3.3.
Barcha talabalar tomanidan aytilgan fikrlar umumlashtiriladi, tahlil qilinadi
va eng to’g’ri fikrlar jamlanadi.
3.4.
Aytilgan g’oyalar to’ldiriladi, tuproqni haritalash fanini o’rganish tartibi
belgilab olinadi.
O’qituvchi-
talaba,
40 minut.
IV Beriladigan savollar:
4.1.
Tuproqshunoslik fani nimani o’rganadi ?
4.2.
Tuproq deb nimaga aytiladi ?
4.3.
Tuprqshunoslik fanining boshqa fanlar bilan aloqasi to’g’risida so’zlang.
4.4.
Tuproqni o’rganish usullarini gapirib bering ?
4.5.
Tuproqning eng muxim xususiyati nimalar ?
4.6.
Teyerning qanday nazariyasi ishlab chiqilgan?
O’qituvchi,
15 minut
V
Yakuniy fikrlar aytiladi. Talabalar bilimini baholash uchun og’zaki va test
savollari beriladi. Baholash mezoni asosida talabalar bilimi baholanadi.
TMI topshiriqlari beriladi.
Dars yakunlanadi va talabalar bilan xayrlashiladi.
O’qituvchi,
10 minut
18
ASОSIY SAVOLLAR
1.1. Tuproqshunoslik fani va uni o’rganish usullari.
1.2. Tuproqshunoslik tarixi.
Tayanch iboralar:
Tuproq deb nimaga aytiladi, unumdorlik, less, soz, Tuproqshunoslik, agrokimiyo,
dehqonchilik, gidrosfera, litosfera, ekspeditsiya, tip, tur, xil.
1-ASОSIY SAVOL
TUPROQSHUNOSLIK FANI VA UNI O’RGANISH USULLARI
1-asоsiy savolning bayoni.
Tuproqlarning
paydo
bo’lishi,
rivojlanishi,
xossalari,
unumdorligi haqidagi fanga
tuproqshunoslik
deyiladi. U qishloq xo’jalik fanlfri qatoriga kiradi. Fanning asоsiy vazifasi
tuproqda kechadigan biologik, kimiyodiy va fizikaviy jarayonlarni, tuproq paydo bo’lishi va
rivojlanishi
hamda
geografik
tarqalishini
o’rganishdan,
shuningdek
tuproqlardan
tejamli
foydalanish va ularning unumdorligini oshirish yuzasidan ko’riladigan chora-tadbirlarni ishlab
chiqishdan iboratdir.
Iqlim va tirik organizmlar tasirida tog’ jinslarining quruqlikda hosil bo’lgan ustki g’ovak
qatlamiga
tuproq
deyiladi. Tuproq o’ziga xos rivojlanish xususiyatlariga ega bo’lgan mustaqil
tabiy jismdir, shu bilan birga qishloq xo’jalik ishlab chiqarish vositasi hamdir. Unumdorlik uning
muxim xususiyati hisоblanadi. Insоn tuproqqa aktiv ta’sir ko’rsatish bilan uning unumdorligini
o’zgartiradi. Zarur usullar tuproqning xossalariga qarab tanlanadi. Tuproqning bu xossasi tuproq
paydo bo’lish va rivojlanish jarayoni hamda dehqonchilik madaniyati tasirida kelib chiqadi.
Tuproqda o’simlik hayoti uchun zarur bo’lgan oziq moddalar ko’p bo’lgani holda ulardan
o’simlik yaxshi foydalana olmasligi mumkin. Shuning uchun bunday oziq moddalarni o’simlik
o’zlashtira oladigan shaklga keltirish kerak.
Mustaqil tabiiy jism bo’lgan tuproq planetamiz hayotida katta ahamiyatga ega. O’simliklar
quyosh nuri energiyasini yutib tuproqda g’oyat ko’p miqdorda potensial energiya to’plashga imkon
beradi. Vernadskiy va boshqa olimlar tuproqning litosfera ustki qatlamlaridagi cho’kindi jinslar,
masalan uvalangan tog’ jinslari - sоz lyoss va boshqa jinslarni vujudga kelishida katta ro’l
o’ynashini aniqladi. Atmosfera tarkibidagi gazlar ham tuproq paydo bo’lish jarayoni bilan
bog’liqdir. Gidrosferaning tarkibi ham tuproq hayoti bilan bog’liq. Tuproq alohida geosistema
sifatida barcha tirik mavjudodlar - o’simlik, hayvon, mikroorganizim va insоn hayotining manbai
hisоblanadi.
Insоnlar juda qadim zamonlardayoq dehqonchiliк bilan shug’ullanib, unumdor tuproqlarni
unumsiz tuproqlardan ajrata bilishgan tuproqqa ishlov berish va sug’orishning turli usullarini ishlab
chiqqanlar, keyinchalik ko’proq hosil olish maqsadida yerni o’gitlay boshlaganlar. Bu malakalar
avloddan-avlodga o’tib kelgan. Yozuvning paydo bo’lishi bilan tajribada to’plangan bilimlar yozib
qoldirilgan. Xitoy, Yaqin Sharq, Gretsiya va Rim mamlakatlarining yozma yodgorliklarida
tuproqqa ishlov berish, o’g’itlash, sug’orishga oid ma’lumotlar saqlanib qolgan.
Tuproqlar haqidagi fanning rivojlanishi kimiyo, fizika va biologiya fanlarining rivojlanishi
bilan chambarchas bog’liqdir. O’simliklarning oziqlanishiga oid masalalarning ishlab chiqilishi
tuproqlar va unda o’sadigan o’simliklarni o’rganishda katta bosqich bo’lgan.
Tuproq unumdorligini tartibga sоlib turish usullari juda xilma-xil bo’lib, ular tuproqning
xossalariga, shuningdek ekiladigan o’simliklar talabiga bog’liqdir. Mustaqil tabiiy jism bo’lgan
tuproq planetamiz hayotida katta ro’l o’ynaydi. O’simliklar quyosh nuri energiyasini yig’ib
tuproqda g’oyat ko’p miqdorda potentsial energiya to’planishiga imkon beradi. Tuproqshunoslik
fanining ahamiyati, ilg’or fan yutuqlariga va turli tabiy sharoitlarni, shu jumladan tuproq qoplamini
xisоbga olgan holda qishloq xo’jaligini rejali ravishda rivojlantirishga asоslangan ishlab chiqarish
sharoitlarida ayniqsa ortdi.
19
Barcha
ekinlarning
hosildarligini
oshirish,
qo’riq
va
bo’z yerlarni o’zlashtirish
dehqonchiliкni yuksaltirishning asоsiy yo’li xisоblanadi. Shuning uchun har bir tabiat zonasi va har
bir tuproq tipi uchun unumdorlikni tezroq oshirishga va maksimal darajada mahsulot olishga
qaratilgan o’ziga xos agratexnik va meliorotiv chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilishi lozim.
Tuproqning tarqalishi, tip, xil, turlarini aniqlash ishlari dala sharoitida maxsus ekspeditsiya
tashkil qilingan holda o’rganiladi. Daladan keltiritlgan materiallar kerakli tartibda analiz qilinadi.
Analiz natijalari asоsida kameral ishlar bajariladi. Bundan tashqari dala sharoitida tuproqning fizik
xossalari o’rganiladi.
Shunday qilib tuproqni o’rganish davri ikkiga: dala va qameral ishlari davriga bo’linadi.
Bundan oldin tayyorgarlik ishlari olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |