O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Download 2,08 Mb.
bet3/18
Sana27.09.2021
Hajmi2,08 Mb.
#186848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
Xonliklar davri ozbekiston memorligi

XULOSA…………………………………………………………………..

63

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ………………………………...

66

ILOVALAR ………………………………………………………………

68

KIRISH


«Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o'z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga, o'zligini anglashga qiziqishi ortib bormoqda. Bu — tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini, nasl-nasabini, o'zi tug'ulib voyaga etgan qishloq, shahar, xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi».

Islom Karimov.


O‘zbekistonning boy me’moriy an’analari jahon madaniy merosi rivojining barcha bosqichlari, nodir me’moriy asarlarining turli-tuman ko‘rinishilarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, minoralar kabi o‘ziga xos inshootlar me’morchiligida ham ma’lum darajada sezilarli iz qoldirgan. O‘zbekiston hududida shakllangan minoralar va shu turdagi me’moriy inshootlar jahon me’morchiligining minoralar me’moriy yo‘nalishlarining muhim qismini o‘zining nodir yechimlari, badiiy-kompozitsion xususiyatlari bilan belgilab bergan va me’morchilikning rivojlanishida o‘ziga xos o‘rinni egalladi. Ularning paydo bo‘lishiga ushbu hududning har bir mintaqasi va turli davrdagi me’moriy taraqqiyot o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.

Buyuk Ipak yo‘li madaniy, savdo yo‘llarida muhim markazlar hisoblangan shahar va qishloq maskanlarida bunyod etilgan minorasimon inshootlarning ilk ko‘rinishlari saqlanib qolmagan bo‘lsada, dastlab ular karvon yo‘llarini belgilovchi mayoq, shaharlar aholisini tashqi xavfdan ogoh etuvchi kuzatuv minoralari vazifalarini o‘tash uchun qurilgani shubhasizdir. IX-X asrlardan boshlab bu turdagi inshootlar diniy maqsadlarda qurilgan. Buxoro, Vobkent, Jarqo‘rg‘on, Ko‘hna Urganchdagi bu davr minoralarining me’moriy-konstruktiv yechimi yuqorida qayd etilgan vazifalarni bajarishga mos qilingani bundan dalolat beradi.

O‘zbekiston hududidagi minoralar g‘arbiy Osiyo o‘lkalaridagi bu turdagi inshootlardan ham me’moriy, ham qurulmasi jihatdan farq qiladi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, XI asrdayoq Markaziy Osiyoda minoralarning keyingi rivojlanish bosqichlarini belgilab bergan Minorai Kalonning me’moriy echimi va badiiy- estetik ko‘rinishlari, uning me’moriy qismlari, nisbatlari, kompozitsiyaviy tugalligi yaqin sharq va mag‘rib minoralaridan farqli ravishda XIX asrgacha Markaziy Osiyo me’morchiligida bunyod etilib kelingan aksariyat minoralar uchun etalon vazifasini o‘tagan.

Minora-mezana tizimidagi bunday minoralarning turli xil ko‘rinishlari asosida Buxorodagi Minorai Kalon echimlari yotadi. O‘zbekistonda Jarqo‘rg‘on minorasi, Xivaning XIX asr minoralari o‘ziga xos ko‘rinishlari bilan alohida o‘ringa ega bo‘lsa ham minoralarning aksariyatida Kalon minorasining yechimlarining umumiy qonuniyatlari sezilib turadi, ya’ni konussimon shakl- tana, tarhi aylana va ichki o‘zagiga asoslangan zinalar qurilmasi, hamda mezana bilan tugallanishi umumiydir. Samarqand, Toshkent, Farg‘ona vodiysi shaharlari, Shahrisabz kabi qadimiy hududli shahar guzarlari, mahalla masjidlari qoshida qurilgan katta-kichik minoralar echimi tahlili ham Buxoro minoralari uslublariga mos andozada qilinganini bildiradi.

O‘zbekiston hududidagi me’moriy majmualardagi guldasta, burjlarning minorasimon shakllarida ham betakror echimlar mavjud. Ularning nodir namunalari Markaziy Osiyo me’morchiligining Temuriylar va undan keyingi davr bosqichida yuksak badiiylik va estetik-dekorativ ko‘rinishga ega ekani chet el mutaxassislari tomonidan ham tan olingan. shakllanishi yaqin sharq minoralarida boshlangan, ya’ni yuqoriga kichrayib boradigan bir necha bo‘g‘inli hajmiy echim Temuriy inshootlarida o‘ziga xos ko‘rinishini olgan edi.

Markaziy Osiyo me’morchiligining Temuriylar davri me’moriy bezak san’atidagi qirqma koshin qoplamalar, sirkor koshinli muqarnas va sharafalar bilan butkul bezatilgan minora guldastalar, burjlarning shakliy-hajmiy echim usullari Mag‘rib va yaqin Sharq, Xuroson minorasimon inshootlariga qaraganda bir muncha salobatli, mahobatli inshootlarning umumiy me’moriy kompozitsiyasiga uyg‘un ravishda yaratishga qaratilgani bilan farqlanadi. Temuriylar davri me’morchiligidagi Jome’ masjidlar, ulkan madrasalar va saroylarning me’moriy jihatdan tugal ko‘rinish olishida bu minorasimon hajmlar muhim vosita bo‘lib keldi. Hatto, davrlar mobaynida yuqori bo‘g‘inlari tushib ketgan bo‘lsada, Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasidagi burj-minoralar, Go‘ri Amir majmuasi hovlisi burchaklarini belgilovchi minoralar, Bibixonim jome’ masjidida saqlanib qolgan peshtoq yon guldastalari, hozirda ham o‘zlarining muqarnasli qoldiqlari bilan nisbatan tugal me’moriy hajmdek tasavvur uyg‘otadi. Chunki, ularning har bir hajmiy qismi me’moriy ishlov jihatdan mukammaldir.

O‘zbekiston minoralar me’morchiligi tarixida Xorazm minoralari alohida o‘rin tutadi. SHahar ko‘rinishiga chiroy baxsh etgan, ko‘chalarga fayz kiritgan shaklan va hajman turli-tuman bo‘lgan sharqdan — Xazorasp darvozasidan Ichan qal’a orqali g‘arbga qarab har 200 m masofada bir maqomda qator terilgan Polvon qori, Said Sholikorboy, Juma, Kalta minor va Shayx Qalandar bobo minoralari Xivaga takrorlanmas go‘zallik baxsh etgan.

Bu erda Xorazm me’morlarining yuksak mahorati va an’anaviy shaharsozlik san’ati namoyish etilgan. Ularning aksariyati XVIII-XIX asrlarda qurilgan bo‘lib, umumiy qurulmaviy qonuniyati bir bo‘lsada, me’moriy-kompozitsiyaviy shakllanishi jihatidan Buxoro, Vobkent minoralaridan va ayniqsa Jarqo‘rg‘on minorasidan birmuncha farq qiladi. Silindrik shakldagi Xiva minoralarining umumiy xususiyati, ularning yuqori qismining keskin torayishi va nisbatan tik ko‘rinish olishidadir.

SHuningdek, alohida qafasa yoki mezana ajratilmay, ular minora hajmining davomi sifatida ko‘rinadi. Xorazm minoralari (XIX asr) qadimiy konussimon aylana tarhli minora inshootlari shakllanishining alohida, mustaqil yo‘nalishini belgilab bergan.

O‘zbekiston minoralari me’morchiligida kompozitsiyaviy shakl sifatida muqarnasli sharafalar, karnizlar muhim o‘rin tutadi. Mezanali yoki qafasali minoralarning tashqi ko‘rinishining asosiy me’moriy ko‘rinishini belgilab bergan. Kichik ravoqsimon muqarnaslar texnologik jihatdan bir xil shakllardan, detallardan yig‘ilsada, ulardan turli-tuman me’moriy hajmni yaratishga imkoniyat mavjud bo‘lgan.

Muqarnaslar Markaziy Osiyo me’morchiligida me’moriy-hajmiy bezak sifatida yuksak darajada shakllangan. Mirzo Ulug‘bek davrining mashhur muhandislaridan G‘iyosiddin Jamshid Koshiy me’morlar uchun yozgan me’moriy o‘lchov, hisob-kitoblarga bag‘ishlangan risolasida muqarnaslar tuzish qoidalari uchun alohida bob ajratib, muqarnaslarni tashkil etuvchi elementlar, ularning turlari haqida ma’lumot beradi. Muqarnas yasashda miqyos, modul birligidan foydalanib aylanma karnizni toqi ichkarisi qubbani, to‘g‘ri sharafani yasash yo‘llari haqida yozadi.

Minoralarda muqarnaslar qatori asosan qafasadan minora tanasiga o‘tish qismida, bo‘g‘inlarning oraliqlarini belgilashda, ya’ni turli hajmiy elementlarni bog‘lovchi vazifasini bajargan. Muqarnaslarning ko‘p qatorli, yirik toqichalik, koshin qoplamali yoki silliqlangan o‘yma g‘isht yoki sopol bo‘lakchalarida yig‘ilgan ko‘rinishi Buxoro va Vobkent minoralaridagi mezanalarda to‘liq namoyon bo‘lgan. Bo‘g‘inlar oralig‘ini belgilovchi muqarnaslar esa Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasi va Bibixonim masjidida qo‘llanilgan bo‘lib, ular sirkor koshin bo‘laklardan yig‘ilgan. Muqarnaslarning ayrim turlari keyinchalik Boburiylar me’morchiligidagi minoralarda marmar elementlarda qaytarilgan.




Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish