O`zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o`rtа mахsus tа’lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Download 2,08 Mb.
bet14/18
Sana27.09.2021
Hajmi2,08 Mb.
#186848
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Xonliklar davri ozbekiston memorligi

1.3. Xonliklar davrida san’at rivoji


Xonliklarda teatr san'atida masxarabozlik, qiziqchilik, dorbozlik, qo'g'irchoqbozlik kabi tomosha ko'rinishlari keng tarqalgandi. Masalan Buxoro amirligining turli shaharlarida XVIII-XIX asrlarda Sayfulla Masxara, Zokir Masxara, Ergach Masxara kabi artistlar «Rais», «Sudxo'rning o'limi», «Ko'histonlik domla», «Murabboshi» singari asarlarni9 sahnalarda mohirlik bilan ijro etganlar.

XIX asrda qo'g'irchoq teatrining Shosolih, G'ofur, Halfarang (Qo'qon), Orifjon Qo'g'irchoqboz, Azim burun, Doniyor (Tosh­kent), Shomuhitdin Shoazimov, Tursunboy Abduljabbarov (Marg'ilon), Siddiq Kalon, Jo'ra Qayroq, Hamro Qo'g'irchoqboz (Samarqand), Zarif Misgar, Sharif Sayyoh, Qori Hoji (Buxoro), Qilich (Shahrisabz) va boshqa shular singari ustalar bo'lgan.

Xonliklar hududida raqs san'atining Farg'ona, Buxoro, Xorazm va Tog'li usullari mavjud bo'lib, o'z navbatida ularning har biri o'ziga xos janr xususiyati va turlariga ega edi. Masalan: Farg'ona o'yin san'ati: «Katta o'yin», «Kema o'yin», «Xonaki o'yin», «Yalla», Xorazm o'yin san'ati: «Maqom o'yin», «Xonaki o'yin», «Lazgi», «Yalla», «Zangbozi»larni o'z ichiga olgan va hokazo. «Tog' o'yin» ko'proq O'zbekiston hududidagi janub xalqlari madaniyatiga xos bo'lib, «Besh qarsak», «Uch qarsak», «Dastbozi» kabi usullardan iborat edi.

Shayboniyxon qo'lga kiritgan Movarounnahr boy madaniy merosga ega edi. Shu yillarda Kamoliddin Behzod va uning atrofida to'plangan ko'pgina rassom va xattotlar ijod qilishar edi. Shayboniyxon va uning davomchilari davrida O'rta Osiyo, xususan Buxoroda san’at va madaniyat o'zining gullagan davrini boshidan kechirdi. Shu yerda, ayniqsa, kitobat san’ati, xattotlik va u bilan bog'liq holda miniatyura san’ati rivojlandi. Qo'lyozmalarni bezash, ulami kitob holiga keltirish borasida buxorolik ustalar dong taratdilar. Bu yerga taniqli xattot va musavvirlar ko'chib keldi. Buxoro, Samarqand, Toshkentda betakror O'rta Osiyocha miniatyura maktabi shakllana boshladi. Shu san’at rivojlanishining dastlabki bosqichi Shayboniylaming tarixiy bayonnomalariga bag'ishlangan «Shayboniynoma», «Fatxnoma» va «Tarixi Abul­xayrxon» qo'lyozmalaridao'z ifodasini topdi. Bu qo'lyozmalarga ishlangan miniatyuralarni mahalliy rassomlar bajargan bo'lib, bu miniatyuralarni Hirot maktabi rasmlari bilan solishtirganda, Hirot maktabi miniatyuralariga xos nafislik, kiboriy ruh susayganini sezish mumkin. Bu miniatyuralarning qalami jiddiy, koloriti siqiq va yaxlit, yirik ishlangan obrazlar birmuncha qotib qolgan holda ko'rsatilgan, manzara tasviri ham sodda. Yana bir muhim tomoni shundaki, bu miniatyuralarda tasvirlangan odamlar, ularning kiyimlari va ulami o‘rab turgan muhitda o‘zbek tiplariga xos fazilatlami ko‘ramiz. Shu xususda «Tarixi Abulxayrxon» miniatyuralari e’tiborga loyiq. Qo'lyozma uchun 28 miniatyura XVI asrning 40-yillarida ishlangan.

Shu davrdan xattotlik san’ati ham yanada rivojlandi. Bu rivojga Hirot maktabi kuchli ta’sir etdi. Bu ishlarda 1528-yili Hirotdan Buxoroga ko'chib kelib, umrining oxirigacha shu yerda mehnat qilgan Kamoliddin Behzod shogirdlaridan «xattotlar qiroli» Mir Ali sezilarli iz qoldirdi. Mir Am bu yerda zamondoshi M. Muzahhib va uning shogirdlari bilan hamkorlikda ishladi va qo'lyozmalarni ko'chirdi. Parijdagi Milliy kutubxonada saqlanayotgan Nizomiyning dostoni ko'chirmasi shunday hamkorlikda yaratilgan.

O'rta Osiyoda miniatyura maktabining yirik vakili Mahmud Muzahhib hisoblanadi. Asl ismi Mahmud Shayxzoda bo'lgan Muzahhib Kamoliddin Behzod, Miroq Naqqosh qo'lida tasviriy san’at sirlarini o'rgangan. Temuriylar saltanatiga chek qo'yilib, hokimiyat Shayboniylar qo'liga o'tganidan keyin u saltanatining poytaxti Samarqandda, keyinroq Buxoroda yashab saroyda xizmat qilgan. 1572-yili 80 yoshda Buxoroda vafot etgan. Mahmud Muzahhib 1485—90-yillar orasida tug'ilgan deb taxmin qilinadi. U kitob bezash hamda miniatyura ishlash borasida yuksak mahoratga ega bo'lganligi uchun ham unga «Muzahhib», ya’ni «oltin suvi yurituvchi» taxallusi berilgan. Mahmud Shayhzodaning 30 ga yaqin asarlari aniqlangan. Rassomning ilk asarlaridan biri Alisher Navoiyning hassaga tayanib turgan holda tasvirlangan surati hisoblanadi.

Portretda keksayib qolgan Navoiyning hassaga tayanib turgan holati aks ettiriladi. Mahmud Muzahhib portretlar ishlash bilan bir qatorda tarixiy va maishiy janrlarda ham asarlar yaratgan. Rassom ijodining gullagan davri XVI asming 30-40-yillariga to'g'ri keladi. Shu davrda ishlangan miniatyuralar ichida «Sulton Sanjarning to'quvchi kampir bilan uchrashuvi» uning yetuk asarlaridan biridir. Unda saljuqiylar hokimi Sulton Sanjar ovga ketayotgan paytda qari to'quvchi kampir uni xalq boshiga ko'p tashvish va uqubatlar tushirgani uchun koyiganligi hikoya qilinadi.

Bu asari bilan rassom o'z davr illatlarini ham ko'tarib chiqqanligini ko'rsatadi. Sa’diyning «Bo'ston» asari miniatyuralari ham Muzahhib qalamiga mansub deb hisoblanadi. Bu qo'lyozma Toshkent hokimi Barakxon taxallusi bilan tanilgan Navro'z-Ahmad uchun 1555-yili ishlangan. Bu qo'lyozma ham Milliy kutubxonada Parijda saqlanadi.

Mahmud Muzahhib shogirdlari Muhammad Chagri Muxassin, Abdulla, Muhammad Murod Samarqandiy va boshqalar kitob, miniatyura san’atini rivojlantirishda o‘z- larining munosib hissalarini qo‘shdilar.

Shulardan biri Muhammad Murod Samarqandiy hisob­lanadi. Muhammad Murod Samarqandiy ham o‘z ijodida jamiyat illatlarini ochib ko‘rsatishga harakat qilganligi uning qator asarlarida o‘z ifodasini Muhammad Murod Samarqandiy. Turon va Eron jangi topgan. Temirchi Kova qo‘zg‘oloniga bag'ishlangan miniatyurasi shunday tanqidiy ruhda ishlangan. Bulardan tashqari, shohlarning qabul marosimlari, ov manzaralari uning asarlarida o'z ifodasini topgan. Muhammad Murod Samarqandiyning bizgacha saqlangan asarlari ichida 1556-yili ishlangan «Shohnoma» qo'lyozmasiga ishlangan miniatyuralari alohida ajralib turadi. Bugungi kunda bu qo'lyozma Toshkentdagi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kutubxonasida saqlanadi.

Buxoro amirligi san’ati. XVI asr ikkinchi yarmidan boshlab Buxoro O'rta Osiyo badiiy hayotida muhim o'rin egalladi. Portret san’ati rivojlandi. Xonlar portretlari ishlandi. Abdullaxon, Imonqulixon portretlari shular jumlasidan. Shayboniylar davrining mashhur musavvirlari Abdullo Buxoriy, Manuchehr, Jamoliddin Yusuf kabi miniatyura ustalari ham tarix sahifalaridan munosib o'rin egalladilar. Ularning bizgacha yetib kelgan ayrim asarlari ularning yuksak did va ijodiy barkamolliklaridan dalolat beradi.

Ahmad Donish (1827-1887) yozuvchi, shoir, rassom, xattot sifatida tanildi. U Rusiya shaharlarida bo'lib, yangi hayot, voqelikka yangicha qarash tuyg'usi bilan yashadi va mehnat qildi, uning bu qarashlari ilmiy risolalarida, mo'jaz rasmlarida o'z ifodasini topdi. Donishning mo'jaz rasmlarida voqelikni o'ziga aynan o'xshatishga intilib ishlanganligi rasmda tasvirlangan yaqin va uzoqdagi buyumlarning katta va kichik tasvirlanishida bilinadi. Donish Ilg'or Yevropa san’atini qiziqib o‘rgandi. Uning «Majnun sahroda» «Rassom va shoir» kabi qator miniatyuralarida Yevropa realistik san’ati an’analari ta’siri ishlanish uslubida mavzuni yechishda ko‘rinadi.




Download 2,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish