O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti sirtqi (maxsus sirtqi) bo‘limi, “Masofaviy ta’lim” kafedrasi Himoyaga tavsiya etilsin


BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALAR NUTQINI O’STIRISHGA OID OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR TIZIMI



Download 53,64 Kb.
bet11/14
Sana30.12.2021
Hajmi53,64 Kb.
#191549
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
202 Bekchantayeva M

2. BOB. MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALAR NUTQINI O’STIRISHGA OID OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR TIZIMI

2.1. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini rivojlantirishda olib boriladigan pedagogik ishlar tasnifi.

Bolаning ijtimoiy vа shаxs sifаtidа shаkllаnishidа maktabgacha ta’lim muassasasining roli. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar nutqini rivojlantirish ishlari tegishli dastur asosida amalga oshiriladi, mazkur dasturda atrof-olam haqidagi bilimlar doirasi, tegishli lug’at hajmi hamda bolalarning har bir yosh bosqichida o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan nutqiy mahorat va ko‘nikmalari belgilab qo‘yilgan bo‘lib, u muayyan shaxs sifatlarini tarbiyalashni ko‘zda tutadi (masalan, dialogik nutqni rivojlantirishda dastur kirishimlilik, xushmuomalalik, bosiqlik kabi sifatlarni tarbiyalash zarurligini ta’kidlaydi). Nutqni rivojlantirish dasturi ham, umuman olganda, xuddi “Maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalash va ta’lim berish dasturi” kabi ilmiy asoslarga qurilgan. U butun mazmuni bilan maktabgacha ta’lim nazariyasini amalga oshirishga, ya’ni bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Dastur asosini psixologiya va turdosh fanlarning bolaning og‘zaki nutqni egallab olganligi va uning bilish faoliyatining o‘ziga xosligi haqidagi ma’lumotlar tashkil etadi, bu esa turli yosh bosqichlarida bolalarga nisbatan talabning hajmi va izchilligini belgilaydi. Shuningdek, dastur bolaning rivojlanishida faoliyatning yetakchi ahamiyatga ega ekanligi haqidagi muhim pedagogik qoidani hisobga olgan holda tuzilgan, shuning uchun nutqni rivojlantirish dasturi turli faoliyat turlari (o‘yinlar, mashg‘ulotlar, mehnat va boshq.) bilan taqqoslangan.

Dasturni o‘rganishni nutqni rivojlantirishning asosiy vazifalarini eslatib o‘tish bilan boshlash mumkin. So‘ngra bitta guruh misolida ushbu asosiy vazifalarning mazmuni qandayligini va u dasturning qaysi bo‘limlarida uchrashini ko‘rsatish zarur. Yuqorida qayd etilgan jamoaviy muhokama singari tarbiyachiga boshqa yosh guruhlari dasturlarining matnlarini o‘rganib chiqish taklif etiladi. Navbatdagi mashg‘ulotda dasturiy materialni alohida vazifalar bo‘yicha qiyosiy tahlil qilish o‘tkaziladi, materialni yosh guruhlarida izchil ravishda murakkablashtirib borish qayd etiladi. Maktabgacha tarbiya sohasi xodimiga dasturni yakka tartibda va ayni paytda jamoa bo‘lib o‘rganishga to‘g‘ri keladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi yoki katta tarbiyachi har yili sentyabr oyida tarbiyachilarning o‘z yosh guruhlari uchun dasturning tegishli talablarini ajratib olishlari, ularni o‘zlarining yosh guruhlariga mo‘ljallangan dasturiy talablar bilan ko‘rgazmali taqqoslash, ularni aralash guruhlar dasturi bilan ko‘rgazmali taqqoslash uchun nutqni rivojlantirish dasturini tarbiyachilar ishtirokida jamoaviy muhokama qilishni o‘tkazishlari lozim.

Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablarining asosiy yo‘nalishlaridan biri nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlikdan iboratdir. Bu umumiy vazifa – “Nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik” quyidagi maxsus vazifalardan iborat:

- nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash,

- lug‘atini boyitish,

- mustahkamlash va faollashtirish,

- nutqning grammatik to‘g‘riligini takomillashtirish,

- og‘zaki nutqni shakllantirish,

- ravon nutqni rivojlantirish,

- savodga tayyorlash.

Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablarining tayyorlov guruhdagi nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik yo‘nalishining asosiy vazifalari: bolaning til to‘g’risidagi tasavvur va bilimlarga ega (antonim va sinonimlarni topa oladi), o‘qish va yozish malakalarini shakllantirishdan iborat. Bola o‘z ona tilining fonetik grammatik tuzilishini biladi, so‘zlardagi birinchi tovushlarni biladi, bo‘g‘inlab o‘qiydi, alifbeni biladi deb belgilangan. Bu vazifalarni bajarish uchun tayyorlov guruhida yil davomida jami 72 ta mashg‘ulot o‘tkaziladi. Shulardan 36tasi bolalarning og‘zaki nutqini o‘stirish bo‘yicha, 36tasi savodga tayyorlash bo‘yicha bo‘ladi. Mashg‘ulotlarning davomiyligi 25-30 daqiqa.

Og‘zaki nutqini o‘stirish bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda asosan, bolalarning og‘zaki nutqini o‘stirish bilan birga nutqni grammatik tomondan to‘g‘ri shakllantirishga:

- nutqning morfologik va sintaksis tomonlarini shakllantirishni davom ettirish:

- sodda va qo‘shma gaplar tuzish, bunda barcha so‘z turkumlaridan foydalanishga o‘rgatish, bolalarni gapirganda sonni otga, sifatni otga, sifatni fe’lga to‘g‘ri ishlatish malakalarini takomillashtirish,

- tovush va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etishga, ravon gapirishga,

- mustaqil hikoya qilishga e’tibor beriladi. Og‘zaki nutqini o‘stirishda mustaqil hikoya qilishga o‘rgatish katta o‘rin egallaydi: bolalalarni o‘z hayotlarida uchragan voqealar, suratlarga qarab, tarbiyachining taklif qilgan mavzusi asosida hikoyalar tuzishga o‘rgatiladi.Tayyorlov guruh bolalarining hikoyalari mazmunan bog‘langan, ma’lum izchillikda, grammatik tomondan to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi kerak.

Xalqning boy intelektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.

Maktabgacha ta’lim bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish xissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’lim maqsadi va vazifalarini ro‘yobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.

Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo‘ladi:

- Malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;

- Maktabgacha ta’limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish;

- Bolalarni oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jixatdan ta’minlash;

- Zamonaviy o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, texnik vositalar, o‘yinchoqlar va o‘yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish;

- Maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jixatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;

- Maktabgacha ta’lim muassasalarining har-xil turlari uchun turli variantlardagi dasturlarni tanlab olish, maktabgacha tarbiyaning barcha masalalari bo‘yicha malakali konsultatsiya xizmati ko‘rsatish imkoniyatini yaratish;

- Maktabgacha tarbiya va sog‘lomlashtirish muassasalari tarmogini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish kabi vazifalarni maqsad qilib qo‘yadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizomda maktabgacha ta’limga alohida urg’u berilib, maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich turi hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida tashkil etiladi, deyilgan.

Maktabgacha ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri bolalarning o‘z xalqining badiiy tilini o‘zlashtirib olishlari natijasida ularning to‘g‘ri og‘zaki nutqini shakllantirishdan iboratdir. Bu umumiy vazifa quyidagi maxsus vazifalardan iborat: nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash, lug’atni boyitish, mustahkamlash va faollashtirish, nutqning grammatik to‘g‘riligini takomillashtirish, og‘zaki (dialogik) nutqni shakllantirish, ravon nutqni rivojlantirish, badiiy so‘zga qiziqishni tarbiyalash, savod o‘rgatishga tayyorlash.

Bolalar nutqini rivojlantirishni tegishli dastur asosida amalga oshirish zarur. Ushbu dasturda atrof-olam haqidagi bilimlar doirasi va lug‘at hajmi, har bir yosh bosqichida bolalarda shakllanishi lozim bo‘lgan nutqiy mahorat va ko‘nikmalar belgilangan bo‘lib, u shaxsning muayyan sifatlarini (kirishimlilik, xushmuomalalik, bosiqlik) tarbiyalashni ko‘zda tutishi lozim. Nutqni rivojlantirish dasturi ilmiy asoslarga qurilgan bo‘lib, u butun mazmuni bilan bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan. Nutqni rivojlantirish dasturi bola faoliyatining o‘quv, o‘yin, mehnat va maishiy kabi shakllarida amalga oshadi. Jamoat tarbiyasi sharoitida ta’lim - bola nutqini shakllantirishning yetakchi vositasi hisoblanadi.

Ona tilini o‘qitish – bolalarning bilish qobiliyatini rejali, aniq maqsadni ko‘zlagan holda rivojlantirish, ularning atrof-olam haqidagi eng oddiy bilimlarni va tegishli lug‘atni o‘zlashtirish, nutqiy mahorat va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘qitishning asosiy shakli – faoliyatdir.

Didaktik maqsadlar bo‘yicha quyidagi mashg’ulotlar turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

- yangi materialni ma’lum qilish mashg‘uloti;

- bilimlar, mahorat va ko‘nikmalar mustahkamlashga oid mashg‘ulotlar;

- bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirishga oid mashg‘ulotlar;

- yakuniy mashg‘ulotlar yoki hisob-tekshiruv (nazorat) mashg‘ulotlari.

1 yoshdan 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirishga doir mashg’ulotlarni didaktik o‘yinlar, ermak o‘yinlar, sahna ko‘rinishlari shaklida o‘tkazish tavsiya qilinadi. Ular nafaqat ko‘ngilochar tusga, balki albatta ta’lim tusiga ega bo‘lishi lozim.

3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish emotsional tusga ega bo‘lishi lozim. Bunda ko‘rgazmaviylik, o‘yin usullari va didaktik o‘yinlarni keng qo‘llash zarur.

5 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirishga doir mashg‘ulotlar muayyan vazifaga ega – ya’ni, u bolalarni maktabda o‘qishga tayyorlashni ko‘zda tutadi.

Mashg‘ulotlarda pedagog nutqiy vazifalardan tashqari o‘quv faoliyatini yo‘lga qo‘yish qobiliyatini shakllantirish (diqqat-e’tiborli bo‘lish, pedagog topshirig‘ini tinglash, tushunish va uni aniq bajarish, bolalar jamoasi oldida fikr oldira olish, tengdoshining javobiga oddiy baho bera olish va h.k.) vazifasini ham bajaradi.



Xulosa:

Bolalarga ona tilini o‘qitishga doir mashg‘ulotlar har bir guruhda bolalarning yosh imkoniyatlarini va har bir bolaning nutqiy rivojlanganlik darajasini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim. Chunki bilimlar mazmuni, ularning tarkibi, metod va usullarni tanlash, haftasiga o‘tkaziladigan mashg’ulotlar soni, har bir mashg’ulotning davomiyligi shunga bog’liq bo‘ladi. Ma’lumki til inson aqli faoliyatining eng oliy va asosiy vositasidir. Chunki insonni boshqa jonzotlardan ajratib turadigan ham til emasmi?! Shunday ekan, inson aqliy faoliyatining eng oliy maxsullari tafakkur mevalari til, nutq orqali ro‘yobga chiqadi. Til tafakkur mahsulining hayotga tatbiq etilish vositasi bo‘luvchi qudratli quroldir.




Download 53,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish