1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAХSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEХNIKA UNIVERSITETI
METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH
fanidan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun
USLUBIY QO‘LLANMA
Toshkent 2019
2
Tuzuvchilar:
Qodirova SH.A., Axmedov M.Y. Maхmudjonov M.M.
“Metrologiya va standartlashtirish” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish
uchun uslubiy qo‘llanma. – Toshkent: ToshDTU, 2019 y. 70 b.
Uslubiy qo‘llanma namunaviy dastur va o‘quv rejaga muvofiq
“Metrologiya va standartlashtirish” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni
o‘tkazish uchun tuzildi.
Uslubiy qo‘llanma Toshkent davlat texnika unversiteteida tahsil
olayotgan barcha texnika yo‘nalishlar uchun 18
soatlik amaliy
mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun tayyorlandi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti ilmiy-
uslubiy kengashi qaroriga muvofiq chop etildi
Taqrizchilar:
Mo‘minov N.Sh. TAQI Shahar qurulishi va xo‘jaligi
kafedrasi mudiri, prof.
Matyakubova P.M. ToshDTU MSS kafedrasi mudiri, prof.
© Toshkent
davlat texnika universiteti,2019
3
Kirish
“Metrologiya va standartlashtirish” fani bo‘yicha amaliy
mashg‘ulotlar uchun uslubiy qo‘llanmada hayotimizning barcha
jabhalarida, xalq xo‘jaligi, sanoatning barcha tarmoqlari uchun o‘ta zarur
bo‘lgan, metrologiya haqidagi asosiy tushunchalar va ta’riflar, metrologik
xizmati va metrologik ta’minot, standartlashtirish hamda uning davlat
tizimi,
sertifikatlashtirish, sifat tizimlari va sifat
boshqaruvi kabi masalalari
xususida yetarli va zarur ma’lumot keltirilgan.
“Metrologiya va standartlashtirish” fani uzoq tarixga ega bo‘lishi
bilan bir qatorda, ilmiy falsafiy nuqtai nazardan iqtisodiyotning barcha
tarmoqlariga xos bo‘lgan, doimiy ravishda va uzluksiz tarzda rivojlanishda
bo‘luvchi fanlar turkumiga kiradi.
Ushbu o‘quv ish dastur hayotimizning barcha jabhalarida, xalq
xo‘jaligining, sanoatning barcha tarmoqlari uchun zarur bo‘lgan
metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish
haqidagi asosiy
tushunchalar va ta’riflar, o‘lchash usullari, kattaliklar, o‘lchash
vositalari,
xatoliklari, o‘lchashlar birliligi, metrologiya xizmati va metrologik
ta’minot, standartlashtirish hamda uning davlat tizimi, sertifikatlashtirish,
sifat tizimlari va sifat boshqaruvi kabi masalalarni qamraydi. Shuning uchun
ham metrologiya, standartlashtirish, sertifikatlashtirish asoslarini bilish,
sifat boshqaruvi bo'yicha qoidalarni, talablarni, me’yoriy hujjatlarni bilish,
uni o'z mutaxassislik doirasida tushunish va amaliy qo‘llash
texnika va
texnologiya sohalaridagi bakalavriyat yo‘nalishlari bitiruvchilari uchun
muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi.
"Metrologiya va standartlashtirish" fanining vazifasi talabalarda
metrologiya,
standartlashtirish
va
sertifikatlashtirish
bo‘yicha
tushunchalarni: metrologik ta’minot, metrologik xizmat, o‘lchash usullari
va vositalari, xatoliklari, standartlashtirish va sertifikatlashtirishga oid
me'yoriy hujjatlar to‘g‘risida yetarli bilimlarni shakllantirishdir.
"Metrologiya va standartlashtirish" fanini o‘rganishdan maqsad:
talabalarda iqtisodiyotimizning texnika va texnologiya,
menejment va
marketing sohalaridagi ishlab chiqarish, muhandislik sohalari bilan bog‘liq
bo‘lgan turli metrologik, standartlashtirish va sifat boshqaruvi,
sertifikatlashtirish bo‘yicha masalalar bilan shug‘ullanishi hamda me’yoriy
hujjatlar va standartlar bo‘yicha malaka va ko‘nikma hosil qilish.