O’rgimchakning ichki tuzilishi: 1-xelitseralar, 2-zahar bezi; 3-ko’zlari; 4-bosh miya; 5-og’iz teshigi; 6-oshqozon ; 7-o’rta ichak; 8-qizilo’ngach; 9-jigar; 10-pufak ; 11-anal teshigi; 12-malpigi naychalari; 13-yurak; 14-o’pka xaltasi; 15-stigma;16- kirish sinusi; 17- tuxumdonlar; 18- tuxum yo’li; 19-o’rgimchak bezi; 20-o’rgimchak so’gallari
Qon aylanish sistemasi. Qon aylanish oganlari yurak,yurakoldi bo’shlig’i aorta va tana bo’shlig’i-lakunlardan iborat.O’rgimchaksimonlar yuragi har xil tuzilgan.Tanasi bo’g’imlarga bo’lingan chayonlarning yuragi qorin bo’limida ichagining ustida joylashgan uzun naydan iborat.Yuragining ikki yonida 7juft tirqishsimon teshiklar-ostiylar ochiladi.O’rgimchaklar yuragi birmuncha kalta bo’lib,3-4 juft ostiylarga ega.Kanalarning yuragi esa bir juft teshikli kalta xaltachadan iborat.Juda mayda kanalarning esa yuragi rivojlanmagan.Yurakning oldingi va keyingi uchidan bittadan oldingi va keying arteriylar chiqadi.O’rgimchaklarda esa faqat oldingi aorta bo’ladi.Gemolimfa har bir arteriyadan tana bo’shlig’iga to’kiladi.Suyuqlik tana bo’shlig’iga va undan ostiylar orqali yurakka o’tadi.Gemolimfada nafas olish pigmenti gemotsianin bo’ladi. Nerv sistemasi. Yirik va o’rtacha kattalikdagi o’rgimchaksimonlarning nerv sistemasi yaxshi rivojlangan.Bosh miyasi ko’zlarni iroda qilib turadigan oldingi bo’lim –prototserebrum va xelitserani idora qiladigan keying bo’lim –tritotserebrumdan iborat (2-rasm)
Akron o’simtalari-antennullalarning yo’qolib ketishi tufayli miyaning oraliq bo’limi –deytotserebrum rivojlanmagan. Qorin nerv zanjirining tuzilishi tana bo’g’imlarining rivojlanishiga mos keladi.Tanasi ko’p bo’g’imli vakillari (masalan,chayonlar ) da qorin nerv zanjirining ko’krak bo’limidagi nerv tugunlari birga qo’shilib ,yirik boshko’krak nerv tugunini hosil qiladi.Nerv zanjirining qorin bo’limida 7ta kichikroq nerv tugunlari bo’ladi.Solpugalarda yirik boshko’krak nerv tugunlaridan tashqari yana bitta kichikroq nerv tuguni bo’ladi.Qorin bo’limidagi bo’g’imlar sonining kamayishi nerv tugunlarining konsentratsiyalanishiga sabab bo’ladi.O’rgimchaklarda barcha nerv tugunlari boshko’krak nerv tugunlari bilan qo’shilib ketadi.Kanalarda tana bo’limlari birlashib ketishi tufayli qorin nerv zanjirining barcha tugunlari bosh miya bilan birga qo’shilib,umumiy yirik nerv massasini hosil qiladi. O’rgimchaksimonlarda pedipalpasida mexanik ta’sirga sezgir juda ko’p tukchalar joylashgan.Pedipalpalar,oyoqlar va tana sirtida joylashgan maxsus tukchalar havoning tebranishini qabul qiladi.Kimyoviy sezgi,hid bilish vazifasini lirasimon organ o’taydi.Bu organ kutikulada joylashgan mayda chuqurchadan iborat.Chuqurchaning tubiga nerv uchlari kelib turadi.Ko’pchilik o’rgimchaksimonlarning 12,8,6, ba’zan 2 juft ko’zlari bor.Ko’zlar boshko’krakning orqa qismida joylashgan .Chayonlar o’z juftini bir necha sm naridan, ayrim o’rgimchaklar esa 20-30 sm dan tanib oladi Jinsiy sistemasi.O’rgimchaksimonlar ayrim jinsli,jinsiy demorfizm o’rgimchaklar va kanalarda yaxshi rivojlangan.O’rgimchaklarning erkaklari ancha kichik bo’lib,pedipalpalari kuyish organiga aylangan.Jinsiy bezlari juft bo’ladi,lekin ko’pincha bezlar qisman qo’shilib,toq organni hosil qiladi.Masalan,chayon erkagining juft urug’donlari bor,lekin urg’ochilarining tuxumdonlari birga qo’shilgan.O’rgimchaksimonlarda urug’lanish ichki bo’lib,kuyikish maxsus spermatoforalar orqali sodir bo’ladi.Spermatofor urug’ bilan to’lgan xaltachalardan iborat.Erkak soxta chayonlar va ko’pchilik kanalarning erkaklari spermatoforlarini tuproqqa tashlaydi,urg’ochilari esa ularni jinsiy organlari bilan ilib oladi.O’rgimchaklar erkagi pedipalpasining uchki bo’g’imida kopulyativ o’simtasi bo’ladi.Ular pedipalpasi yordamidaa spermatoforini urg’ochisining jinsiy teshigiga o’tkazadi. Ko’pchilik o’rgimchaksimonlar tuxum qo’yib ko’payadi.Lekin ko’pchilik chayonlar, soxta chayonlar va ayrim kanalar tirik tug’adi.Ularning urug’langan tuxumi jinsiy bezlarining yo’lida rivojlanadi.Embrion urg’ochisining jinsiy organlaridan ishlab chiqariladigan oqsil bn oziqlanadi.O’rgimchaksimonlar embrioni tanasi voyaga yetgan davriga nisbatan ko’p bo’g’imli bo’ladi. Masalan, o’rgimchaklar embrioni qorin bo’limi 12 ta bo’g’imdan iborat : 4- bo’g’imlarda oyoqlari bo’ladi.Keyinchalik hamma qorin bo’g’imlari birga qo’shilib ketadi,oyoqlari esa reduksiyaga uchraydi. Chayonlar embrioni qorin bo’limining oldingi qismidagi oltita bo’g’imlarida oyoqlari bo’ladi.Embrion rivojlanishining so’ngi davrlarida birinchi juft qorinoyoqlari-jinsiy bezlarning qopqog’iga ,ikkinchi jufti esa taroqsimon o’simtalarga aylanadi,qolgan qorinoyoqlari hisobidan o’pka hosil bo’ladi. Bu dalillar o’rgimchaksimonlarni ko’p bo’g’imli hayvonlardan kelib chiqqanligini ko’rsatadi Ko’pchilik o’rgimchaksimonlar o’zgarishsiz rivojlanadi.Metamorfoz rivojlanishi kanalar uchun xos.O’rgmchaksimonlar bir necha turkumlarga bo’linadi.