi 
boshqarishning tarkibiy qismlari amaliy ifodaga ega boʻladi. Talabaning nuqtai 
nazaricha, ideal “Men” ham muayyan mezon asosida yetarli darajada tekshirib 
koʻrilmagan,  shuning  uchun  ular  goho  tasodifiy,  gʻayritabiiy  his  etilishi 
muqarrar,  binobarin,  real  “Men”  ham  shaxsning  haqiqiy  bahosidan  ancha 
yiroqdir,  talaba  shaxsining  takomillashuvida  bunday  ob’yektiv  qaramam  – 
qarshiliklar  oʻz  shaxsiyatiga  nisbatan  ichki  ishonchsizlikni,  oʻqishga  nisbatan 
salbiy  munosabatni  vujudga  keltiradi.  Jumladan.  Oʻquv  yili  boshida  talabada 
koʻtarinki  kayfiyat,  oliy  oʻquv  yurtiga  kirganidan  zavq  –  shavq  tuygʻusi 
kuzatilsa, ta’limning shart – sharoiti, mazmuni, mohiyatida keskin tushkunlikka 
roʻy beradi. Yuqorida aytilgan ichki va tashqi vositalar, omillar ta’siri oqibatida 
uning ruhiy dunyosida umidsizlik, ruhiy parokandalik kayfiyati, ya’ni istiqbolga 
ishonchsizlik,  ikkilanish,  hadiksirash  kabi  salbiy  his  –  tuygʻular  namoyon 
boʻladi.  Bizningcha,  oliy  maktabda  tarbiya  ishlarini  rejalashtirishda,  ta’lim 
jarayonida  talabaga  oʻziga  xos  munosabatda  boʻlish    mazkur  davrning  muhim 
sharoitlaridan biridir. 
Yuqorida  aytilganlardan  qat’i  nazar,  yigit  va  qizlarni  oliy  oʻquv  yurtiga 
qabul  qilish  ularda  oʻz  kuchlari,  qobiliyatlari,  aql  –  zakovatlari,  ichki 
imkoniyatlari  va  irodalariga  qat’iy  ishonch  bildiradi.  Ana  shu  ishonch  oʻz 
navbatida  toʻlaqonli  hayot  va  faoliyatni  uyushtirishga  umid  his  –  tuygʻusini 
vujudga keltiradi. 
Oʻspirinlikning  ikkinchi  davri  hulqqa,  voqelikka  baho  berishda 
imkoniyatidan  tashqari  talab  qoʻyish  va  qat’iylik  xususiyati  bilan  farqlanadi. 
Shuning  uchun  talabalar  har  doim  prinsipial  boʻla  olmaydilar.  Ba’zan 
qat’iyatlilik  kattalarga  salbiy  munosabatga  ham  aylanadi.  Talabalarning 
oʻqituvchi tavsiyalarini inkor qilishi koʻpincha nizolarni keltirib chiqaradi. 
B.G.Ananev  raxbarligida    oʻtkazilgan  ilmiy  –  tadqiqot ishlarida  ma’lum 
boʻlishicha,  talabalar  kamol  topishining  jinsiy  va  neyrodinamik  xususiyatlari 
ularnig  aqliy  imkoniyatlarini  toʻla  ishga  solish  va  sermahsul  oʻquv  faoliyatini 
tashkil qlish uchun  muhim imkoniyat, shart – sharoit yaratadi. 


279 
 
Yu.A.Samarinning ta’kidlashishicha, yoshlarning kamol topishida har xil 
ijtimoiy  –  psixologik  xususiyatli  oʻziga  xos  qarama  –  qarshiliklar,  ichki 
ziddiyatlar  mavjud  boʻladi.  Ularning  moddiy  jihatdan  ota  –  onaga,  oliy  oʻquv 
yurti ma’muriyatiga bogʻliqligi iqtisodiy ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Bu hol 
talabalarning  xohishlari  bilan  mavjud  imkoniyatning  nomutanosibligi  tufayli 
sodir boʻladi. 
Odatda talabalar 2 va 3 kurslarda oliy oʻquv 
yurti  va  mutaxassislikni  nima  uchun  tanlangani 
haqida yana jiddiy oʻylaydilar.  
Mazkur  yosh  davrida  oʻzini  boshqarishning 
tarkibiy qismlari, ijodiy tafakkur, muayyan hayotiy 
tajriba  oʻzlashtirilgan  bilimlarni  tartibga  solish 
asosida  his  –  tuygʻular,  qarashlar,  axloqiy 
qarashlar, axloqiy qadriyatlar, oʻzligini anglash va 
barqaror  e’tiqod  shakllanadi.  Talaba  hukm  va 
xulosa  chiqargach,  oʻz  xatti  –  harakatida  qat’iy  turib  ularni  himoya  qiladi,  u 
hayotning  turli  sohalari  boʻyicha  har  xil  darajadagi  koʻnikma  va  malakalarga 
nazariy  bilimlar  ijtimoiy  –  psixologik  tushunchalarni  amaliy  faoliyatga  tadbiq 
etish imkoniyatiga ega boʻladi. 
B.G.Ananev  rahbarligidagi  tadqiqotchilar  jamoasining  fikricha,  18  –  20 
yosh  pallasida  fiziologik  imkoniyatlar  yuksak  darajada  rivojlanadi. 
Organizmning  tashqi  ta’sirga  javobi,  qon  bosimining  optimal  darajasi  ortadi, 
qon kislorod bilan toʻyinadi va hokazo. Insonda uquvlilikning qulay imkoniyati 
vujudga  keladi.  Uquv  insonning  axborotlarni  qabul  qilish,  eslab  qolish  va 
xotirada  saqlash  qobiliyatini  bildiradi.  Keyinchalik  insonda  psixik 
funksiyalarning  dinamikasi,  uquvlilik  imkoniyatlari  sira  pasaymaydi. 
Odamlarning  yetuklik  davri  quyidagi  qonuniyatlar  bilan  farqlanadi:  1)  turli 
funksiyalarning  rivojlanishi  bir  tekis  va  bir  vaqtda  amalga  oshmaydi  (bir 
bosqichda  xotira,  boshqa  bir  bosqichda  tafakkur);  jadal  sur’at  bilan  oʻsadi;  2) 
yoshga  qarab  turli  funksiyalar  oʻzaro  bogʻliq  muvofiqlashgan  xususiyat  kashf 
eta  boshlaydi;  3)  yetuk  inson  aqlining  funksional  oʻsish  darajasi    yosh 
evolyutsiyasining har xil bosqichida yetarli darajada yuqori boʻladi;  4) mazkur 


280 
 
funksiyalar dinamikasida hech qanday keskin pasayish boʻlmaydi;  5) yetuklik 
davrida uquvlilik kamaymaydi. 

Download 4,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   241




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish