Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
43.
“2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.
44.
“Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-
sentyabrdagi PF-5198-sonli Farmoni.
45.
“2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-
yil 29-dekabrdagi PQ-2707-sonli Qarori.
46.
“Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-
sentyabrdagi PQ-3261-sonli Qarori.
47.
Rahimov Sh. Asosiy vazifa – bolalarni ta'limga qamrab olish.//
“Maktabgacha ta'lim” jurnali, 3-son, 2017. 2-3 bet.
48.
Quronov M. Bolam baxtli bo‘lsin, desangiz...: ota-onalar uchun. – T.:
Manaviyat, 2013. – 320 b.
10-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishi va ta'lim
tarbiyasi
Reja:
1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi
2. Aqliy tarbiya va uning vazifalari
3. Maktabgacha yoshidagi bolalarga ta'lim berishning o‘ziga xosligi.
lotlarni dasturning hamma bo‘limlari bo‘yicha haftaga teng taqsimlash.
Kun d
Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy rivojlanishi dastlab muomalada bo‘lish,
narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida keyin esa o‘quv mehnat, samarali
faoliyatlar jarayonida (rasm chizish, loy) amalga oshirib boriladi. O‘ozirgi zamon
pedagogika fani bilimlar sistemasini o‘zlashtirib olish, ularni jamg‘arish, ijodiy
tafakkurni rivojlantirish hamda yangi bilimlar hosil qilish uchun zarur bo‘lgan
bilish faoliyati usullarini egallab olish aqliy rivojlanishning asosiy ko‘rsatkichlari
deb hisoblanadi.
Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metod iva tashkil etilishiga qarab
belgilanadi.
Pedagogika-psixologiya fani aqliy tarbiya berish vazifalarini samarali xal
etish 1) bolaning imkoniyatlaridan to‘g‘ri foydalanish, 2) bola organizmining
umumiy charchashiga savob bo‘lishi mumkin bo‘lgan ortiqcha nagruzka
bo‘lmasligi yo‘llarini topish uchun maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning aqliy
rivojlanishi qonunlari va imkoniyatlarini o‘rganish bilan shuQallanadi.
Keyingi yillarda olib borilgan psixologik-pedagogik tadqiqotlarning natijalari
maktabgacha tarbiya yoshi davrida bolalarning aqliy rivojlanishida juda katta
imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatadi. Bularning hammasi maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko‘nikmalarini yanada
chuqarlashtirish, xajmini kengaytirish maqsadga muvofiq.
Maktabgacha ta'lim yoshining oxiriga kelib bolalar tevarak atrof to‘grisida
kattagina xajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega bo‘lib qoladilar, asosiy
fikrlash jarayonini egallab oladilar, narsa va buyumlardagi voqyealardagi muhim
va muhim bo‘lmagan tomonlarini ajrata oladigan ba'zi bir sabab natijali
bog‘lanishlarni bilib oladigan bo‘lib qoladilar. Ular o‘quv faoliyatining dastlabki
ko‘rsatkichlari shakllandi. Shuning uchun bog‘cha yoshidan boshlab rivojlantirib
borish katta ahamiyatga ega.
Maktabgacha tarbiya yoshining dastlabki bosqichlarida bolalarda tasavvur
ta'limi bo‘ladi. O‘ayotiy tajribaning ortib borishi va tafakkurning rivojlanishi bilan
ijodiy hayol tarkib topadi. Kichik maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun
ko‘rgazmali-xarakatli, ko‘rgazmali obrazli tafakkur xosdir. Buning asosida so‘z,
mantiqiy tafakkur, tushunchali tafakkur rivojlantiriladi. Tarbiyachi bolalarda
analitik-sintetik tafakkur faoliyati tarkib toptiriladi bu hodisalarni, voqyealarni,
chuqur anglab olish, ularni muhim bo‘lgan va muhim bo‘lmagan tomonlarini
ajratishga o‘rgatish lozim.
Qiziquvchanlik bolaga xos xususiyatdir. U bolani tevarak-atrofdagi voqea-
xodisalarga, narsa va buyumlarga qiziqish bilan qarashga, hamma narsani ushlab
his qilib, diqqat bilan tomosha qilishni kuzatishda namoyon bo‘ladi. Tarbiyachi
kuzatishlar tashkil etib, bolalarda paydo bo‘lgan savollarga o‘z vaqtida javob
berishga harakat qiladi, ularni fikrini mustaqil javob qidirishga yo‘llab,
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda qiziquvchanlikning susayishiga yo‘l
qo‘ymaydi.
Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini ular aqlining
sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qiziqish hosil qilishdan
iborat.
Bolalar bog‘chasi oldida bolalarning aqliy qobiliyatini rivojlantirsh vazifasi
turibdi. Qobiliyatlar tegishli faoliyat jarayonida namoyn bo‘ladi va rivojlanadi.
Insonning aqliy qobiliyati aqlining ziyraklik – fahm farosatlilik, tanqidiy ko‘z bilan
qarash, sermulohazalik kabs sifatlari bilan ajralib turishi mumkin. Aqliy ko‘nikma
va malakalarni rivojlantirish, ya'ni eng oddiy faoliyat usullari, predmetlarni
tekshirish, ulardagi muhim va muhim bo‘lmagan belgilarni ajratib ko‘rsatish
boshqa predmetlar bilan taqqoslash va hokazolarni tarkib toptirish maktabgacha
tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalaridan biridir. Bu ko‘nikma
va malakalar bilish faoliyatining tarkibiy qismlari bo‘lib, bolani bilimlarini
muvaffaqiyatli egallab olishga yordam beradi. Masalan: o‘simliklar va hayvonlar
bilan tanishtirish bo‘yicha sistemali mashg‘ulotlar olib borilgandan keyin bolalar
ayrim konkret o‘simliklar yoki hayvonlar to‘g‘risida ma'lum bir tasavvurga ega
bo‘ladilar.
So‘ngra bolalardagi aqliy-ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish maqsadida
tarbiyachi bolalar bilanquyidagi mashg‘ulotlarni o‘tkazishni rejalashtirishi
mumkin: “Paxta o‘simligini, momaqaymoq o‘simligi bilan solishtirish”,
“Qafasdagi ikki xil qushni bir-biriga solishtirish” didaktik o‘yini va shunga
o‘xshash tadbirlar o‘tkazish. Eng muhimi shundaki, bolalarga bilim beribgina
qolmasdan, ularni olgan bilimlaridan aqliy va amaliy vazifalarni xal etishda
foydalanishga o‘rgatish zarur.
Ilk va bog‘cha yoshi davrida bolalarda tevarak-atrofga bo‘lgan qiziqish juda
tez o‘sadi. Qiziqish bolaning aqliy rivojlanishi xarakatga keltiruvchi qudratli
kuchdir. Kattalar bolaning qiziquvchanligini, bilishga bo‘lgan har qanday hoxishini
sezishlari va rag‘batlantirib borishlari kerak.bo‘lib bolalardan aqliy zo‘r berishni
talab etadigan mashg‘ulotlarni rejalashtir Ta'lim – maktabgacha yoshdagi bolaning
bilish qobiliyatlarining muntazam – rejali ravishda rivojlantirib borish, bolalar
bog‘chasi tarbiya dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar sistemasi bilan
qurollantirish, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. Maktabgacha
tarbiya yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berishda ta'lim yetakchi rol o‘ynaydi.
Chunki u ta'lim jarayonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Ta'lim
– bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va
sistemalashtirishni, bilish jarayonlarini, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda
tutadi.
Ta'lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va aqlning singchkovlik, ziyraklik,
tanqidiylik kabi sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta'lim jismoniy, estetik
va mehnat tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ham zarurdir.
Bog‘chada bolalarga madaniy – gigienik ko‘nikmalar, asosiy xarakatlar o‘rgatiladi,
ular madaniy ahloqiy qoidalarini o‘zlashtirib oladilar.
Ta'lim jarayonida bolalarda o‘quv faoliyatlari asoslari hosil qilinadi, ularni
maktabda muvaffaqiyatli o‘qish uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi.
Ta'limni ikki yo‘l bilan amalga oshirish muvofiqdir:
Birinchi yo‘l - bolalarni bilim, malaka, ko‘nikmalarni kattalar bilan o‘zaro
munosabatda bo‘lishi orqali egallab borishidir. Bu muomala mehnat faoliyati vash
u kabilar bilan belgilanadi.
Ikkinchi yo‘li – maxsus tayyorgarligi bor kishilarning maxsus o‘quv
muassasalarida bolalarni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan rejali ravishda
xabardor bo‘lib borishidir. Bunday yo‘l bilan ta'lim berishdan maqsad yosh
avlodni zamonaviy ishlab chiqarishda, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy
hayotida faol qatnashtirish uchun zarur bo‘lgan Fan yutuqlari bilan tanishtirishdir.
ish (matematika, ona tili, tevarak-arof bilan tanishtirish), ikkinchi bo‘lib
dasturning
hamma bo‘limlari bo‘yicha haftaga teng taqsimlash.mmMashg‘ulotlarni da
Nazorat savollari.
1. “Yosh avlodni aqliy tarbiyalash mohiyatini ochib bering va uning hozirgi
vazifalarni belgilang
2. Aqliy faoliyat ko‘nikmalari va malakalarini shakllantirish bilish
jarayonlari va qobiliyatlarini rivojlanishini ifodalaydi.
3. Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalashni asosiy vositalarni
ta'riflang.
4. Bolalarga ta'lim berish jarayoniga tarbiyachi tomonidan qo‘llaniladigan
metod va usullarni ifodalang.
5. Bilishga doir ruhiy jarayonlarni ko‘rsating.
‘
Do'stlaringiz bilan baham: |