O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Download 2 Mb.
bet50/96
Sana24.09.2021
Hajmi2 Mb.
#184102
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   96
Bog'liq
O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi n-fayllar.org

5.1.1-shakl

9.2. Tarbiya jarayonining mohiyati, mazmuni, maqsad va vazifalari hamda o'ziga xos xususiyatlari

Tarbiya jarayonining mohiyatini tarbiyaga har tomonlama yondashish bilan muvaffaqiyatli tarzda ilmiy tahlil qilish mumkin. Shaxsning xislatlari bir-biridan ajratilgan emas, balki o'zaro mustahkam bog'langan. Tarbiya jarayonida bolaning shaxsiyati ayrim-ayrim emas, balki yaxlit tarzda rivojlanadi. Mustaqil O'zbekiston Respublikasida ayni vaqtda yosh avlodni tarbiyalab voyaga yet-kazishga qaratilgan jarayonda quyidagi vazifalarni hal etish muhim ahamiyat kasb etmoqda:

a) yoshlarni ijtimoiy hayotga tayyorlash, ularda keng dunyoqarashni tarkib toptirish, o'z shaxsiy turmushiga maqsadli yondashish, reja va amal birligi hissini uyg'otish;

b) o'quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlardan ogoh

etish, chuqur bilimga, tafakkurga ega yoshlarni tarbiyalash, malakalarni tobora boyitish;


  1. umuminsoniy axloq me'yorlarini anglashni (odamiylik, kamtarlik, o'zaro yordam, mehr-muhabbat, muruvvat, adolatni yoqlash, axloqsizlikka qarshi nafrat va h.k.), muomala odobi, yuksak madaniyatni o'quvchilarda qaror toptirishga erishish;


  2. huquqiy va axloqiy me'yorlarga hurmat ruhida yondashish, o'quvchilarda fuqarolik tuyg'usini, ijtimoiy burchga mas'ullikni qaror


    toptirish;

f) tarbiyani muhofaza qilish, ekologik muvozanatni yuzaga keltirish borasidagi mas'uliyatni tarkib toptirish;

g) vatanparvarlik va baynalminallik tuyg'usini shakllantirish,

o'zga millat va xalqlar qarashlariga hurmatni, huquq va burchlarni


kamsitmaslik tuyg'usini qaror toptirish;

h) mustaqil davlat - O'zbekiston Respublikasining ichki va tashqi siyosatiga to'g'ri va xolisona baho berishga o'rgatish;

j) insonni oliy qadriyat sifatida qadrlash, uning sha'ni, ornomusi, qadrimmati, huquq va burchlarini himoya qilishga o'rgatish va boshqalar.

Zamonaviy tarbiya mazmunida quyidagi g'oyalar yotadi:


  1. Tarbiya maqsadining aniqligi. O'zbekiston Respublikasining


    ijtimoiy-siyosiy mustaqilligining dastlabki yillaridayoq respublikada
    amalga oshirilishi ko'zda tutilgan bo'lib, tarbiya maqsada aniq belgi-
    lab olingan edi. O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi
    Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» g'oyalariga ko'ra
    ijtimoiy tarbiyaning asosiy maqsadi erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi bo'lgan komil insonni tarbiyalab, voyaga yetkazishdan iborat.
  2. Bolalar va kattalarning birgalikdagi faoliyati. O'qituvchining


    bolalar bilan ma'naviy madaniyatining eng yaxshi namunasini izlashi,
    shu asosida tarbiyachi insonning hayotiy me'yor va qadriyatlarini ishlab chiqishi, o'quvchining tarbiya jarayonida faolligini ta'minlashga
    olib keladi. Dunyoqarashi hali to'la-to'kis shakllanmagan bolalar
    uchun kattalarning hayotiy tajribalari hamda ularning shaxsiy namu-
    nalari katta tarbiyaviy ta'sirga ega.

3. O'z-o'zini anglash. Tarbiya insonda e'tiqod, demokratik


qarashlar va hayotiy pozitsiyaning shakllanishiga olib keladi. Tar­biya mazmunining eng muhim jihatlaridan biri - bu insonning hayoti-
da o'z-o'zini anglashi, inson o'z shaxsiy hayoti va baxtining subyekti sifatida e'tirof etilishi bilan tavsiflanadi. Inson kamolotda fuqarolik,
kasbiy va axloqiy o'z-o'zini anglash g'oyalariga tayanib tarbiyalash
muhim ahamiyatga ega.

4.Tarbiyaningyo'naltiruvchanIigi. Mazkur g’oya maktab (ta'lim muassasalari) amaliyotining markaziy nuqtasida tarbiyaviy ishlar dasturi, tadbirlari, shakl, metod va vositalari emas, balki o’quvchi turganligini anglatishga xizmat qiladi. Tarbiya jarayonida uning shaxsiy xususiyatlari, qiziqishlari, o’ziga xos tavsifi o’z qadr-qimmatini ang-lash tuyg’ulari rivojlantirib borishi zarur.


  1. Ixtiyoriylik. Tarbiyalanuvchilarning iroda erkinligisiz tarbiya


    g'oyalari mohiyatini qaror toptirish mumkin emas. Tarbiya jarayoni,
    agar u oqilona tashkil etilsa, bir vaqtning o’zida ham o’qituvchi va
    o’quvchi ma'naviyatining boyitilishiga xizmat qiladi. Agar tarbiyachi (o’qituvchi) o’quvchining qiziqishi, faoliyati, o’rtoqlik va fuqarolik burchini anglashi, mustaqillikka intilish tuyg'ularini ko'rib va anglay olsagina uning shaxsiga ta'sir ko'rsatishga yo'naltirilgan faoliyatda samaraga erishadi.
  2. Jamoat yo'nalishi. Tarbiyaviy ishlar mazmunida jamoaga nisbatan ijobiy munosabatni qaror toptirish yotadi. Jamoa yordamida


    shaxsning har tomonlama taraqqiyoti, unda dunyoni anglash va uni
    toiaqonli talqin etish, insonparvarlik va hamkorlik tuyg'ularining
    yuzaga kelishi va rivojlanib borishi amalga oshiriladi, g'oyalari yaxlit tarzda quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi

9.3. Tarbiya jarayonining qonuniyatlari, qoidalari va tamoyillari

Tarbiya jarayonini ilmiy asoslangan tarzda olib borish uning qonuiyatlarini chuqur o'rganishni talab qiladi. Bu qonuniyatlar voqealarning muayyan rivojlanishi uchun sharoit yaratuvchi sabab va oqibat o'rtasidagi muhim, zarur ichki aloqalarning ifodasi sifatida namoyon bo'ladi. Tarbiya jarayonining asosini ijtimoiy hayotning obyektiv taiablari insonning ijtimoiy mohiyatini va tabiatini aks ettiruvchi qonuniyat­lar tashkil etadi. Tabiat yoki jamiyatdagi har qanday murakkab hodisada obyektiv ravishda mavjud bo'ladigan barqaror aloqalar kuzatiladi. Tarbiyaning ikkinchi muhim qonuniyati uning shaxs rivojlanishi bilan birligi, o'zaro aloqadorligi va bog'liqligidir. Shaxs rivojlanishi tarbiyaning g'oyaviy mazmuni va sifat darajasiga bog'liqdir. Ayni chog'da tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari shaxsning rivojlanganlik darajasiga ham bogiiq. Shuningdek, ular boshqa tarbiyaviy ta'sirlarga mos bo'lmay qoladi. Tarbiyaning to'rtinchi qonuniyati tarbiyalanuvchilarning o'zaro tarbiyaviy ta'sirga ega ekanliklari, ularning o'zaro munosabatlari hamda faol faoliyatlari o'rtasidagi bog'lanishning mavjudligi sanaladi.



Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   96




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish