8-ma’ruza. Psixika haqida umumiy tushuncha
1.
Psixologiya predmeti haqidagi tasavvurlar rivojlanishining asosiy bosqichlari.
Inson mavjud ekan u o’zining hayotiy tajribasiga asoslanib, u yoki bu holda idrok etish,
olamni anglash, narsa va hodisalarni ajratish kabi xususiyatlarga ega ekan ligi haqida o’ziga - o’zi
hisob beradi. Inson olamni qabul qilibgina qolmay, unda harakat qiladi, o’z faolligini namoyon
etadi, qaror qabul qiladi, maqsadga intiladi, qiyinchiliklarga duch kelganida qat’iyatlilik va irodaviy
sifatlarni namoyon qiladi.
Inson biror bir jihati bilan boshqalardan farq qiladi: kimdir texnikaga qiziqadi, boshqa birov
musiqaga, yana kimdir sportga, kimdadir qobiliyatlar, boshqada she’r yozish, uchinchisida texnik
qobiliyatlar mavjud, kimdir harakatchan, boshqa birov bosiq, befarq, uchnchisi – dilkash, chaqqon,
birov mehnatsevar va kamsuqum va xokozo.
Bilish psixologiyasi bizning idrokimizni, harakatlarimizni, va ma’lumotlarni qanday eslab
qolish yo’llarini o’rganadi. Bilish ilmi ko’p sohani qamrab oladigan o’rganish bo’lib, miya
topshiriqlarida yashiringa aqliy faoliyatlar haqidagi tushunnchalarimizni boyitadi. Bilish jarayoni
bizga o’zimizni tushunishning yangi yo’llarini o’rgatadi va depressiya kabi noqulay vaziyatlarda
o’zini qanday tutushni ko’rsatib beradi. Ko’zga tashlanadigan xulq-atvor haqidagi psixologlarning
havotirlarini o’z ichiga olgan holda biz bugun psixologiyani xulq- atvor va aqliy faoliyatlar ilmi
deb tariflaymiz. Keling bu ta’rifni aniqlashtiramiz. Xulq-atvor organism qila oladigan hamma
narsa va biz uni kuzata olamiz, baqirmoq, jilmaymoq, gapirmoq, savol bermoq- bularning hammasi
ko’z ilg’aydigan harakatlar. Aqliy jarayonlar esa ichki bo’lib, ular xulq-atvordan farq qiladi.
Masalan, xis tuyg’u, orzular, o’y-xayollar, ishonch- etiqodlar kabi.
Psixologiya tarifining kalit so’zi bu- ilm. Psixologiya bu kitobda ko’plab savollarga javob
beradi. Mening maqsadim shunchaki natijalarni aytish emas balki, psixologlar qanday o’yinlar
o’ynashini ko’rsatib berish hamddir. Siz tadqiqotchilarning baxsli fikr va g’oyalarini qanday
baholashlarini ko’rishingiz mumkin.
15
Bularning hammasi – sezgir, idrok, xotira, tafakkur, xayol, his-tuyg’u, iroda, temperament
va xarakterlar – inson psixikasining hodisalaridir.
Psixik hodisalarni o’rganuvchi fan – psixologiya deb ataladi. Psixologiya (yunoncha, psyxe
– ruh, logos – bilim, ilm, fan) insonning ob’ektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, his-tuyg’u va
boshqa psixik holatlar orqali aks ettirish jarayonlari va qonuniyatlarini o’rganadigan fandir.
Psixologiyaning predmeti konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli faoliyatlarning
o’ziga xos tomonlaridir. Psixologiya konkret fan sifatida asixik faoliyat qonuniyatlarini, uning ro’y
berishi mexanizmlari va omillarini o’rganuvchi fandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |