143
tomoniga yo’naltirgan qulayroq, chunki darvozabon darvozaning to’g’ridan-to’g’ri zarba berish
uchun ochiq qolgan tomoniga ko’proq e’tibor beradi. Ikkinchi variant - sheriklardan birini
darvozani zabt etish uchun qulay pozisiyaga chiqarish.
Bevosita raqib darvozasi yaqinida erkin to’p tepishdagi kombinatsiyalar
. Bunday
kombinasiyalardan maqsad - jarima to’pi tepishdagi kombinasiyalarning ikkinchi variantida qanday
bo’lsa, xuddi shunday, ya’ni sherigini darvozani zabt etish uchun qulay pozisiyasiga chiqarish.
Darvozadan tepishdagi kombinatsiyalar
.
34
Bu kombinasiyaning ikki ko’rinishi bor.
Birinchi holda darvozabon ochilgan sheriklaridan biriga, ko’pincha yon chiziq yaqinida ochilgan
sherigiga to’pni tepib chiharib beradi. Ikkinchisida esa darvozabon jarima maydonining yon chizig’i
yaqinida ochilgan himoyachiga to’pni tepib chiharib beradi, himoyachi esa to’pni darvozabonga
qaytaradi. Keyin darvozabon to’pni oyog’i bilan tepib maydonga chiharadi yoki qo’li bilan
sheriklaridan biriga tashlab beradi.
Maydonning boshqa qismlarida jarima to’pi tepish va erkin to’p tepishdagi kombinasiyalar
"o’yin epizodlaridagi kombinasiyalar" bo’limida qarab chiqiladi, chunki ular aslida bir-biridan kam
farq qiladi.
Standart holatlardagi kombinasiyalar bir xilda bo’ladi, deb o’ylash noto’g’ri. Yuksak
mahoratli jamoa bir xildagi dastlabki holatda ham xilma-xil kombinasiyalar chihara bilishi kerak.
Qo’yilgan vazifa qandayligiga qarab kombinasiyani yo kuchli, yoki a’lo darajada to’g’ri
tepa oladigan, yoki taktik tafakkuri zo’r o’yinchi boshlab beradi. Shunda raqiblar to’p darvozani
mo’ljallab tepiladimi yoki o’yinga tepib beriladimi - oldindan bila olmaydilar.
O’yin epizodlaridagi kombinasiyalar jamoa to’pni olishga erishganidan keyi yuzaga keladi.
Ravshanki, to’p olgan jamoaning o’yinchilari kombinasiyani amalga oshirish davomida joydan-
joyga o’tib harakatlanib turishlari zarur. Shuning uchun ham bu xildagi kombinasiyalar
tayyorgarliksiz bajarilganga o’xshab ketadi. Aynan shu xildagi kombinasiyaning asosiy prinsiplarini
saqlab qolgan holda o’yin vaziyatiga qarab uning mazmunini o’zgartira bilish faqat taktik tafakkuri
yuksak darajada bo’lgan futbolchilarninggina qo’lidan keladi.
Shunday qilib, ayrim futbolchilarning va, umuman, jamoaning taktik tayyorgarligi eng
yuqori darajada bo’lishi murabbiy belgilagan rejani ijodiy bajara bilishdan, tayyorlab qo’yilgan
kombinasiyalar bilan tayyogarliksiz yuzaga kelgan kombinasiyalarni mohirona birga qo’shib olib
borishdan iborat.
O’yin epizodlaridagi guruh harakatlari ikki kishi, uch kishi va h.k. o’rtasida hamkorlik
qilishga bo’linadi. Biroq bevosita kombinasiyalar tafsilotiga o’tishdan oldin uzatishlar taktikasiga
to’xtalib o’tish lozim.
Kombinasiyalar manyovr qilish va uzatishlar yordamida amalga oshirilishi yuqorida
aytilgan edi. Biroq o’yinchilar qancha manyovr qilishmasin, to’pni uzatish ularni bir-biriga
bog’lovchi bo’g’in - baayni "kombinasiya tili" bo’lib qolaveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: