O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Download 2 Mb.
bet40/96
Sana24.09.2021
Hajmi2 Mb.
#184102
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96
Bog'liq
O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi n-fayllar.org

Nazoratning tarbiyaviy vazifasi shundan iboratki, ta'lim oluvchi­lar tekshirishga tayyor bo'lish uchun darslarni o'z vaqtida tayyorlaydilar, bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanishga harakat qiladilar, intizomga o'rganadilar.

Agar nazoratning o'qitish va tarbiyalash vazifalari to'g'ri amalga oshirilsa, shaxsning tafakkurini rivojlantirishga, his-tuyg'ulari va axloqiy sifatlami tarbiyalashga imkon tug'iladi. Bu esa o'zo'zidan nazoratning rivojlantiruvchi vazifasi sanaladi. Ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma, malakalarini baholash turlari va mezonlari. Ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini baholash mezonlari hamma vaqt bahstalab mav-zu bo'lib kelgan. Chunki u turli adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Biroq mavjud qarashlarni umumlashtirib aytish mumkinki, ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini baholash mezoniari har bir fanning maqsad va vazifalariga, shuningdek, guruhda-gi ta'lim oluvchilarning o'zlashtirish darajasigatayangan holda belgilanadi. Respublikamiz oliy o'quv yurtlarida Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligining 2010-yil 25-avgustdagi 333-sonli buyrug'i bilan tasdiq-langan «Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to'g'risidagi muvaqqat Nizom»iga oid nazorat turlari quyidagicha: Joriy nazorat (JN);Oraliq nazorat (ON);Yakuniy nazorat (YaN). Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek, joriy va oraliq nazo-ratlarining saralash ballari haqidagi ma'lumotlar fan bo'yicha birinchi mashg'ulotda talabalarga e'lon qilinadi.

Joriy nazorat - talabaning fan mavzulari bo'yicha bilim va amaliy ko'nikma darajasini aniqlash hamda baholash usuli. Joriy nazorat fan­ning xususiyatidan kelib chiqqan holda, seminar, laboratoriya va ama­liy mashg'ulotlarda og'zaki so'rov, test o'tkazish, suhbat, nazorat ishi, kollokvium, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o'tkazilishi mumkin.

Oraliq nazorat - semestr davomida o'quv dasturining tegish-li (fanning bir necha mavzularini ichiga olgan) bo'limi tugullangan-dan keyin talabaning bilim va amaliy ko'nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazoratining soni (bir semestrda ikki martadan ko'p o'tkazilmasligi lozim) va shakli (yozma, og'zaki, test va hokazo) o'quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan hol­da belgilanadi.

Yakuniy nazorat - semestr yakunida muayyan fan bo'yicha nazariy bilim va amaliy ko'nikmalarni talabalar tomonidan o'zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat, asosan, tayanch tushun-cha va iboralarga asoslangan «Yozma ish» (tibbiy oliy ta'lim muassa-salari uchun «Yozma ish» yoki OTKS (obyektiv tizimlashtirilgan kli-nik sinov) shaklida o'tkaziladi.

Ta'lim yo'nalishi va mutaxassisliklari ayrim fanlarining xususi-yatlaridan kelib chiqqan holda fakultet Ilmiy kengashi qarori asosi­da ko'pi bilan 40 % faniardan yakuniy nazoratlar boshqa shakllarda (og'zaki, test, himoya va hokazo) o'tkazilishi mumkin. Talabaning fan bo'yicha mustaqil ishi JN, ON hamda YaN turla-rida baholanadi. Talabalarning bilim saviyasi, ko'nikma va malakalarini nazo­rat qilishning reyting tizimi asosida talabaning har bir fan bo'yicha o'zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi. Har bir fan bo'yicha talabaning semestr davomidagi o'zlashtirish ko'rsatkichi 100 ballik tizimda butun sonlar bilan baholanadi. Ushbu 100 ball baholash turlari bo'yicha quyidagicha taqsimlanadi: YaN - 30 ball; JN va ON - 70 ball (fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda 70 ball kafedra tomonidan joriy va oraliq nazoratlari-ga taqsimlanadi). Talabaning fan bo'yicha o'zlashtirish ko'rsatkichini nazorat qilish-da quyidagi namunaviy mezonlar tavsiya etiladi:

86-100 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • xulosa va qaror qabul qilish;


  • ijodiy fikrlay olish;


  • mustaqil mushohada yurita olish;


  • mohiyatini tushunish;


  • bilish, aytib berish;


  • tasavvurga ega bo'lish.


71-85 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

* mustaqil mushohada yurita olish;

• olgan bilimlarini amalda qoilay olish;


  • mohiyatini tushunish;


  • bilish, aytib berish;


• tasavvurga ega bo'lish.

55-70 ball uchun talabaning bilim darajasi quyidagilarga javob berishi lozim:

  • mohiyatini tushunish;


  • bilish, aytib berish; -<


  • tasavvurga ega bo'lish.


Quyidagi hollarda talabaning bilim darajasi (qoniqarsiz) 0—54 ball bilan baholanishi mumkin:


  • aniq tasavvurga ega bo'lmaslik;


  • bilmaslik.


Shuningdek, 86-100 ball - «a'lo», 71-85 ball - «yaxshi», 55-70 ball - «qoniqarli», 0-54 ball - «qoniqarsiz» baho deb baholanadi.

Talabaning fan bo'yicha bir semestrdagi reytingi quyidagicha aniqlanadi:

bu yerda:




Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish