29
kasb egallash, mutaxassisning kasbiy rivojlanishiga doir qonuniyatlarni, shuningdek, shaxsning
mehnatga layoqatlilik darajalarini o‘rganuvchi psixologiya fanining soxalaridan biridir, - deb aytish
mumkin.
Kasb psixologiyasining ob’ekti - shaxsning kasb bilan xamkorligi yoki o‘zaro bog‘likligidan
iborat. Kasb psixologiyasi psixologiya fanining mustaqil soxasi bulib, u o‘zining tadqiqot predmeta
va ob’ektiga ega. Shu jixatdan aynan u mehnat psixologiyasi, muxandislik psixologiyasi, yosh
davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlarining ob’ekti va predmetidan farqlanadi.
Kasbiy individuallikning ijtimoiy-psixologik asoslari haqida fikr yuritar ekanmiz,
avvalambor, bu tarkibga professional rollar va shaxsning jamiyatda egallagan professional nufuzi
kiritiladi. Ushbu tarkibning boshqa bir asosiy komponenti – bu kasbiy-shaxsiy sifatlar namoyon
bo‘lishi hisoblanib, ular orasida ijtimoiy-psixologik xarakter kasb etadigan va shaxslararo (ijtimoiy)
munosabatlar tizimida namoyon bo‘ladigan: muloqotga moyillik, mas’uliyat, xayrixohlik,
talabchanlik, muvozanatlilik, prinsipiallik, o‘zini o‘zi nazorat
qilish va boshqara olish kabi qator xislatlar ustuvorlik qiladi.
Ma’lumki birinchi prezidentimiz I.A. Karimov
tomonidan
ilgari
surilgan
yuksak
ma’naviyatli shaxsni shakllantirishga qo‘yiladigan talablar
majmuining tarkibiy qismi sifatida kasbiy mahorat belgilangan.
Xar qanday kasb faoliyati real shart-sharoitlarda, turli usullarda va turlicha kurinishlarda
namoyon bo`ladi. Qilinayotgan xar bir xarakat ma’lum narsaga – predmetga qartilgani uchun xam,
faoliyat predmetli xarakatlar majmui sifatida tasavvur qilinadi.
Kasb faoliyatining va uni tashkil etuvchi predmetli xarakatlarni aynan nimalarga
yo`naltirilganligiga qarab, avvalo tashqi va ichki kasb faoliyati farqlanadi. Tashqi kasbiy faoliyat
shaxsni o`rab turgan tashqi muxit va undagi narsa va xodisalarni o`zgartirishga qaratilgan faoliyat
bo`lsa, ichki kasbiy faoliyat birinchi navbatda aqliy faoliyat bo`lib, u sof kasbiy psixologik
jarayonlarning kechishidan kelib chiqadi.
Hozirgi kunda yoshlarni kasb va kasbga
yo‘naltirishdan maqsad o‘sib kelayotgan barkamol
avlodni kasblar buyicha ongli ravishda tanlashga
tayyorlash.
Yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga
yo‘nallash yoshlarning kasbni erkin va mustahkam
tanlashlari uchun mustaqil zamin yaratuvchi ilmiy-amaliy tizim sifatida qarash lozim. Bu shaxsning
ma’naviy, aqliy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyasi, ya’ni birga ta’lim muassasalaridagi o‘quv-
tarbiya jarayoni uzviylikda amalga oshiriladi.
K.Farrenning shaxs yashovchanlik sifatlariga quyidagi ko‘rsatkichlarni kiritadi:
Shaxs xususiyatlariga munosib kasb tanlash.
Bajarayotgan ishga qo‘yilgan talablarga yuqori darajada tayyorlik.
Hayoti davomida talim olish va o‘rganishga tayyorlik.
Madaniyligi, o‘zga kishilar qadr-qimmatini, farqlarini qabul qila bilish.
Kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanishni bilish.
Bir necha sohalarda kasbiy mahoratni namoyish qila
olishi.
Yangi loyihalar taqdim qilish tashabbusiga ega
bo‘lish.
Ishda hamkasblar bilan hamkorlikda ishlash
ko‘nikmasiga egaligi.
Do'stlaringiz bilan baham: