MISOL. Korxona balansida bo’lgan (QQS to’lovchi) qiymati 180 ming so’mlik kompyuter xodimga tekinga topshirildi.
Тaqdim etilgan kompyuter boshidan ularni xodimga tekinga berish uchun xarid qilinmagan, balki ular korxonaning ehtiyoji uchun olingan bo’lib, tegishincha, ular bo’yicha SKning 218-moddasiga asosan QQS hisobga olingan. Тekinga berishda hisobga olish summasiga tuzatish kiritilmaydi.
Kompyuterni tekinga berish QQS solish oboroti hisoblanadi va hisobvaraq-faktura rasmiylashtiriladi. QQS 36 ming (180 x 20%) so’mni tashkil etadi.
Тegishincha, xodimning daromadi 216 ming (180 + 36) so’mga teng, xususan, unga soliq solinmaydi, chunki u eng kam ish haqining olti baravari miqdoridan oshmaydi (EKIH miqdori - 62 920 so’m bo’lganda) (SKning 179-moddasi 14-bandi).
Do'stlaringiz bilan baham: |