1.2Diqqat turlari
Diqqatning biror narsaga qaratishi ob’ektga bog`liq holda diqqatning namoyon bo`lishini quyidagi shakllarini; sensor, aqliy, harakatlantiruvchi shakllarni ajratib ko`rsatadilar. Hozirgi vaqtda sensor (ko`rish va eshitish) diqqati ko`proq o`rganilgandir. Diqqatning fiziologik asoslarini tushunib etishga buyuk rus fiziologlari I.P.Pavlov va A.A.Uxtomskiylarning ilmiy ishlari katta ahamiyatga ega. Nerv sistemasining alohida reaktsiyalari orientir reflekslar haqida I.P.Pavlov ilgari surgan tasavvurida ixtiyorsiz diqqatning g`ayri ixtiyoriy tabiati haqida taxmin bor edi. Hozirgi zamon mas’uliyatlariga qaraganda orientir reflekslar juda ham murakkabdir. Ular organizmni anchagina qismlarining faolligi bilan bog`langan. Diqqatning fiziologik mexanizmlarini tushunib etishda dominanta (nasldan - naslga o`tuvchi asosiy belgi) printsipi alohida ahamiyatga ega. A.A.Uxtomskiyning fikriga ko`ra, miyada hamisha qo`zg`alishning ustun va hukmronlik qiluvchi markazi mavjud bo`ladi. Diqqat miya faolligini muayyan darajasida yuz berishi mumkin. Demak, diqqatning fiziologik asosini bosh miya pusti qismidagi “optimal qo`zg`alish nuqtasi” tashkil qiladi. Miya po`stining optimal qo`zg`algan joyi o`z o`rnini almashtirib turishi, diqqatni bir narsadan ikkinchi narsaga kuchishini va shuning bilan birga, ongimizning ma’lum narsa, ma’lum faoliyat turiga qarata yo`naltirilishi va to`planishini shartlaydi. Shunday qilib, diqqat bir qator miya tuzilmalari faoliyati bilan bog`liqdir. Lekin diqqatning har xil shakllari va turlarini tartibga solishda ularning roli turlichadir.5
Diqqat individning emotsional, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning yo‘naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir.
Ixtiyoriy diqqat - ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan diqqat va e’tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida hosil bo`ladi. Ixtiyoriy diqqatning asosiy vazifasi psixik jarayonlarning kechishini faol boshqarib turishdan iborat. Bu diqqatning boshlanishi, davom ettirishi kuch va zo`r berishini, ya’ni irodaning ishtirokini talab qiladi.
Shuning uchun bu irodaviy diqqat deb ham yuritiladi. Ixtiyorsiz diqqat kishining xohishlari va maqsadlaridan holi tarzda hosil bo`ladigan diqqat e’tibordir. Ixtiyorsiz diqqatni hosil qiluvchi qo`zg`ovchilarning xususiyatlaridir.
Masalan; baland ovoz, yorqin nur, kuchli hid va hokozo. Ixtiyorsiz diqqatda qiziqishning roli benihoya kattadir. Ixtiyorsiz diqqat shaxsning umumiy yo`nallganligiga ham bog`liqdir. Masalan, teatr bilan qiziqadigan kishi, ehtimol futbol bo`yicha bo`lajak musobaqa haqidagi e’longa e’tibor bermasdan, ayni chog`da teatrga oid yangi e’lonni tezroq payqashi mumkin. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatdan tashqari uning yana bir alohida turini - ixtiyoriydan so`ngi diqqatni alohida ko`rsatish mumkin. Bu tushuncha psixologiyaga N.F.Dobrinin tomonidan joriy etilgandir. Ixtiyoriydan so`ngi diqqat biror narsaga uzoq vaqt davomida juda ham barqaror qaratilishi bilan belgilanadi, ko`proq yuqori darajadagi jadal va unumli aqliy faoliyatini, barcha turdagi mehnatning yuksak unumdorligini asosli ravishda ana shunday diqqat turi bilan bog`liqdir.
Diqqat turlicha sifat ko`rinishlari bilan ta’riflanadi. Diqqatning bu ko`rinishlarini diqqatning sifati yoki diqqatning xususiyatlari deb ataladi. Diqqatning barqarorligi, kuchishi, taqsimlanishi va ko`lami shular jumlasiga kiradi. Diqqatning barqarorligi – diqqatga qaratilgan ob’ektlarning xususiyatlariga va yo`naltirilgan shaxsning faolligiga bog`liq bo`ladi.
Diqqatni ma’lum obyektga qaratish uchun irodaviy kuch, g‘ayrat sarflash zarurati ishga tushayotgan paytda, binobarin, qiyinchiliklar paydo bo‘lganida, bilishga oid qiziqish susayganida va, shuningdek to‘siqlar mavjud bo‘lgan kezlarda aniq-ravshan namoyon bo‘ladi.
Hosil bo‘lish xususiyatiga va amal qilish usullariga ko‘ra diqqat-ning ikkita asosiy turi mavjud:
1) ixtiyorsiz diqqat;
2) ixtiyoriy diqqat.
Ixtiyorsiz diqqat kishining anglashilgan niyatlari va maqsadlaridan mustasno tarzda hosil bo‘ladi va qo‘llab-quvvatlanadi. Ixtiyorsiz diqqatning paydo bo‘lishi jismoniy, psixofiziologik va psixik omillar bilan belgilanadi. Individning ehtiyojlariga muvofiq keladigan, uning uchun ahamiyatiga ega bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar ixtiyorsiz diqqatni qo‘zg‘aydi. Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning o‘rni benihoya kattadir. Nimaiki qiziqarli, maroqli, hissiyotga boy, zavqli bo‘lsa, diqqatning uzoq vaqt mobaynida to‘planib turishini taqozo etadi. Ixtiyorsiz diqqat shaxsning umumiy yo‘nalganligiga ham bog‘liqdir.
Ixtiyoriy diqqat ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solina-digan diqqat-e’tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat zamirida hosil bo‘ladi. Ixtiyoriy diqqat agar kishi faoliyati jarayonida o‘z oldiga ma’lum bir vazifa qo‘ygan va harakat dasturini ongli tarzda ishlab chiqqan bo‘lsa yuz beradi.
Ixtiyoriy diqqat diqqatning oliy turi sifatida mehnat jarayonida tarkib topadi. Ixtiyoriy diqqatning vazifasi psixik jarayonlarning ke-chishini boshqarib turishdan iborat.
Kishi aynan ana shu ixtiyoriy diqqatning mavjudligi tufayli xotira-dan o‘zi uchun zarur ma’lumotlarni faol tarzda, tanlab «ajratib olish»ga, to‘g‘ri qarorlar qabul qilishga, faoliyat jarayonida paydo bo‘ladigan vazifalarni amalga oshirishga layoqatli bo‘ladi.
Diqqatni kuchli qo‘zg‘atuvchilar baland ovoz, yorqin nur va bo‘yoq, kuchli hid jalb etadi.
Diqqatning taqsimlanishi ikki va undan ko‘proq faoliyat turlari-ning (bir qancha harakatlarning) bir vaqtning o‘zida muvaffaqiyatli bajarish imkoniyati bilan bog‘liq xususiyat. Diqqatning yuksak daraja-da taqsimlanishi – ko‘pgina hozirgi zamon mehnat turlari muvaffaqiyatliligining muqarrar shartlaridan biridir. Masalan, operatorlar, ko‘plab dastgohlarda ishlovchilar, transport haydovchilari va boshqalarning ishi ana shuni talab qiladi.
Diqqatning ko‘chishi ma’lum obyektning bir faoliyatdan ikkinchi bir faoliyatga, bir obyektdan ikkinchi bir obyektga, bir harakatdan ikkinchi bir harakatga o‘tishida namoyon bo‘ladi. Diqqatning ko‘chi-shi yo ongli ravishdagi xulq-atvorga, faoliyatning talablariga yoki o‘zgarib ketayotgan shart-sharoitlarga muvofiq tarzda yangi faoliyatga kirishish zaruratiga bog‘liq bo‘ladi.
Faqat obyektlar va jarayonlar o‘zgarib, faoliyat esa uzoq vaqt da-vomida o‘zgarmasdan qolgan hollarda diqqatning barqarorligi doirasi-da uning ko‘chishi yuz beradi. Bunday ko‘chish uzoq davom etadigan ish paytida charchashning oldini oladi va shu bilan diqqatning barqarorligini oshiradi. Lekin bu tez-tez takrorlanavermasligi lozim, aks holda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Diqqatning barqarorligi: Diqqatni saqlab turishning davomliligi va butun vaqt mobaynida qaratilganligi Diqqatning kuchi va barqarorligi: Odam o‘z diqqatini biror narsa yoki hodisaga uzoq muddat davomida muttasil qaratib tura olishiga aytiladi.
Diqqatni jalb etishning shartlari: Diqqatning barqarorligi diqqat qaratiladigan ob’ektlarning xususiyatlariga va diqqati yo‘naltirilgan shaxsning faolligiga bog‘liq bo‘ladi. Diqqat jalb qilinadigan ob’ektlarning o‘zgaruvchanligi, harakatchanligi diqqatni uzoq vaqt mobaynida jalb etishning muhim shartlaridandir.
Diqqatning o‘zgaruvchanligi: Diqqatning jadalligi darajasi vaqti-vaqti bilan beixtiyor ravishda qisqa muddatli o‘zgarib turishi, uning vaqti-vaqti bilan beixtiyor ravishda kuchayib yoki sustlashib ketishi.
Diqqatning ko‘chishi: Sub’ekt ongining bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga, bir ob’ektdan ikkinchi bir ob’ektga o‘tishi
Diqqat ko‘chishidagi ko‘rsatkichlar: Diqqatning ko‘chishida qator ko‘rsatkichlar alohida ajratib ko‘rsatiladi. Bu eng avvalo, bitta faoliyat yoki jarayonlardan boshqa biriga o‘tish uchun sarf bo‘ladigan vaqt; ishning unumdorligi yoki maxsuldorligi; ishning sifati, aniqligi bo‘lishi mumkin
Ko‘chirishning muvaffaqiyatligi kishining oldingi va yangi faoliyatga bo‘lgan munosabat bilan belgilanadi. Oldingi faoliyat qanchalik qiziqarli va keyingisi o‘ziga qanchalik kamroq jalb etadigan bo‘lsa, diqqatning ko‘chishi ham shunchalik qiyin bo‘ladi. Agar oldingi faoliyat tugallanmagan bo‘lsa, yangisini boshlash ancha qiyinroq. Diqqatni ko‘chirishning muvafaqqiyatliligi oldingi faoliyatga diqqatning qanchalik jalb etilganligiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogik faoliyatda diqqat taqsimlanishining o‘rni: Darsda materialni tushuntirayotgan o‘qituvchi o‘z nutqining mazmuniga e’tibor berishi, bayonning mantig‘ini, izchilligini nazorat qilib borishi va shu bilan birga o‘quvchilar materialni qanday idrok etishayotganliklarini kuzatib turishi shart. U butun sinfning va alohida har bir o‘quvchining ishini nazorat qilib borishi, o‘quvchilar diqqatining bo‘linishiga, ular tomonidan intizomning buzilishiga o‘z munosabatini bildirishi lozim.
Diqqatning ko‘lami: Bir vaqtning o‘zida aniq ravshan idrok etiladigan ob’ektlar, ayni bir vaqtda odamning idrokiga sig‘ishi mumkin bo‘lgan narsalar miqdori bilan belgilanadi.
Ko‘plab sodda ob’ektlar (harflar, shakllar va hokazolar ) 0,07-0,1 sekund vaqt oralig‘ida idrok etilgan taqdirda katta yoshdagi kishida diqqatning ko‘lami o‘rtacha 5-7 elementga teng bo‘lishi aniqlangan
Do'stlaringiz bilan baham: |