O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti


O‘qituvchi va o‘quvchilarning jonli muloqotini tashkil etish



Download 471,85 Kb.
bet10/16
Sana19.04.2020
Hajmi471,85 Kb.
#45822
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
2-k Pedagogik mahorat 2019-2020 majmua oxirgi

6.3. O‘qituvchi va o‘quvchilarning jonli muloqotini tashkil etish


I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so‘zlagan nutqida “O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o‘rnini ongli intizom egallashi... o‘qituvchining bosh vazifasi o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilishdan iboratligini, demokratik jamiyatda bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanishi, mustaqil fikrlash katta boylik…” ekanligini ta’kidladi.

Demak, o‘qituvchilarning asosiy vazifasi shaxs erkinligini, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishdan iborat. Shundagina ta’lim tizimida yoshlarga erkin fikrlash imkoniyatlari yaratiladi. Davlat siyosatining ustuvor sohasi bo‘lmish barkamol inson tarbiyasiga mas’ul – o‘qituvchilar zimmasiga bugungi kunda rivojlanayotgan jamiyatimiz uchun yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, irodasi baquvvat, o‘z kasbini mukammal biladigan XXI asr kadrlarini tayyorlash mas’uliyati yuklangan.

O‘qituvchining ta’lim-tarbiya sohasidagi faoliyatida erishishi lozim bo‘lgan barcha ijobiy natijalari uning o‘quvchilar bilan jonli va erkin muloqotni to‘g‘ri tashkil etishi muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchi so‘z san’atining cheksiz qudrati asosida o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatadi, har bir darsni samarali tashkil etib olib boradi, o‘quvchilar bilan so‘zlashishni biladi, tarbiyaning suhbat, ma’ruza, hikoya qilish kabi usullaridan o‘rinli foydalanadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilar bilan qizg‘in muloqotni amalga oshiradi.

Ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni mukammal tashkillashtirish o‘qituvchining jonli muloqotni samarali tashkil etishiga bog‘liq. Bunda o‘qituvchi va o‘quvchining muloqoti ijobiy natijalar berishi uchun o‘qituvchida o‘quvchilar bilan erkin so‘zlashuv qobiliyati bo‘lishi kerak. Zero, o‘qituvchi bilan o‘quvchining muloqotini bog‘lovchi asosiy vosita – so‘zdir. O‘qituvchining so‘z boyligi qanchalik ko‘p bo‘lsa, muloqot olib borish qobiliyati tez namoyon bo‘lib, ijobiy natijalarga erishishi oson bo‘ladi.

Odatda so‘z boyligi qashshoq bo‘lgan o‘qituvchilar o‘z pedagogik faoliyatlarida o‘quvchilar bilan tez-tez ziddiyatlarga duch keladilar. O‘qituvchining jonli muloqoti har qanday tarbiyaviy tadbirning mazmun va mohiyatini o‘quvchiga tabiiy holda yetkazadi, shu jarayonning ob’ekti va sub’ekti o‘rtasida muloqot uchun mustahkam ko‘prik yaratadi va ichki hissiyot bilan harakatlarning uyg‘unlashuvini ta’minlaydi.

Jonli muloqot – o‘qituvchi tomonidan tashkil etiladigan, har qanday ta’lim-tarbiyaviy tadbir mohiyatini og‘zaki so‘z bilan o‘quvchilarga yetkazadigan, o‘qituvchini ziddiyatli jarayonlardan olib chiqish qudratiga ega bo‘lgan faoliyatdir.

Yosh o‘qituvchi pedagogik mahoratida mujassamlashgan nutqning jozibadorligi, bilim saviyasining va tafakkurining kengligi, o‘tkir dunyoqarashi, ma’naviy madaniyat darajasi, pedagogik qobiliyati, ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarning mutanosibligi har qanday dars va darsdan tashqari ta’lim-tarbiyaviy tadbirning muvaffaqiyatini ta’minlovchi hamda o‘qituvchi jonli muloqotini tashkil etuvchi omillardir. O‘qituvchi kasbiy faoliyatidagi jonli muloqot qobiliyatini takomillashtirish uchun o‘z oldiga doimo quyidagi savollarni qo‘yib, unga mustaqil fikr-mulohazasi asosida javob bera olishi kerak:



1. Nimaga o‘rgatish:

a) o‘quvchilarni o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha ilmiy yangiliklardan xabardor etish, fan terminlarini tushuntirish, o‘quv predmetini to‘liq o‘zlashtirish;

b) o‘quvchilarda shaxs erkinligini, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish;

v) o‘quvchilarning o‘rganilayotgan fan bo‘yicha qobiliyatlarini, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish;

g) yangi mavzuni fanlararo aloqadorlik asosida tushuntirish;

d) dars jarayonini pedagogik va axborot texnologiyalarining qiziqarli metodlari asosida tashkil etish.



2. Kimni o‘rgatish:

a) kelajakda mamlakat taraqqiyoti uchun mas’ul, davlat siyosatining ustuvor sohasi bo‘lmish barkamol insonga ta’lim-tarbiya berish;

b) o‘quvchilarni bilim olish va tarbiyalanishi jarayonida duch keladigan muammolar va qiyinchiliklarni mustaqil bartaraf etishga o‘rgatish;

v) o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish;

g) dars va darsdan tashqari ta’lim-tarbiya jarayonini o‘quvchilar fikrlarini inobatga olgan holda tashkil etish;

d) yosh va murg‘ak qalb egasi bo‘lmish o‘quvchilarning psixologik o‘zgarishlari va rivojlanishlarini inobatga olish;

ye) iqtidorli o‘quvchilar bilan yakka holda pedagogik faoliyat olib borish.

3. Qanday o‘rgatish:

a) o‘qituvchi o‘z faoliyati davomida to‘plagan pedagogik tajribalari asosida kompyuter, axborot va innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda ta’lim berishi;

b) yuksak pedagogik mahorat bilan dars va darsdan tashqari vaziyatlarda tarbiyaviy jarayonni milliy mafkura, an’ana va qadriyatlar asosida tashkil etish;

v) o‘quvchilarni bilim olishga qiziqishini oshirish maqsadida pedagogik ta’sir ko‘rsatishning turli usullaridan foydalanish;

g) ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda belgilangan maqsadga erishish uchun, mahalla faollari, ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash.

O‘qituvchining o‘quvchilar hamda o‘qituvchilar jamoasi bilan uzviy aloqada bo‘lishi, uning jonli muloqotni to‘g‘ri tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchilar bilan jonli muloqotga kirishib, ularning hurmat e’tiboriga sazovor bo‘lish birdaniga sodir bo‘ladigan va ta’lim-tarbiya sohasida yutuqlarga darhol yetaklaydigan jarayon emas. Buning uchun o‘qituvchi yillar davomida tayyorlanadi, pedagogik mahorat sirlarini egallaydi, tajribali ustoz o‘qituvchilarning yutuqlaridan foydalanadi. Yosh o‘qituvchilar uchun jonli muloqotni yaratishda quyidagi vazifalarga e’tibor berish talab qilinadi:

- o‘quvchilarning individual xususiyatlarini, psixik holatini chuqur o‘rganish, sinf jamoasining rasmiy va norasmiy liderlari faoliyati bilan tanishish, ularga nisbatan adolatli munosabatda bo‘lish;

- jonli muloqot asosida mustaqil fikrlovchi, o‘zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga intiluvchi erkin shaxsga ta’lim-tarbiya berishi shartligini unutmaslik;

- jonli muloqotning pirovard natijasi o‘quvchilarni o‘z aqli, o‘z tafakkuri, o‘z mehnati bilan mas’uliyatni his etishini ta’minlashi, ularni ongli ravishda ozod va hur fikrlovchi inson bo‘lib tarbiyalanishini ta’minlash;

- jonli muloqot tufayli o‘quvchilarning yuksak darajadagi intellektual salohiyatlarini, aql zakovati qudratini yuzaga chiqarishga erishish.

Pedagogikada jonli muloqotning muhim jihatlaridan biri uning vositalaridir. Vositalar tashkilotchilik qobiliyati, baho beruvchi, intizomga undovchi bo‘lishi mumkin. Ilmiy adabiyotlarda o‘qituvchi o‘z ishining mohir ustasi bo‘lishi uchun tashkilotchilik qobiliyati asosida ta’sir ko‘rsatishga ko‘proq yondashishi lozimligi ta’kidlanadi.

O‘qituvchilarning jonli muloqoti uchta qarama qarshi shakllarga ega bo‘lgan faoliyatlardan birida namoyon bo‘ladi:



  • ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda o‘qituvchi bilan o‘quvchilarning birgalikda hamkorlik qilishlari;

  • o‘qituvchining o‘quvchilarga tazyiq o‘tkazishi va ularning faolligini ro‘yobga chiqarmasligi;

  • o‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro muloqotda, nisbatan mo‘tadil munosabatda bo‘lishi va o‘quvchi jamoasi tomonidan hal etilayotgan barcha muammolardan o‘zini chetga olishi.

Muloqotdagi noo‘rin vaziyatlarni o‘qituvchining o‘zi tajribasizligi tufayli paydo qiladi. U o‘quvchilar bilan bir xil o‘zaro jonli muloqot olib bora olmaydi, ba’zi ishtirokchilarga nisbatan tazyiq o‘tkazsa, ba’zi ishtirokchilarga muvofiq ravishda faoliyat olib boradi.

O‘qituvchi jonli muloqotga emotsional tus berish bilan neytral holat orqali muloqotdagi faoliyatini ijodiylikdan salbiylikka o‘zgartirishi mumkin. Bularning hammasi muloqot muhitini, sinfdagi ma’lum iqlimni o‘zgartiradi. Takomillashgan pedagogik muloqot o‘qituvchining o‘z jonli muloqoti jarayonida va erishilgan yutuqlari natijalarini muntazam nazorat qilib borishini nazarda tutadi.

To‘g‘ri tashkil etilgan pedagogik muloqot davomida o‘qituvchi tanlagan vositalar ta’lim-tarbiya jarayonining vazifa va sharoitlariga muvofiq kelishini o‘lchovchi vosita sifatida tushuniladigan pedagogik nazokat mujassamlanadi. Pedagogik faoliyatda o‘qituvchi jonli muloqot orqali quyidagi funksiyalarni bajaradi:

birinchidan, ta’lim-tarbiya jarayonining o‘qituvchi tomonidan yakka holda olib borilishi va bu faoliyatga yagona o‘zi javobgarligi;

ikkinchidan, ta’lim-tarbiya jarayonida bir maqsadga yo‘naltirilgan ijtimoiy - psixologik tizimning bir maromda ta’minlashi;

uchinchidan, ta’lim va tarbiyaning muvaffaqiyatini belgilovchi o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro munosabatida muayyan bir tizimning tashkil qilinishi;

to‘rtinchidan, o‘quvchilarni mustaqil fikrlovchi erkin shaxs sifatida shakllantirish, yashirin iste’dodini ro‘yobga chiqarishga erishish imkoniyatlaridan foydalanish;

beshinchidan, barkamol inson tarbiyasi davlat siyosatining ustuvor sohasi sifatida o‘qituvchi pedagogik faoliyatining birlamchi vazifasi ekanligini unutmaslik.

Jonli muloqot jarayonida o‘quvchilarning xulqi ijtimoiy qonuniyatlar maromiga zid kelsa, u holda uning hatti-harakatiga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatiladi, ya’ni, e’tiroz, tanbeh, ogohlantirish kabi vositalar qo‘llaniladi. Jonli muloqot o‘qituvchilarning axloqiy namunalari muhim ahamiyatta ega bo‘lib, axborot almashinuv, o‘zaro ta’sir kabi muloqot vositalarining muvaffaqiyatini ta’minlaydi.

Har bir fikr va e’tiroz bildirilganda, muloqotdan o‘quvchining ruhiy o‘zgarishlariga, tashqi ko‘rinishiga e’tibor berish, lozim bo‘lganda o‘qituvchining uzr so‘rashi, tavoze bilan o‘quvchiga murojaat qilishi o‘qituvchi muomala odobining muhim belgisidir.

Ta’lim muassasalarida olib borilayotgan pedagogik faoliyatda o‘qituvchi muloqot jarayonida nojo‘ya hatti – harakati, qo‘polligi, o‘ylanmay bildirilgan noto‘g‘ri fikri, ortiqcha imo-ishoralari natijasida o‘quvchilar bilan bo‘ladigan jonli muloqotning buzilishiga, tuzatib bo‘lmas qaltis vaziyatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.

Buning natijasida muloqot odobi, yaxshi muomala bilan fikr almashuv o‘z o‘rnini nizoli vaziyatga bo‘shatib beradi. Ushbu salbiy holatlarga yo‘l qo‘yilmaslik uchun, pedagogik muomalada o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabat hurmat va ishonch negizida qurilishi kerak. Bunda o‘qituvchi o‘quvchining huquq va majburiyatini, maktabda, jamoada, oilada bajaradigan vazifalari nimalardan iborat ekanligini har lahzada eslatib turishi lozim.


6.4. O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqotni tashkil etish

usullari va muloqotda tarbiyaviy jarayon tamoyillari


O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqoti samarali bo‘lishi uchun suhbatdoshni o‘ziga moyil qilib olish zarur. O‘zaro moyillikka erishish uchun amalda qo‘llanilib kelinadigan bir qator murakkab bo‘lmagan pedagogik ta’sir etuvchi usullardan foydalaniladi. Ularning eng muhimlari o‘quvchi ishonchini qozonish hamda ta’sir etish va ma’qullash usullaridir.

ishonchini qozonish usuli o‘quvchilar bilan muloqot asosida ta’sir ko‘rsatishning yuqori samara beradigan usulidir. U o‘quvchi ongiga qaratilgan bo‘lib, idrok qilish orqali o‘quvchilar ishonchini qozonishni va ularning roziligini nazarda tutadi. Ishonchini qozonish dalillash, isbotlash orqali olib boriladi. Ishonchini qozonish usuli muloqot dasturi sifatida darsdan tashqari jarayonlarda, o‘quvchi bilan yakka holda suhbatlarda, ma’naviy-tarbiyaviy soatlarda qo‘llaniladi. Ishonchini qozonish usuli yordamida o‘qituvchi o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantiradi, ularda o‘z-o‘zini tarbiyalashga nisbatan javobgarlik hissini oshiradi.

Ishonchini qozonish usuli nafaqat o‘qituvchi bilan muloqot jarayonida, balki ta’lim-tarbiyaviy faoliyatdan tashqari holatlarda ham o‘quvchiga ta’sir qiladi. O‘quvchi ishonchini qozonish ijobiy yoki salbiy natijalar paydo qilishi ham mumkin. O‘qituvchi ishontirish bilan o‘quvchida ijobiy hislatlarni uyg‘otishi uchun tarbiyaviy metodlarni o‘z o‘rnida qo‘llashi shart. Tarbiya jarayonida har bir o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi zarur. Chunki bir xil yoshdagi o‘quvchilar psixik jihatdan turli xarakterga ega bo‘lishi mumkin. O‘quvchilarning qobiliyat va iqtidorlari, qiziqishlari, irodaviy hislatlari har xil bo‘lgani uchun bir o‘quvchiga nisbatan foydali bo‘lgan ishonchini qozonish usuli, boshqasiga zararli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun har bir o‘quvchining ruhiyatini, psixologiyasini, ichki dunyosini o‘qituvchi muntazam o‘rganib borishi, o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini, tarbiyalanuvchi temperamentining umumiy tiplarini o‘rganish metodikasini bilish lozim. Masalan, ko‘rish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglashi, sust fikr yuritishi, hovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, serg‘ayrat yoki g‘ayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimiga bog‘liq bo‘lib, o‘qituvchi o‘quvchilar ishonchini qozonishi uchun ularni bilishi va zarur bo‘lgan xulosalarni ishlab chiqishi shart.

O‘quvchilar ishonchini qozonishning yana bir muhim xususiyati o‘quvchilarni shaxs sifatida rivojlanishida o‘z-o‘zini tarbiyalashidir. O‘z-o‘zini tarbiyalash o‘quvchining o‘zini o‘zi idora qilishi, o‘zida erkinlikni, ijtimoiy mavqeini, tashabbuskorlik va mustaqillikni shakllantirishdir. O‘quvchining yashirin qobiliyatlari o‘z-o‘ziga ishonch orqali yuzaga chiqadi. O‘quvchi uchun o‘z o‘zini baholash qiyin jarayon. O‘quvchi ta’lim-tarbiya berayotgan o‘qituvchilarga ishonch bilan ergashib, o‘ziga nisbatan ishonch ruhida tarbiyalanar ekan, unda avvalo, mustahkam iroda shakllanadi, o‘z burchini to‘g‘ri tushunadi, bilish va o‘rganishga qiziqishi kuchayadi, o‘z-o‘zini har tomonlama takomillashtirishga intiladi, o‘ziga atrof muhitdagi o‘rtoqlari ko‘zi bilan xolisona baho beradi, o‘ziga ishonadi va unda qoniqish hissi paydo bo‘ladi. Xarakteridagi salbiy odatlarni, zararli sifatlarni tez anglab, ularni yo‘qotish va bartaraf etishga intiladi.

ta’sir etish va ma’qullash usuli muloqotning umumiy jarayonidir. Ikki suhbatdoshning bir-birlariga ta’sir ko‘rsatishlari, tarbiyaviy maqsadni ma’qullattirish vositasi sifatida o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ushbu usul vositasida o‘qituvchi o‘quvchi ruhiyatiga va xulq-atvoriga tarbiyaviy maqsadni ko‘zlab sezilarsiz ravishda psixologik ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchi psixikasida nazoratsiz kiradi. Ushbu usul, muloqot jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilarda axloqiy-irodaviy hislatlarni faol takomillashtiradi. O‘qituvchi xushmuomalaligi, muosharat odobining cheksiz qudrati bilan o‘quvchilar psixikasining anglanmagan qirralariga pedagogik ta’sir etadi, o‘qituvchi va o‘quvchining yaqindan muloqotda bo‘lishini, bir-birlariga ishonchini, topshiriqlarni ma’qullab vaqtida bajarish uchun javobgarlik hissini shakllantiradi.

O‘qituvchi o‘quvchilar jamoasi bilan pedagogik muloqotni har tomonlama mukammal tashkil etish va ko‘zlangan maqsadga erishishi uchun tarbiyaviy jarayonning jamiyat talablariga mos keluvchi yetakchi tamoyillaridan o‘rinli foydalanishi lozim:



1. Tarbiyaviy maqsadni amalga oshirishda demokratik yondashuv. Muloqot jarayonida o‘qituvchi o‘quvchini ijtimoiy qadriyat deb tan olishi, har bir bola, o‘smir va o‘spirinning betakror va o‘ziga xos xususiyatlarini hurmat qilishi, uning ijtimoiy xulqi va erkinligini e’zozlashi lozim. Zero, ta’limni isloh qilishdan asosiy maqsad, tarbiyada demokratiyaning ustunligi, tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo‘yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchining bir-birlariga o‘zaro ishonchi, hamkorlik asosida pedagogik munosabat mohiyatini ijobiy tomonga yo‘naltirish demakdir. Muloqotni demokratik uslubda tashkil etishdan maqsad, ta’lim-tarbiyani insonparvarlashtirish, pedagogik faoliyat markazida inson shaxsi turganini unutmaslik, insonga nisbatan bebaho boylik sifatida munosabat tuyg‘ularini o‘quvchilarda ham shakllantirish vazifasi bajariladi.

2. O‘quvchilar bilan do‘stona munosabat. Aslida muloqotdan maqsad o‘quvchilar bilan do‘stona munosabatni ro‘yobga chiqarishdir. O‘quvchi shaxsini hurmat qilish o‘qituvchining insonparvarlik tuyg‘ularidan kelib chiqadi. O‘quvchi shaxsini hurmat qilish, ularga cheksiz mehr-muxabbat ko‘rsatish va ularga ishonish shart. Bolalarga nisbatan hurmat tuyg‘usi ularning kuchiga kuch qo‘shadi, o‘z imkoniyatlariga ishonch tuyg‘usini shakllantiradi, tarbiyaning samaradorligini oshiradi. O‘quvchi shaxsini hurmat qilish va munosabatni adolatli talabchanlik mezonlari asosida qurishdir. Do‘stona muloqot o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi bilimlarni puxta o‘zlashtirilishini ta’minlaydi va mukammal shaxsiy fazilatlarni tarkib toptirishga xizmat qiladi. Pedagogik jarayonda sodir bo‘ladigan muomala odobi o‘qituvchilarning axloqiy madaniyati, tarbiyalanganlik darajasida aks etadi. O‘qituvchining o‘ziga va o‘z kasbiga, o‘quvchilarga bo‘lgan munosabati uning muloqotida yaqqol namoyon bo‘lishi mumkin.

O‘z faoliyatini endigina boshlagan o‘qituvchilar ayniqsa, har bir o‘quvchining kelajagiga umid bilan karashlari, unga individual yondashishga harakat qilishlari, tarbiyaviy jazolash usullarini tartibsiz qo‘llamasliklari, o‘quvchilar jamoasi oldiga istiqbolli tarbiyaviy maqsadlarni qo‘yishga intilishlari lozim. Yosh o‘qituvchilar ma’lum bir pedagogik mahorat sirlarini egallashga intilmasalar, o‘z fanidan bilimlari sayoz bo‘lsa, shaxslararo munosabatlarga ijodiy yondashmasalar, kommunikativ qobiliyatini takomillashtirib bormasalar, o‘quvchilar uni asta - sekin tan olmay qo‘yishadi. Natijada o‘qituvchi va o‘quvchilar muloqotida tuzatib bo‘lmas xatoliklar paydo bo‘lishi mumkin.



3. Muloqotni ijtimoiy hayot qonuniyatlari bilan bog‘lab olib borish. Yosh avlodning o‘sib ulg‘ayishi va shakllanishiga hayot, ijtimoiy muhit qonuniyatlari ham muntazam ta’sir etadi. Muhit ijtimoiy omillarning eng muhim xususiyati bo‘lib, u shaxsga ijobiy yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Muhit deganda, shaxsning tarbiyalanib, shakllanishiga ta’sir etuvchi tashqi olam voqealari, hodisalar majmui tushuniladi. Muhit tushunchasi o‘zida geografik-hududiy, ijtimoiy va mikromuhit xususiyatlarini ifodalaydi. Ayniqsa, oila, maktab, do‘stlar davrasi, tengqurlar kabilarni o‘z ichiga oladigan mikromuhit shaxsni tarbiyalash jarayoniga muhim ta’sir etishi pedagog va psixolog olimlar tomonidan e’tirof etilgan. Oila muhiti o‘quvchining tarbiyasi va barkamol inson sifatida shakllanishida o‘ziga xos muhim tarbiyaviy ta’sirga ega. Shuning uchun o‘qituvchi muloqotni tashkil etishda ota-onalar, mahalla faollari, o‘quvchilar jamoasi faollari, uchastka nozirlari bilan doimiy aloqada bo‘lib, ular bilan birgalikda faoliyat olib borishi kerak. Muloqotda ijtimoiy hayot qonuniyatlarini hisobga olish, o‘quvchilarni maqsadli tarbiyalashda muvaffaqiyatlarga erishish uchun zamin yaratadi.

4. Muloqotni tashkil etishda mehnat faoliyatining o‘rni. Ta’lim muassasalarida o‘quvchi mehnat faoliyati bilan o‘z qobiliyati va iste’dodini namoyon qiladi. Mehnat – yosh avlodni yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvorini namoyon qiluvchi, kasbiy qobiliyatlarini uyg‘otuvchi, tarbiyaviy jarayonning eng qadimiy va sinalgan vositasidir. O‘quv mehnati va ijtimoiy foydali mehnat o‘quvchi shaxsiga ijobiy ta’sir etadi, bu ikki faoliyat birligi bolani jismonan chiniqtiradi va faollashtiradi, xulq mukammalligini ta’minlaydi, tashabbuskor va izlanuvchan qilib shakllantiradi. Shunday ekan, o‘qituvchi o‘quvchilar bilan muloqotni ularning mehnatsevarligiga yoki dangasaligiga qarab belgilasa ham bo‘ladi. Ta’lim muassasalarida bolalarni ilk yoshidan boshlab mehnatsevarlik ruhida, mehnatga muxabbat va mehnat qiluvchilarga hurmat ruhida tarbiyalashda o‘zaro muloqotning o‘rni cheksiz. Ta’lim muassasalarida o‘qishning o‘zi ham mehnatdir. Muloqotdan maqsad, ta’lim-tarbiyaviy faoliyatda muvaffaqiyatlarga erishish uchun u mehnat tarbiyasi bilan aloqadorlikda olib borilishi lozim.

5. Qo‘rquv va hayajonga asoslangan muloqot uslubi. Bunday muloqot uslubiga odatda yosh, tajribasiz o‘qituvchilar tushib qolishi mumkin. Ushbu uslub asosida boshlangan muloqot ko‘pincha o‘quvchilarni tez-tez ogohlantirish, ularni qattiqqo‘llik bilan tarbiyalashga harakat qilish, o‘qituvchi yoqtirmagan o‘quvchilar hatti-harakatini ta’qiqlash vaziyatida olib boriladi. O‘quvchilar faolligi, tashabbuskorligi inkor etiladi. Natijada o‘qituvchi bilan o‘quvchilar orasida ko‘z ilg‘amas qarama-qarshiliklar paydo bo‘ladi.

Muloqot jarayonidagi ushbu qarama-qarshiliklar o‘quvchilarda o‘z tushunchalariga muvofiq paydo bo‘lgan dastlabki sifatlar bilan o‘qituvchining o‘quvchilarga qo‘yadigan talablari va ularni bajarish imkoniyatlari o‘rtasida ziddiyatlarning kelib chiqishidan paydo bo‘ladi. Ba’zan o‘quvchining ongi bilan xulqi bir-biriga muvofiq kelmasligidan, yoki o‘qituvchining o‘quvchilar yosh xususiyatlarini, fe’l-atvori, xarakteri, qiziqishlari, jismoniy, ruhiy hamda fiziologik jihatdan sog‘lomligini bilmasliklari oqibatida ziddiyatlar kelib chiqadi. Muloqot jarayonidagi ushbu ziddiyatlarni bartaraf etishda asosan o‘qituvchining o‘zi qizg‘in faoliyat olib borishi, ustoz o‘qituvchilar tajribalaridan foydalanishi, lozim bo‘lganda, tortinmasdan ulardan yordam so‘rashi maqsadga muvofiqdir.

O‘quvchilar ta’lim-tarbiya jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, axloqiy normalarni o‘zlashtiradilar. O‘quvchi eng yaxshi insoniy fazilatlarni, axloq-odobni, muloqot madaniyatini asosan o‘qituvchi timsolida anglab olishini unutmaslik kerak. O‘quvchilar jamoasida o‘qituvchilar bilan o‘zaro munosabatlar insonparvarlik tamoyillariga asoslanadi. Ular odatda ikki xil bo‘lib biri rasmiy, ikkinchisi norasmiy muomala deyiladi.

Rasmiy muomala munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, direktiv hujjatlariga asoslanadi.

Norasmiy muomala pedagogik etika va estetikaning konuniyatlariga va o‘qituvchi odobiga asoslanadi va jamoaning har bir a’zosi tomonidan ixtiyoriy ravishda bajariladi. Muloqot odobi psixologik qonuniyatlar, odob normalari va qoidalari, talablari hamda o‘qituvchilar jamoasining fikri asosida boshqariladi.


Download 471,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish