O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Download 2 Mb.
bet5/96
Sana24.09.2021
Hajmi2 Mb.
#184102
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96
Bog'liq
O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi n-fayllar.org

Tarbiya jarayonida quyidagi holatlar vujudga keladi:

1. Tarbiya jarayonida kishi ongining o'sishi sodir bo'Iadi. Masalan, bola o'z ona tilini, atrofini o'rab turgan muhitning ta'sirida


o'rganib olishi mumkin. Lekin o'qish va yozishni ta'lim olish yo'li


bilan o'rganadi. Ma'lum bilim ko'nikma va malakalar faqat tarbiya
jarayonida egallanadi.

2. Tarbiya yordamida kishining tug'ma kamchiliklarini ham


kerakli tomonga o'zgartirish mumkin. Chunonchi, ba'zi bir bola-


lar ayrim kamchilik (kar, ko'r, soqov va h.k) bilan tug'iladi. Lekin
maxsus tashkil etilgan tarbiya yordamida, ularning aqliy qobiliyatlari taraqqiy qiladi, sogiom kishilar bilan barobar faoliyatda bo'lishi
mumkin.
  1. Tarbiya yordamida muhitning salbiy ta'siri natijasida yuz ber-


    gan kamchilik (bolalarning qarta, qimor o'ynashi, chekishi, ichishi va
    narkotik moddalarga o'rganishi kabi)larni ham tugatish mumkin.
  2. Tarbiya — istiqboldagi maqsadni belgilaydi. Shu bois, shaxs


    kamolotini ta'minlashda ilg'or rol o'ynaydi. Tarbiyaning muvaffaqiyati ko'p jihatdan bola shaxsining o'ziga xos xususiyatlari, u yashayotgan muhitning ta'sirini hisobga olishga bog'liqdir.

3.2. Shaxsni kamol toptirishda tarbiya va faoliyatning o'zaro bog'liqligi

Shaxsning kamol topishida tarbiya muhim rol o'ynaydi. Uning shakllanishi faoliyatdan tashqarida bo'lmaydi. Shu sababli odam faoliyati uning rivojlanishi uchun asos boiadi. Pedagogik jihatdan to'g'ri uyushtirilgan har qanday faoliyat — o'yin, mehnat, o'qish, sport va boshqalar shaxsning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatadi. Inson-ning kamol topish jarayonini faqat irsiyat, muhit va ta'lim-tarbiyaga bog'lab o'rganish, talqin qilish ham haqiqatga unchalik to'g'ri kel-maydi. Chunki, ijtimoiy taraqqiyotda shaxsning o'zi ham faol ishtirok etadi.

Tarbiyalash jarayoni

Tug'ilganda, hamma chaqaloqlar bir xil yigiaydi. Ammo ular kat-ta bo'lganlarida, turli mavqega ega boiadi. Nima uchun? Bola o'z onasidan tug'ilishi bilan uni tashqi muhit asosida tar­biyalash boshlanadi, chunki, odatda, u ichki muhit asosida ona qor-nida tarbiya oladi. Tarbiya insonning o'z oilasi, jamoasi, jamiyatida muhim asos hisoblanadi, chunki hech kirn o'z onasidan «yomon» boiib tug'ilmaydi.

Shaxsning shakllanishida unga berilayotgan ta'lim-tarbiyaning mazmuni, metodlari va vositalari bolaning yosh xususiyatlariga rnuvofiq kelishi muhim sanaladi. O'qituvchi o'quvchilarning ruhiy xususiyatJarini bilishi, ma'lum yoshdagi o'quvchilarning diqqat, xotira, tafakkur layoqatlarini inobatga olishi asosida faoliyat tashkil etishi lozim.

3.3.1-shakl

Yosh davrlari shartli ravishda guruhlanadi. Unda muayyan


yosh davrining guruhlanishi bolaning rivojlanish xususiyatlarda-


gi o'zgarishlarga qarab ajratiladi. Quyida yosh davrlariga qisqacha
to'xtalamiz.

Go'daklik davri. Yangi tug'ilgan bolada barcha sezgi turlari mavjud bo'ladi. Ushbu sezgilar murakkab bo'lmay, oddiy holatdadir. Chaqaloq bir holat faol bo'lib, bu faollik, avvalo, qo'l va oyoqlarning refleks yoii bilan harakatlanib turishida ko'rinadi. Xuddi shunday reflektor harakatchanlik bolaning chinqiriqlarida ham namoyon bo'ladi. Bolada vujudga keladigan shartli reflekslar 5-6 haftalarda yaqqol namoyon boia boshlaydi. Masalan, u onasining ovozini taniydi, uni eshitsa, tinchlanadi.

Maktabgacha tarbiya davri.

Ushbu yoshdagi bolaning emotsionalligi (hissiy beriluvchanligi) uning faolligida, harakatchanligida ko'rinadi. Bu yosh davrida bolalar hayotida o'yin o'ziga xos o'rin tutadi, o'yinlar, asosan, katta yoshdagi kishilar yoki bolalarning harakatlariga nisbatan taqliddan iborat bo'ladi. Bolani o'yinning mazmunidan ko'ra o'ynalayotgan buyumlar (o'yinchoq va qo'g'irchoqlar) hamda o'zining harakatlari ko'proq zavqlantiradi.

Kichik maktab yoshi. 7 yoshga to'lgan bola (ushbu yosh qator mutafakkirlar tomonidan dastlabki «yetuklik yoshi» sifatida e'tirof etilgan) jismoniy va ruhiy xususiyatlarga ko'ra maktabga, ta'lim olish-ga toia tayyor bo'ladi. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuniga muvofiq respublikamizdagi bolalarning barchasi 6-7 yoshdan boshlab umumiy o'rta ta'lim maktablarida tahsil ola boshlaydi. Shu davr-ga qadar bola hayotida muhim o'rin tutgan o'yin faoliyati o'z o'rnini tizimli, uzluksiz ravishda amalga oshiriladigan va majburiy vaqt asosida tashkil qilinadigan o'qish faoliyatiga bo'shatib beradi. Yosh bola uchun bunday «mas'uliyatli mehnat»ga o'tish qiyin kechsada, u asta-sekin bunday sharoitga ko'nika boradi. O'yin vaqtida, qaltis harakat qilishdan ularni saqlash zarur. Kichik maktab o'quvchilarida ixtiyoriy diqqat, xotira va idrok, tafakkur, ixtiyoriy idrok qilish, nutq, his-tuyg'u, iroda kabi ruhiy jarayonlar rivojlanadi. chi bo'lsa, unda o'qish istagi yo'qoladi, maktab ta'limidan ko'ngli soviydi.

O'smirlik davri. Kichik maktab yoshidan o'tgach, o'smirlik davri boshlanadi. Bunda bola shaxsi rivojlanishining murakkab davri boshlanib, bu «o'tish davri» deb ataladi. O'tish davri bolalikdan balog'at davriga o'tishni ifodalaydi. O'smirlik yoshining murakkabligi uning anatomik-fiziologik vapsixologik xususiyatida ro'y berayotgan kuchli o'zgarishlar bilan bog'liq. O'smirlik yoshidajismoniyjihatdan sekin o'sish davri tugaydi. Jis-moniy o'sish tezlashadi. O’zining har narsaga jahli chiqishi, qo'pollik holatlari tez-tez yuz beradi. O’smirlarning bu xususiyati ko'proq bahs-munozara jarayonida ko'zga tashlanadi. Garchi, o’z fikri asosli bo'lmasada, uni ma'qullashga urinadi.

13-14 yoshlarda o’smirlarda burch hissi, mas'uliyat tuyg’usi o’sadi, birmuncha vazminlik paydo bo'la boshlaydi. Bu davrda o'smirda maqsadga intilish, o'zi uchun ideal tanlash boshlanadi. O’smirlarda axloqiy e'tiqod shakllanib, o’ziga xos qarashlar tarkib topa boradi.

Demak, o’smir bilan munosabatda sabr-toqat, vazminlik zarur. Unga mustaqillik berish, buyruq emas, aksincha, maslahat berish bu yoshdagi o’quvchilarni to'g'ri tarbiyalashning garovidir.

O’spirinlik davri. O’spirinlik davri jismoniy o’sishning tinch davri sanaladi. Shu boisdan, o’smirlardan farqli ravishda o’spirinlar faoliyatida romantik his-tuyg’ulardan ko'ra ko'proq realizm muhim o’rin tutadi. O’spirinning tana tuzilishidagi organlarning (qo'l, oyoq, ko'krak qafasi, yelka) bir-biriga muvofiqsizligi o’spirinlik davriga kelib, asta-sekin yo'qola boradi, ularning qomatlari shakllanadi. Ularning o'quvchilar o'z-o'zini boshqarish organ-lari, jamoatchilik tashkilotlari faoliyatidagi ishtiroki ana shu ehtiyojni qondirish yoiida muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. O'spirin yigit-qizlarda bir-birlariga nisbatan qiziqishning vujudga kelishi, ikki jins orasidagi do'stlik-o'rtoqlik tuyg'ularini shakllanishiga zamin hozirlaydi. Ba'zi o'spirinlarning do'stligi zamirida haqiqiy sevgi-muhabbat qaror topadi. Shu sababli, ularda oila va nikoh masalalariga nisbatan jiddiy munosabatni tarkib top-tirish, voyaga yetmaganlarning nikohga kirishlari, shuningdek, ular o'rtasidagi jinsiy yaqinlikning oldini olish maqsadida, ular orasida oila va nikohning ma'naviy asoslari borasidagi targ'ib ishini kuc-haytirish, bu borada o'ta ehtiyotkorona yondashuvni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Aslida bola tarbiyasi ona qornidaligi paytidayoq boshlanmog'i lozim. Shu sababli ham jismonan baquvvat, ma'nan yetuk insonlar doimo ulug'lanib kelingan va hattoki, jismonan baquvvat insonlarga polvon hamda jismonan, ma'naviy yetuk insonlarga pahlavon deb nom berilgan. Insonni ezgulik sari yetaklash haqidagi ta'limotlar muqaddas kitoblarimiz (Qur'oni Karim, Hadisi sharif, Avesto va shu kabilar)da doimo ulug'lanib kelingan.

Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:




  1. «Shaxs» tushunchasiga ta 'rifbering.


  2. «Shaxsning rivojlanishi» deganda nimani tushunasiz?


  3. Shaxsni rivojlantiruvchi asosiy omillar nimadan iborat?


  4. Shaxsning shakllanishiga muhit qanday ta 'sir ko 'rsatadi?


  5. Shaxsning rivojlanishida tarbiyaning rolini tushuntiring.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. I. A. Karimov “Barkamol avlod orzusi” T., “Sharq” 1999 y

2. O’zbеkiston Rеspublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi” T., 2000 y

3. O’. Asqarova, M. Nishonov, M. Xayitbaеv “Pеdagogika” T., “Talqin” 2008 y

4. A. To’xtaboеv, A. Eraliеv “Tashkiliy xatti-xarakatlar”Andijon., “Xayot” 2001 y

5. O. Musurmonova “Ma'naviy qadriyatlar va yoshlar” T., “O’qituvchi” 1990 y

6. R. Mavlonova “Pеdagogika” T., “O’qituvchi” 2004 y.

7. Ахmеdоvа M.E Pеdаgоgikа nаzаriyasi vа tаriхi” o’quv qo’llаnmа T:2011 “Tаfаkkur bo’stоni” nаshriyoti 157 b


Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish