O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizоmiy nоmidаgi tоshkеnt dаvlаt pеdаgоgikа univеrsitеti shahrisabz filiali



Download 3,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/98
Sana26.02.2022
Hajmi3,33 Mb.
#471874
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   98
Bog'liq
fayl 1045 20210522

Pedagog-tarbiyachi 
shaxsiga qo‘yilgan talablar. Uning shaxsini 
shakllantirish. Pedagog-tarbiyachining nutq madaniyati.
Har qanday jamiyatda barkamol avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazish va uni 
ma'lum bir kasbga yo‘naltirish og‘ir va mashaqqatli mehnat evaziga amalga 
oshiriladi. Bu mashaqqatli mehnat uzluksiz ta'lim va tarbiyaviy faoliyatning 
mahsulidir. 
Mamlakatimizning birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Yuksak ma'naviyat 
– yengilmas kuch” asarida o‘qituvchining kasbiy faoliyatiga shunday ta'rif beradi: 
“Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo‘l, avvalo ta'lim-tarbiyadan boshlanadi. 
Shuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho 
merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo‘lgan 
yana bir buyuk zot – o‘qituvchi va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat 
bilan tilga olamiz... Muxtasar qilib aytganda, maktab degan ulug‘ dargohning 
inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi va ta'sirini, nafaqat yoshlarimiz, balki 
butun xalqimiz kelajagini hal qiladigan o‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hyech 
narsa bilan o‘lchab, qiyoslab bo‘lmaydi”.
Mamlakatimizning kelajagi, mustaqil O‘zbekistonning istiqboli, ta'lim 
sohasida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan tarbiyachi-
o‘qituvchiga, uning saviyasiga, tayyorgarligiga, fidoyiligiga, yosh avlodga ta'lim 
berish va barkamol inson darajasida tarbiyalab, voyaga yetkazishga nisbatan 
shijoatiga bog‘liq. 
Ma'lumki, ta'lim muassasalarida tarbiyaviy jarayon bevosita o‘qituvchi 
tomonidan tashkil qilinadi va olib boriladi. Yangicha ijtimoiy sharoitda ta'lim-
tarbiyadan ko‘zda tutilayotgan maqsadlarga erishish, o‘quvchilarning dars va 
darsdan tashqari xilma-xil tarbiyaviy faoliyatlarini uyushtirish, ularni bilimli, 
odobli, e'tiqodli, vatanparvar, mehnatsevar, barkamol inson qilib o‘stirish va 
kasbga yo‘naltirish o‘qituvchilar zimmasiga yuklatilgan. 

Download 3,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish