O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti shahrisabz filiali


Maktabgacha yoshdagi bola shaxsi rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/98
Sana26.02.2022
Hajmi3,33 Mb.
#471874
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   98
Bog'liq
fayl 1045 20210522

Maktabgacha yoshdagi bola shaxsi rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar

Fanda, odamning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy 
omillarning ta'siri o‘rtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara ko‘pdan 
buyon davom etmoqda: insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy 
hodisalarning ta'siri kuchli bo‘ladimi, yoki tabiiy omillar yetakchi o‘rin tutadimi? 
Balki tarbiyaning ta'siri yuqoridir? Ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat qanday? 
Fanda 
biologik yo‘nalish
deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o‘rinlardan 
birini egallab, uning vakillari Arastu, Aflotunlar tabiiy-biologik omillarni yuqori 
qo‘yadilar. Ular tug‘ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o‘rnini 
belgilab bergan, degan g‘oyani ilgari suradilar. 
XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa 
shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va 
tarbiyaning rolini inkor etadi. Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim – bixeviorizm 
XX asr boshlarida yuzaga kelgan bo‘lib, uning namoyondalari, ong va aqliy 
qobiliyat nasldan-naslga o‘tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur 
ta'limot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir. Progmatizm
 
oqimi va uning 
vakillari D.D'yul, A.Kombe ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazardan 
asoslaydilar. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy o‘zgarishdan iborat, deb qaraydilar. 
Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega 
deb biladilar. Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) 
omilga bog‘laydilar. 
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil omil 
bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi 
u yashaydigan muhitga bog‘liq deb ko‘rsatadilar. 
Muhit 
deganda odam 
yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta'sir tushuniladi. Shu nuqtai nazardan 
tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin
degan xulosa kelib chiqadi. Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb 
hisoblaydilar. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib 
borishi, uning shaxs bo‘lib kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit 


(bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan 
tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning ta'sirini aniqlashda ilg‘or 
pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar ta'limotiga suyaniladi. 
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi murakkab 
voqyelik deb qaraladi. Ular individning ma'naviy boyligi uning munosabatlariga 
bog‘liq, deb hisoblaydilar. 
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga 
yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o‘z navbatida inson 
faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma'lum ijtimoiy hayot mahsulidir. Jamiyat 
shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi 
mumkin. 
Shaxsga ijtimoiy muhitning ta'siri ham muhim. Bu tarbiya orqali amalga 
oshiriladi. Ya'ni, birinchidan, tarbiya ta'sirida muhit bera olmagan bilim, ma'lumot 
egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bog‘liq ko‘nikma va malakalar hosil 
bo‘ladi. 
Ikkinchidan, tarbiya tufayli tug‘ma kamchiliklar ham o‘zgartirilib, shaxs 
kamolga yetadi. 
Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'sirini ham yo‘qotish 
mumkin. 
To‘rtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. 
Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga ta'sir etadi, bunday tarbiya doimiy 
va uzluksizdir. 
Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakchi o‘ringa 
ega bo‘lib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit ta'sirida har 
tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin. 
Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir to‘rt yondashuv qaror 
topgan: 
1. Biologik yondashuv – inson tabiiy mavjudot bo‘lib, uning butun xatti-
harakatlari tug‘ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga 
bo‘ysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib 
boradi. 
2. Ijtimoiy yondashuv – inson biologik mavjudot sifatida tug‘iladi, faqat 
hayotiy faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy 
guruhlarning ta'siri ostida ijtimoiylashadi. 
3. Psixologik yondashuv – insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash 
kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yo‘nalganligi – qiziqishlari, qobiliyatlari 
ijtimoiy hodisa sanaladi. 
4. Yaxlit yondashuv – shaxs yaxlit tavsifga ega bo‘lib, uning rivojiga 
nafaqat uning faoliyatidagi o‘ziga xosliklar, balki turmush tarzi ham ta'sir 
ko‘rsatadi. Shu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari – motiv, maqsad, qiziqish 
kabilar ham uning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish