O‘zbekistоn respublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkent dаvlаt pedаgоgikа universiteti



Download 367,79 Kb.
bet18/64
Sana08.04.2022
Hajmi367,79 Kb.
#537799
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64
Bog'liq
Ped tarix

2. Sohibqiron Amir Tеmurning hayoti va ijtimoiy faoliyati, hamda ta'limiy –axloqiy qarashlari
Amir Temur Ko`ragon ibn Amir Tarag`ay Kesh (Shahrisabz)ning Xo`jailg`or (hozirgi paytda bu qishloq Yakkabog` tumaniga qarashli) qishlog`ida 1336 yilning 9 aprеlida tavallud topgan. Uning otasi Amir Tarag`ay o`ziga to`q, badavlat kishi bo`lgan. Onasi Tegina Begim esa buxorolik taniqli olim Ubaydullohning qizi bo`lgan.
Temur 7 yoshidan bilim olishni boshlaydi. U yosh bolalik davridan boshlab mard, dovyurak, jasur bo`lib o`sadi. Harbiy san'atni mukammal egallaydi. Qur'oni Karimni yod oladi, hadis ilmini o`rganadi. Dunyoviy bilimlarga ham ega bo`ladi. Shuning uchun ham iymon-e'tiqodli, halol pok, aql-zakovatli, o`z e'tiqodiga mustahkam rioya qiladigan, adolatli inson bo`lib etishadi.
Amir Temur o`z davlati qudratini yuqori ko`tarib dunyoga tanitadi. Amir Temur johillik, yovuzlikni, zo`ravonlikni yoqtirmas. Insonparvar, adolatli hukmdor edi. Masalan, «Temur tuzuklari» hukmdorning hokimiyatni boshqarish qoidalari hamda odob-axloq me'yorini belgilab beruvchi yo`riqnomadir. Taniqli olim Bo`riboy Ahmedov «Temur tuzuklari» podsholarning turish-turmush va axloq-odob normalarini belgilovchi risoladir, deb ta'riflaydi. Haqiqatan ham, mazkur asarni turmush odobi, hulq-odob qoidalari tartib berilgan an'anaviy asarlar qatoriga qo`ysak bo`ladi. Zero, tarixan ta'limiy-axloqiy asarlarning barchasida ham dastlab davlatni boshqarishga oid qarashlar, so`ng axloq me'yorlari bayon etiladi. Shunga ko`ra bu asardan ta'limiy-axloqiy asar sifatida foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Amir Temur bu asarida insonparvarlik, mehnatsevarlik, adolatlilik, vatanga sadoqat, jasorat, to`g`rilik, do`stlik va hamkorlik, mehr va muruvvat ko`rsatish, sabr-qanoat, yaxshilik kabi xislatlarni ulug`laydi va xiyonat, bevafolik, sotqinlikni qoralaydi. Hayotda «rosti-rusti» qoidasiga rioya etgan Amir Temurning o`zi naqshbandiylik tariqatidagi «Dil ba yoru, dast ba kor» tamoyiliga ko`ra ish tutib, Yusuf Xos Hojib, Abu Nasr Forobiy, Jaloliddin Davoniy va boshqalar tomonidan targ`ib etilgan va haqiqiy komil inson, adolatli g`ukmdor uchun zarur bo`lgan quyidagi o`n ikki qoidani o`ziga yo`riq qilib olganini ko`ramiz:
Har erda va har vaqt Islom dinini quvvatlash; davlat va saltanatni boshqarishda o`n ikki tabaqa, toifadagi kishilarga tayanish; dushman bilan kurashda maslahat, kengash, tadbirkorlik bilan ish ko`rish, faollik, hushyorlik, ehtiyotkorlik ko`rsatish, saltanat ishini yurg`izishda murosayu madora, muruvvat hamda sabr-toqat bilan ish ko`rish; davlat ishlarini yurg`izishda davlat qonun-qoidalariga qat'iy rioya qilish; adolat va insof bilan ish yuritish; sayyidlar, ulamo, mashoyix, oqilu donolar, muhandislar, tarixchilarni izzat-hurmat qilish; azmu jazm bilan ish ko`rish (aytganiga rioya etish), buzuqchilikning oldini olish; fuqaroning ahvolidan ogoh bo`lib turish; barchaga hurmat-e'tiborda bo`lish, yaxshilik, muruvvat, ehson, izzatu ikrom, haqqini ado etish; farzandlar, qarindoshlar, oshnolar va do`st birodarlarni doimo yodda tutib, ular bilan yaqin aloqada bo`lish; sipohiylarni hurmat etish va ularga g`amxo`rlik qilish. Ko`rinib turibdiki, Amir Temur mazkur talablarga rioya etgani tufayli uning saltanati rivoj topdi, fan va madaniyat taraqqiy etdi, davlatining nufuzi oshib, nafaqat Sharqda, balki G`arbda ham mashhur bo`ldi. Bu o`n ikki qoidaga rioya qilishdan tashqari, Amir Temur o`zining hayoti tamoyillari haqida shunday degan:
«Men o`z hayotim mobaynida besh narsaga qat'iy e'tiqod qo`ydim va hamishalig` ularga amal qildim, ular ushbulardir:
Olloh — ul har narsaga qodir kuch, sidqidildan sig`insang, istagan murodu maqsadingga etkazadi;
tafakkur — fikrlash va mushohada qobiliyati;
qilich — ul yigitning yo`ldoshi, el-yurt osoyishtaliginining posboni, har qanday dushmanning mahv etish quroli, aning qudrati ila dinsizlarni dinga solmoq mumkin;
imon — ul insonni barcha jonlilardan farqlantirib turuvchi xususiyatdir. Imonli odam xiyonat qilmaydi, qarindosh-urug`lari, elu-xalqning or-nomusini himoya qiladi, halollik va poklikni fazilat biladi;
kitob (bitik) — barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o`rgatuvchi murabbiydir».
Demak, Amir Temur hayoti va faoliyatida o`zi qat'iy rioya etgan, haqiqiy etuklik belgisi sanalgan din, imon, aql bilan ish yuritish va ilmga e'tiqodni boshqalarga ham tavsiya etgan hamda avlodlarni ham shu ruhda tarbiyalashga e'tibor bergan. Amir Temur zamonida musiqa, badiiy adabiyot, rassomlik san'ati rivoj topib, yoshlarga she'r yozish, rasm chizish, musiqa asboblarini chalish, kitobxonlik, lison ilmi, husnixat o`rgatilar edi. Bu san'at turlari o`sha davr tarbiyasi tarkibiga kiritilgan edi. Sohibqironning buyuk saltanatida ijod qilgan shoirlar, rassomlar, mashshoqlar va boshqalar buning yaqqol dalilidir. Bu davrda katta shahar hunarmandlari ham ashula, raqs, suxandonlik bilan shug`ullanganlari haqida Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asarida qayd etilgan.
Amir Temur jismoniy tarbiyaga ham katta e'tibor bergan. Sharqda dilovarlik tarbiyasi, ya'ni yoshlarda mardlik, jasurlikni tarbiyalash asosiy masalalardan sanalgan. Yigitlar bolalikdan merganlik, chavandozlik, suvda suzish, ovchilik, qilichbozlik, shaxmat o`yini kabilarni mohir murabbiylardan o`rganib, bu borada mashq qilar edilar. Amir temurning o`zi kuchli lashkarboshi sifatida harbiy ilmning «Ming askar» uslubi asoschilaridan biri bo`lgan. Buyuk sohibqiron shunday ta'kidlaydi:
«Cherik tuzib, navkar olmoqda uch qoidaga amal qildim: birinchidan, yigitning kuch-quvvatiga, ikkinchidan, uning qilichni o`ynata olishiga, uchinchidan, aql-zakovatiyu kamolotiga e'tibor qildim. Shu uch fazilat jamul-jam bo`lsa, navkarlik xizmatiga oldim. Negakim, kuch-quvvatli yigit har qanday qiyinchiliklarga, azobu uqubatlarga chidamli bo`ladi, qilich o`ynata oladigan kishi raqibini mag`lub eta oladi, oqil navkar har joyda aql-idrokini ishga solib, mushkulotni bartaraf etmog`i mumkin», — deb askarlarning faqat jismoniy emas, balki aqlan ham barkamol bo`lishiga e'tibor bergan. O`g`illari Amirzoda Muhammad Jahongir, Umarshayx, Mironshoh, Shohruhlar, nabiralari Amirzoda Muhammad Sulton, Amirzoda Pirmuhammadlar mohir jangchi bo`lib, katta-katta janglarda shaxsan ishtirok etganlar. Amir Temurning o`zi aqlni charxlash vositasi bo`lgan shaxmat o`yinida ham mohir bo`lgan. Zero, o`sha davr tarbiyasi — shatranj o`yinini har bir yosh o`rganishi zarur sanalgan. Hatto Amir Temurning suyukli o`g`li Shohruhga ism qo`yilishi ham shaxmat o`yini bilan bog`langanligi haqida rivoyat yuradi.
Xulosa qilib aytganda, Amir Temurning buyuk davlatchilik siyosati — mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish bilan birga tarix oldida ma'rifiy xizmatlari ham beqiyos. Uning ta'lim-tarbiyaga oid o`gitlari, tutgan siyosati hozir ham o`z qiymatini yo`qotmagan. Amir Temurning ta'lim-tarbiyaga oid ishlari, qarashlari hozirgi barkamol insonni shakllantirishda katta rol o`ynaydi.



Download 367,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish