Mavzuning dolzarbligi.
O’zbekistonda tarjimachilik barq urib gulladi.
Hukumatimiz bu sohani davlat ahamiyatiga ega ish deb qarab kelmoqda. Chunki
tarjima xalqning estetik didini, ma’naviy olamini yuksaltiruvchi muhim
vositalardan bo’lib, milliy adabiyotlarning rivojini tezlashtiruvchi omillardan,
xalqlar o’rtasidagi do’stlik, birodar
1
lik va internatsionalizmni mustahkamlovchi
5
qudratli kuchlardan biridir. Zotan, o’zbek adabiyotining rivojlanishida, ayniqsa
unda realistik nasr, birinchi navbatda roman janri, dramaturgiya janrlarining
tug’ilishi va kamol topishida rus adabiyoti va boshqa xalqlar adabiyoti va chet el
adabiyotidan qilingan tarjimalarning roli beqiyos katta bo’ldi. Tarjima jarayonida
yozuvchilarning (tarjimalarning asosiy qismini yozuvchilar amalga oshirdi)
mahorati o’sdi. Tarjima ular uchun katta maktab bo’ldi. Jahon badiiy xazinasidagi
shoh asarlarning tarjima qilinishi
yosh yozuvchilar uchun ham katta darsxona bo’lib
xizmat qilmoqda.
Qisqa vaqt ichida jahon adabiyotining shu qadar ko’p asarlari o’zbek tiliga
tarjima qilindiki, mustaqillikdan avvalgi vaqtda tarjimachilikning bunday
traqqiyotini faqat orzu qilish mumkin edi. Hozir yaratilayotgan va chet ellarda
maydonga kelgan badiiy asarlarni yanada keng ko’lamda tarjima qilishga kirishildi.
Mana shu jarayonda O’zbekistonda tajimachilik katta yutuqlarni qo’lga kiritdi,
muhim tajribalarga ega bo’ldi, ko’plab professional tarjimonlar yetishib chiqdi.
Ayni choqda tarjimachilik soha sida qator qiyinchiliklar yengib o’tildi.
Mustaqillikdan avvalgi yillar dagi
tarjima san’ati bilan hozirgi davrdagi tarjimonlar
mahoratini qiyoslasak, tarjimachiligimizning naqadar rivojlanib ketganiga ishonchi-
miz komil bo’ladi, ayni chog’da talantli yozuvchilar tomonidan qilingan tarjimalar
yangi avlod uchun bir namuna bo’lib qolishi mumkinligidan dalolat beradi. Suu
tufayli o’zbek tarjimashunoslari oldida muhim vazifa turadi. Biri O’zbekistondagi
tarjima tarixini yaratish, tarjimachilikning bosib o’tgan yo’llari, qiyinchiliklari va
erishgan tajribalarini yoritishdir. Bunda «20-yillar o’zbek tarjimachiligi» (filologiya
fanlari kandidati A.Jalolov va tadqiqotchi A. Umarov); «30-yillar o’zbek
tarjimachiligi» (filologiya fanlari doktori J. Sharipov va ilmiy xodim A.
Matyoqubov); «1917— 1941 yillarda o’zbekchadan rus tiliga qilingan tarjimalar»
(filologiya fanlari kandidati M. Isroilova) kabi davrning tarjimachilik manzarasi
to’g’risida umumiy tasavvur beruvchi maqolalarni va qator adabiy portretlarni
sanab o’tish joiz. Bu maqolalarda muayyan tarjimonning ijodiy izlanishlari,
tarjimachilik mahoratini egallash jarayoni va bu sohadagi o’ziga xosligini ochishga
e’tibor berildi.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |