Reja:
1. Fanning ilmiy tadqiqot metodlari haqida tushuncha va ularga qo‘yiladigan
talablar.
2. Ilmiy tadqiqot metodlariga tavsif berish.
Tayanch tushunchalar:
Metod, usul, yo‘l, tadqiq etish, o‘rganish, tajriba
o‘tkazish, sinash, ta'lim-tarbiya, ma'lumot, ko‘nikma, malaka, o‘zlashtirish, tadbiq
etish, nazariya, o‘quvchi, shaxs, faoliyat, suhbat, kuzatish, eksperiment, anketa,
test,
maktab hujjatlari
, ijodni o‘rganish, statistika, kibernetika, sotsiologiya.
Ilmiy tadqiqot metodlari.
Har bir predmet uning metodlari bilan
chambarchas bog‘langan. Fan metodlari uning metodologiyasiga mohiyati va
prinsiplariga bog‘liq bo‘ladi. Pedagogikaning bunday mustahkam va ishonchli
falsafiy asosi dialektik metoddir.
Pedagogikaning hodisalarini o‘rganish va ularning qonuniyatlarini aniqlash
masalasida bir-biriga qarama-qarshi ikkita yo‘nalish metofizik va dialektik
yo‘nalish mavjuddir.
Metofiziklar pedagogikaning hodisalari va faktlarini o‘zgarmas, vaqt, joy va
konkret sharoitlardan tashqari boshqa ijtimoiy hodisalar bilan aloqasi bo‘lmagan
hodisa sifatida olib qaraydilar.
Dialektik metod esa metofizika talqiniga qarama-qarshi o‘laroq, o‘qitish,
bilim berish, tarbiyalash jarayonlarini va ularning mohiyatlarini quyidagicha
o‘rganishni talab etadi:
1. Ularning umumiy aloqasi bir-birini taqoza etishi va o‘zaro ta'sir jarayoni-da
bolalarni tarbiyalash, o‘qitishning turmush, siyosat, ideologiya, madaniyat, fan,
axloq, san'at, ta'lim-tarbiya muassasasi tarmoqlarining va ijtimoiy, maktab va
oilaviy tarbiyalarning o‘zaro bog‘liqligi va boshqalar.
2. Ularning to‘xtovsiz harakati, o‘zgarishi va taraqqiy etishi jarayonida ijti-
moiy va ilmiy vazifalarning tug‘ilishi natijasida kelib chiqadigan o‘qitish va
tarbiyalash vazifalari, forma va metodlarning o‘zgarishi; tarbiyalash qisqa muddatli
va
tez olib boriladigan ish emas
, balki qiyin va murakkab jarayondir, bolalarni
andoza, universal sxema asosida o‘qitish va tarbiyalash mumkin emas.
3. Bolalarning o‘sishida miqdor va sifat o‘zgarishlari jarayonida har bir
maktab yoshining o‘ziga xosligi, tarbiya va ta'lim bola shaxsining sifat jihatidan
o‘sish va tarkib topishi ekanligi, ong va axloqning, so‘z va ishning birligi va
boshqa mezonlar.
4. Qarama-qarshi tomonlar, an'analar, qarashlar va fikrlarni aniqlash
jarayonida, tarbiya va ta'limda, turmush dialektikasida, yangi va eski o‘rtasidagi
kurash, shaxs va jamoa o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar va h.
5. Pedagogikaning qonuniyatlarini ob'yektiv o‘rganishda dialektika
kategoriyalari hodisa va mohiyat, sabab va natija, zaruriyat va tasodif, mazmun va
shakl,
tarixiy va mantiqiy
, umumiy va shaxsiy, asosiy va xususiy, aniq va abstrakt
kabi kategoriyalar muhim ahamiyatga egadir.
Dialektikaning yuqorida ko‘rsatilgan prinsiplari asosidagi pedagogika
hodisalari, faktlari va jarayonlarini ilmiy tekshirish, ularning taraqqiy etish
qoniniyatlarini bilish mumkin. Binobarin, pedagogik tadqiqot metodlariga
ob'yektivlik, o‘qituvchilik, pedagogik faoliyatni oshirishga qaratilgan tadqiqot
vazifalarining aniqligi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini, bolalar psixologiyasi
qonuniyatlarini hisobga olish kabi talablar qo‘yiladi. Lekin, bolalarni o‘qitish va
tarbiyalash amaliyotining o‘zi hamma vaqt pedagogik tadqiqotlarning manbai
hisoblanadi. Faqat maktab tajribalarigina har bir ilmiy nazariyaning haqqoniyligi
hisbolanadi.
Tadqiqot metodlarining tanlash fanning o‘zi uchun muhim ahamiyatga egadir.
Uning metodlari qanchalik mukammal bo‘lsa, shu fan oldida turgan aktual
vazifalar ham shunchalik muvaffaqiyatli hal etiladi. Hozirgi pedagogik
tadqiqotlarning metodlar tizimini to‘la hal etilgan deb bo‘lmaydi.
Pedagogika tajribasini o‘rganishda quyidagi metodlar: kuzatish, eksperiment,
suhbat, o‘quvchilar ijodini o‘rganish, tarbiya muassasalari hujjatlarini o‘rganish
turli xilda qo‘shib olib borilishi mumkin.
1. Ilmiy pedagogik tadqiqotning
asosiy metodlari kuzatish
, suhbat, tekshirish,
eksperiment metodlari singari faoliyat natijalarini o‘rganishdan iborat.
2. Hozirgi vaqtda quyidagi metodlar asosida ishlaydi. Bular: pedagogik
kuzatish, so‘rash, o‘quvchilar faoliyati natijalari va o‘quv-tarbiya muassasalari
hujjatlarini o‘rganish, pedagogik eksperiment, modellashtirish, ilg‘or tajribalarni
o‘rganish va yoyish, sotsiologik, matematika va statistika materiallarini ishlash
kibernetika, anketa, intervyu olish va tasvirga olish singari metodlardan
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |