Investitsiyalarniig rentabelligi usuli (RI) - diskontlashtirilgan daromadlarning diskontlashtirilgan investitsiya harajatlariga nisbatini hisoblab topishga asoslangan. Bu qanday holatda investor boyligi o’sishi mumkinligini ko’rsatib beradi va quyidagicha aniqlanadi:
bu erda I0 - boshlang’ich investitsiyalar, CF-t davrda olingan pul tushumlari.
Investitsiya rentabelligi ko’rsatkichi firma (yoki investor) mablag’lari 1 so’m hisobida qanday hollarda o’sishini aniqlash imkonini beradi.
Agar investitsiya sarflari turli davrlarda (uzoq amalga oshirilsa, (PI)ni aniqlash formulasi quyidagicha bo’ladi:
bu erda, It – t yildagi investitsiyalar.
Investitsiyalarning rentabelligi va sof joriy qiymat ko’rsatkichlarini taqqoslama baholash shuni ko’rsatadiki, sof joriy qiymati o’sishi bilan investitsiyalar rentabelligi ham o’sadi va aksincha.
Agar rentabellik ko’rsatkichi «1»ga teng yoki undan kichik bo’lsa, loyiha rad etilishi kerak, chunki u qo’shimcha foyda keltirmaydi.
NPV=0 da investitsiyalarning rentabelligi hamisha 1ga teng bo’ladi.
Oddiy bo’lib ko’rinishiga qaramasdan, loyihalarning rentabelligini aniqlash muammosi muayyan qiyinchiliklar bilan bog’liqdir. Bu hol, ayniqsa, investitsiyalar turli xil valyuta, turli xil vaqtda, ya’ni bir qancha yillar oralig’ida amalga oshirilganda uni aniqlash muammosi paydo bo’ladi.
Buni quyidagi misolda ko’rib chiqamiz.
Misol-4. Faraz qilaylik, investitsiya loyihasi uchun 140 mln.so’m harajat qilingan. Investitsiya loyihasini amalga oshirish natijasida birinchi yil – 37750 ming so’m, ikkinchi yil 45390 ming so’m, uchinchi yil – 47430 ming so’m, to’rtinchi yil- 51140 ming so’m va beshinchi yil- 60030 ming so’m pul tushumlari olinishi ko’zda tutilmoqda. Bu holda investitsiya loyihasining diskontlashgan investitsiya rentabelligi qanday hisoblanadi?
8.1-jadval
Rentabellik indeksi hisob-kitobi
T/R
|
Ko’rsatkichlar
|
Summa, ming so’m
|
1 yil
|
2 yil
|
3 yil
|
4 yil
|
5 yil
|
1
|
Pul tushumlari (oqimi)
|
37750
|
45390
|
47430
|
51140
|
60030
|
2
|
Diskont ko’paytiruvchi (d=7%) yoki diskontlash koeffitsienti
|
0,9346
|
0,8734
|
0,8163
|
0,7629
|
0,7130
|
3
|
Sof diskontli tushum (oqim) yoki joriy qiymatga keltirilgan pul oqimi.
|
35281,1
|
39643,6
|
38717,1
|
39014,7
|
42801,4
|
Bunda rentabellik indeksi quyidagiga teng bo’ladi:
Investitsiyalarning rentabellik ko’rsatkichi avvallari qo’llanilgan kapital qo’yilmalarning samaradorligi koeffitsientidan shunisi bilan farq qiladiki, bunda daromad sifatida baholash jarayonida joriy qiymatga keltirilgan pul oqimi qatnashadi. Invetitsiyalar rentabelligi ko’rsatkichi, nafaqat taqqoslama baholash uchun, shuningdek loyihani amalga oshirishga qabul qilishdagi mezon sifatida ham qo’llaniladi.
Buning uchun diskontlashtirishni hisobga olgan holda investitsiyalarni qoplash muddatini (DPP) hisoblash usuli diskontlashtirilgan yillik pul tushumlarini diskontlashtirilgan investitsiyalarga bo’lish orqali amalga oshiriladi.
Mazkur usulning tushunarli bo’lishi uchun quyidagi misolni keltiramiz.
Misol-5. Faraz qilaylik, korxona mehmonxona qurilishi uchun 300 mln. so’m investitsiya qildi (mablag’ sarfladi). Mehmonxonani foydalanishdan keladigan yillik pul tushumlari 85, 100, 120 va 160 mln. so’mni tashkil etadi.
Buning uchun PP — investitsiyalarni qoplash muddati hisoblanadi. So’ngra, investitsiyalarning diskontlashtirilgan qoplash muddatini (DPP) hisoblaymiz. U quyidagi formula orqali aniqlanadi:
,
bu erda, I0 – boshlang’ich investitsiyalar; DCF(Σ) – diskontlashtirilgan yillik pul tushumlari.
Mazkur ko’rsatkichni hisoblashda yuqorida berilgan misolga asoslanib tuzilgan quyidagi 8.2-jadvalga murojaat qilamiz. Ushbu jadvalda investitsiyalarning qoplash muddati bilan birga diskontlashtirilgan qoplash muddati ko’rsatkichining hisoblanishi keltirilgan. Ularning bir-biridan farq qilishining o’ziga xos jihatlari ushbu ko’rsatkichlarni aniqlash xususiyatlaridan kelib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |