O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maхsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/154
Sana13.07.2022
Hajmi6,42 Mb.
#793086
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   154
Bog'liq
GANDBOL-NAZARIYASI-VA-USLUBIYATI

 
Chidamlilikni tarbiyalash 
Chidamlilik-markaziy asab tizimining holati, funksional tayyorgarlik, jismoniy fazilatlar, 
hara-katlanish malakalarining toliqishga bardosh berishi hamda psixologik turg‘unlik bilan 
belgilanadi. Chidam-lilik darajasi faollik ko‘rsatkichlari va uzoq davom etgan musobaqa 
harakatlarining samaradorligi bilan baholanadi. 
Chidamlilikni oshirishga qaratilgan 
trenirovka yuklanmalarining o‘ziga xos 
xususiyatlari 
shundaki, 
gandbolchining 
organizmiga ta’sir qilayotgan mashqlar 
musobaqalar paytidagidek yoki undan ham 
ortiqroq bo‘lib, bu mashqlardan sistemali 
ravishda foydalanish kerak. 
Chidamlikini 
rivojlantiruvchi 
mashqlar juda ko’p bo’lib bulardan biri 
uzoqlikka yugurish 3000, 5000 metrlarga 
yugurishlar 
misol 
tariqasida 
keltirish 
mumkun(14-rasm). 
Analitik nuqtai nazardan qaraganda, 
chidamlilik-ning yuqori darajasiga erishish 
yo‘li o‘z ichiga ko‘p marotaba takrorlanadigan va bir-biriga qo‘shilgan jadal yugurish; to‘xtash, 
tezlanish, aylanish, sakrash (kichik yuk yoki qarshilik bilan), og‘irlik ko‘tarib (suv, qum, qor 
qarshiligida) kabi katta hajmli mashqlar orqali vujudga keladigan kuch, tezkorlik, chaqqonlikdir.
Trenirovkaning ayrim bosqichlarida gandbolchi fazo-vaqtni hisobga olgan holda tezkorlik 
va aniqlik bilan bog‘liq bo‘lgan katta hajmdagi mashqlarni baja-rishi lozim. Bunda o‘yinchining 
14-rasm 


102 
markaziy asab tizimiga katta yuklanmalar to‘g‘ri keladi, bu esa muhim maqsadga qaratilgan 
tayyorgarlik bilan bog‘lanadi. Ilmiy tekshi-rishlar natijalari va ko‘zga ko‘ringan jamoalarning 
trenirovka tajribasi shuni ko‘rsatadiki, uzoq vaqt o‘rta jadallikdagi o‘yin texnikasini 
takomillashtirishga qaratilgan dars paytida yuqori jadallikdagi oddiy siklik shakllarning 5-7 
minutli kompleksini 2-3 marotaba kiritish kerak. Bunday o‘zgarishlar mashg‘ulot-ning umumiy 
tonusini ko‘taradi, asab toliqishini yo‘q qilishga yordam beradi va sekin-asta o‘yinchining markaziy 
asab tizimi qobiliyatini oshirib borib, murakkab mashqlarning oshib borayotgan xajmiga bardosh 
berishga yordamlashadi. 
Chidamlilikni rivojlantirish uchun ko‘p marotaba takrorlanadigan va maxsus uyushtirilgan 
o‘yin texnikasi va taktikasiga oid mashqlardan (ayniqsa, pressingda va tez yorib o‘tishda), 2x2 va 
3x3 o‘yin mashqlaridan, ikki tomonlama trenirovka o‘yinlaridan ham foydalaniladi. SHu bilan 
birgalikda, trenirovka o‘yini vaqtini sportchilarni oldindan alohida ogohlantirmasdan, odat-dagidan 
5-10 minut uzaytirish kerak: o‘yinga yangi yoki dam olgan raqiblar kiritiladi. Maxfiylashtirilgan 
fora (imtiyoz) belgilangan holda bir necha jamoalar orasida bir kunlik turnir – gandikap o‘tkazish 
mumkin.
9
Qiyinchiliklarga bardosh berish uchun tayyorgarlik ko‘rishda, tekshirish o‘yinlarida 
interval trenirovka tamoyilidan foydalanish mumkin. CHunonchi, to‘liq dam olishga 3-5-7 minutli 
tanaffus berib, yangi vaqt hisobida har biri 12 yoki 15 minut davom etadigan to‘rt bo‘limdan iborat 
o‘yin o‘tkazish. Bunda ayniqsa «aylanma trenirovka» yaxshi natija beradi. Aylanma trenirovka-ning 
har bir «bekatida» aniq dozalangan yuklanmalar dam olishning xilma-xil turlanishi ehtimolligining 
keng diapazoni quyidagilarni kuzatishga «imkon» yaratadi: 

o‘zgaruvchan jadallikdagi ishni to‘xtamasdan, uning ancha cho‘zilishini ta’minlab 
beradi; 

yuqori jadallikdagi ishning intervalligini ta’minlab beradi (10-15 
sek
ishdan so‘ng 20-30 
sek
dam olish; 30-40 
sek
ish - 1-1,5 
min
dam olish; 1,5-2,5 
min
ish – 3 
min
dam olish); 

o‘yin rejimining qisqartirilgan modeli asosida qayta-qayta ish bajarish (4-3 
min
ish, 5 
min
dam olish). 
Chidamlilikni rivojlantirishga qaratilgan inter-val va aylanma trenirovkaning jiddiy 
dasturlarini amalga oshirishda trenirovka va musobaqaga oid ta’sirlar o‘yinchining funksional 
imkoniyati va tayyorgarligi darajasiga qanchalik muvofiq ekanligini nazarda tutish kerak. Faqat 
organizmda tiklanish jara-yonlariga yaxshi sharoit (stimul) yaratib bergan holda yuk-lanmalarini 
jadallashtirish mumkin. Tiklanish jarayoni dastavval mashg‘ulotlarning ratsional tuzilishi bilan 
ta’minlanadi. Bunda quyidagilar katta ahamiyatga ega: 

trenirovka jarayonining hamma elementlarida yuklanmalar va dam olishni bir-biriga 
nisbatan to‘g‘ri olib borish, trenirovka vositalari va usullarning variativligi; 

maksimal yuklanmadan keyin keladigan kunni faol dam olish bilan o‘tkazish; 

asosiy mashqlar oralig‘ida dam oldiruvchi va bo‘shashtiruvchi mashqlarni bajarish; 

mutlaqo bo‘shashgan passiv holda dam olish (suvda bo‘lgani ma’qul); 

musiqa va ritmoliderdan foydalanish; 

turli sharoitlarda trenirovkalar o‘tkazish (sta-dionda, o‘rmonda, bog‘da, daryo yoqasida 
va hokazo); 

yaxshi turmush sharoitini yaratib berish va salbiy ta’sir etuvchi omillarni yo‘qotish; 

to‘g‘ri ovqatlanishni ta’minlash, farmakologik preparatlar, uqalash, suv muolajalari, 
fizioterapiyadan foydalanish.

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   154




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish