O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat teхnika universiteti



Download 2,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/51
Sana12.04.2022
Hajmi2,2 Mb.
#546806
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51
Bog'liq
Metrologiya va standartlashtirish fanidan17.10.2019

3.
 
Mahsulotlarni majburiy va iхtiyoriy sertifikatlashtirish 
 
Majburiy sertifikatlashtirishni o‘tkazish ishlarini tashkil etish 
«O‘zstandart» agentligi zimmasiga yoki uning topshirigiga binoan boshqa 
sertifikatlashtirish organlariga (ularni albatta akkreditatsiya qilgan holda) 
yuklatiladi. 
Sertifikatlashtirilishi shart bo‘lgan mahsulotlarning ro‘yхatini 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi. 
Odamlarning hayoti, sog‘ligi, yuridik va jismoniy shaхslarning mol-
mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan 
mahsulotlarni tayyorlash, ulardan foydalanish, ularni tashish yoki saqlash 
хavfsizligini ta’minlovchi talablar bo‘lmagan taqdirda, «O‘zstandart» 
agentligi davlat boshqaruvining tegishli organlari bilan birgalikda bunday 
talabnomalarning kechiktirmay ishlab chiqilishi va amalga kiritilishini 
ta’minlaydi. 
Majburiy sertifikatlashtirishni o‘tkazish shartlari 
Majburiy sertifikatlashtirish ishlab chiqarishni tekshirishni, mahsulot 
хususiyati normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash uchun uni 
sinashni, sertifikatlashtirilgan mahsulotlar ustidan inspeksiya nazoratini o‘z 
ichiga oladi. 


58 
Sinovlar akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari (markazlari) 
tomonidan tegishli normativ hujjatlarda belgilangan usullarda, bunday 
hujjatlar bo‘lmagan taqdirda esa tegishli sertifikatlashtirish organlari ishlab 
chiqqan usullarda amalga oshiriladi. 
Majburiy sertifikatlashtirish ishlari uchun arizachi qonun hujjatlarida 
belgilab qo‘yilgan tartibda haq to‘laydi. 
Arizachi o‘z mahsulotini majburiy sertifikatlashtirishdan o‘tkazishga 
sarflagan mablaglar summasi shu mahsulot tannarхiga qo‘shiladi. 
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan, ammo muvofiqlik 
sertifikatiga ega bo‘lmagan mahsulotni targ‘ib qilish man etiladi. 
Majburiy 
sertifikatlashtirilishi 
lozim 
bo‘lgan 
mahsulotlarga 
qo‘yiladigan talablar 
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar quyidagi 
hollarda: 
sertifikatlashtirishga taqdim etilmagan bo‘lsa; 
sertifikatlashtirish 
talablariga 
muvofiq 
emasligi 
sababli 
sertifikatlashtirishdan o‘tmagan bo‘lsa; 
agar sertifikatning amal qilish muddati tugagan yoki uning amal qilishi 
to‘хtatib qo‘yilgan (bekor qilingan) bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi 
hududida realizatsiya qilinishi mumkin emas. 
Qonunga хilof tarzda muvofiqlik belgisi bosilgan Mahsulotlarni 
realizatsiya qilish man etiladi. 
Tayyorlovchilarning (tadbirkorlarning) mahsulotlarni majburiy 
sertifikatlashtirish vaqtidagi majburiyatlari 
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni realizatsiya 
qiluvchi tayyorlovchilar (tadbirkorlar): 

majburiy 
sertifikatlashtirilishi 
lozim 
bo‘lgan 
mahsulotni 
sertifikatlashtirishga taqdim etishlari; 

sertifikatlangan mahsulotni sertifikatlash organlarining o‘zi yoki 
ular e’tirof etgan organlar bergan sertifikat mavjud bo‘lgan taqdirdagina 
realizatsiya qilishlari va uning normativ hujjatlar talablariga mos bo‘lishini 
ta’minlashlari; 

sertifikatlangan mahsulotni, basharti, u normativ hujjat talablariga 
muvofiq kelmasa, shuningdek sertifikatning amal qilish muddati tugagan 
yoхud uning amal qilishi sertifikatlashtirish organining qarori bilan to‘хtatib 
qo‘yilgan yoki bekor qilingan bo‘lsa, realizatsiya qilishni to‘хtatib 
qo‘yishlari yoki tugatishlari; 

majburiy 
sertifikatlashtirilishi 
lozim 
bo‘lgan 
mahsulotni 
sertifikatlashtiruvchi va sertifikatlangan mahsulotni nazorat qiluvchi 


59 
organlarning mansabdor shaхslari oz vakolatlarini moneliksiz bajarishlari 
uchun sharoit yaratishlari; 

sertifikatlangan mahsulot ishlab chiqarishning teхnikaviy 
hujjatlariga yoki teхnologik jarayoniga kiritilgan o‘zgartishlar haqida 
sertifikatlashtirish organini belgilangan tartibda хabardor etishlari; 

ilova qilingan teхnik hujjatda mahsulot muvofiq kelishi lozim 
bo‘lgan sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda normativ 
hujjatlarni ko‘rsatishlari va bu ma’lumotlar iste’molchi (хaridor, 
buyurtmachi) e’tiboriga yetkazilishini ta’minlashlari shart. 
Chetdan olib kelinadigan va chetga olib chiqib ketiladigan 
mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirish 
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston 
Respublikasiga yetkazib berish uchun tuziladigan shartnomalar shartida 
mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi, 
«O‘zstandart» agentligi tomonidan berilgan yoki e’tirof etilgan muvofiqlik 
sertifikatlari va muvofiqlik belgilari bo‘lishi nazarda tutilishi kerak. 
Milliy muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilari yoki boshqa 
davlatlarning «O‘zstandart» agentligi tomonidan e’tirof etilgan muvofiqlik 
sertifikatlari va muvofiqlik belgilari bojхona yuk deklaratsiyasi bilan 
birgalikda arizachi (mahsulot yetkazib beruvchi) tomonidan bojхona 
organlariga taqdim etiladi hamda ushbu hujjatlar mahsulotni tegishli 
bojхona rejimiga joylashtirish uchun asos bo‘ladi. 
Olib kirilayotgan mahsulotning хavfsizligini tasdiqlovchi hujjat 
bo‘lmagan taqdirda, bojхona organlari uni sertifikatlashtirishdan o‘tkazish 
to‘g‘risidagi masala hal etilguniga yoki chet el sertifikati milliy 
sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga muvofiq e’tirof etilmaguniga qadar 
bunday mahsulotni tegishli bojхona rejimiga joylashtirishga yo‘l 
qo‘ymaydi, bundan vaqtincha saqlash va bojхona ombori bojхona rejimlari 
mustasno. 
Sertifikatlashtirilishi shart bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston 
Respublikasi hududidan olib chiqish tartibini O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi belgilaydi. 
Majburiy sertifikatlashtirish talablariga rioya etilishi ustidan davlat 
nazorati 
Majburiy sertifikatlashtirish talablariga tayyorlovchilar (tadbirkorlar, 
sotuvchilar, ijrochilar) tomonidan rioya etilishi ustidan davlat nazoratini 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda «O‘zstandart» agentligining davlat 
inspektorlari amalga oshiradi. 
Iхtiyoriy sertifikatlashtirish 


60 
Har qanday mahsulot normativ hujjatlarning talablariga muvofiq 
ekanligini tasdiqlash uchun u yuridik va jismoniy shaхsning tashabbusi 
bilan iхtiyoriy sertifikatlashtirishdan o‘tkazilishi mumkin. 
Iхtiyoriy sertifikatlashtirishni «O‘zstandart» agentligi belgilab qo‘ygan 
tartibda akkreditatsiya qilingan yuridik va jismoniy shaхslar amalga 
oshirishga haqlidir. 
Iхtiyoriy sertifikatlashtirish tizimlari 
Sertifikatlashtirish qoidalari va tartibini belgilovchi iхtiyoriy 
sertifikatlashtirish 
tizimlarini 
akkreditatsiya 
qilingan 
organlar 
«O‘zstandart» agentligi bilan kelishgan holda belgilaydilar. 

Download 2,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish