Ishning o‘rganilganlik darajasi. Maktabgacha ta’lim tizimi ta’lim tiziming ilk bo‘g‘ini bo‘lib, unda bolalar sog‘lom har tomonlama yetuk bolalarni bolalarni tarbiyalash uchun zarur tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoitlar muhayyodir. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunining 11- moddasida: “Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, maktabda o‘qishga tayyorlangan tarzda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Bu ta’lim olti-yetti yoshgacha oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarida va mulk shaklidan qat’i nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi”, - deyilgan. Respublikamizda bolalar nutqini o‘stirish borasidagi ilmiy izlanishlar R.M.Qodirova, F.R.Qodirova, Q. Shodiyeva va D.R.Babayevalar tomonidan o‘rganilgan va izlanishlar olib borilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |