Tayanch tushunchalar:
[WPm↔WPm]= QG qolipi va hosilalari, mutanosib
bog`lanish, nisbiy so`zlar va ularning qo`llanilishi, mazmunan mutanosib QGlar.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1. Сайфуллаева Р. Ўзбек тилида қўшма гапларнинг формал – функционал
тадқиқи. – Т., 1994.
2. Сайфуллаева Р., Менглиев Б. в.б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. III.
– Т., 2006.
3. Ўзбек тили грамматикаси. II том. – Т., 1976.
4. Ғуломов А., Асқарова М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Синтаксис. – Т., 1987.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar.
1.[WPm↔WPm] qurilishli QGlar haqida ma`lumot bering.
2. Tobe tarkibli QGlarni mutanosib bog`lanishli QGlar bilan qiyoslang.
3. Mazmunan mutanosib QGlarni mutanosib bog`lanishli QGlar bilan solishtiring.
4. Nisbiy so`zlarning QGlarda qo`llanilishi va vazifasini misollar asosida
tushuntiring.
13- ma’ruza. Qo`shma gap tarkibiy qismlari orasidagi
ma’noviy – sintaktik munosabatlar.
Reja:
1. Qo`shma gap (QG) tarkibi.
2. Hokim va tobe gaplar.
3. QG tarkibiy qismlari orasidagi ma‘noviy munosabatlar.
Qo`shma gap (QG) tarkibi.
O`zbek tilida QGlarning turlari va ko`rinishlarini
o`rganishda sodda gap (SG)-ning eng kichik qurilish qolipi – [WPm]=SG talqin asosi
sifatida qabul qilindi. SGning eng kichik qurilish qolipi [WPm]=SG–dan iborat
bo`lsa, mantiqan QGning qurilish qolipi ikki va undan ortiq [WPm]larning
birikuvidan iboratdir. Demak, QGning lisoniy-sintaktik qurilish qolipi [WPm U
WPm]= QG ko`rinishida bo`ladi. QGlarning umumiy lisoniy qurilish qolipi uning
tarkibini belgilashda asos vazifasini bajaradi. Negaki, QGlar ham barcha sintaktik
butunliklar singari muayyan qurilish va tuzilish sistemasiga ega. QGning lisoniy
qurilishi uning tarkibida kamida ikkita [WPm] bo`lishini taqozo etadi. QG har qanday
ikki [WPm] ning birikmasi emas. Balki mazmunan bir-biriga bog`langan [WPm]
larning sintaktik birikuvidan hosil bo`ladi. Shunday ekan, QG tarkibini nimalar
tashkil etadi? Qanday til birliklari QG tarkibiy qismi mavqeyida voqelashadi?
Bunday savollarning kun tartibiga qo`yilishi tabiiy hol. Zero QG tarkibiy qismi
umumiy, mavhum tushuncha bo`lib, uni aniqlashtirish lozim.
Nutqimizda quyidagi ko`rinishdagi QGlarni ko`p miqdorda qo`llaymiz:
1. Qo`ngiroq Chalindi va dars boshlandi.
2. Buxoro qadimiy shahar, shuning uchun shaharning tarihiy obidalarini tomosha
qilish va o`rganish uchun dunyoning turli mamlakatlaridan sayohatChilar tez–tez
kelib turishadi.
3. Nima eksang, Shuni o`rasan (Maqol).
4.Yil fasllari bir–biri bilan almashar, azim Chinorning qurigan shoxlari ko`payib
borardi, biroq Chinor ostida o`tirgan Chol hayotida biror o`zgarish bo`lmagan edi.
(J.Fozil).
Birinchi QG tarkibida ikkita sodda gap voqelashgan, bu sodda gaplarning har
ikkalasi ham ikki tarkiblidir.
Qiyoslang: Qo`ng`iroq (ega) Chalindi (kesim) va dars (ega) boshlandi (kesim).
Ikkinchi QG tarkibidagi gaplar ham ikki tarkibli sodda gaplar bo`lib, oldingi
nutqiy birlikdan farq qilmaydi. Ammo uchinchi QGda tarkibiy qismlar bir tarkibli
(faqat kesim tarkibidan iborat) sodda gaplar bilan ifodalangan. To`rtinchi QGga
e‘tibor qilinsa, 1–qism, Ya‘ni «Yil fasllari bir-biri bilan almashar, azim Chinorning
qurigan shoxlari ko`payib borardi» gapi lisoniy qurilishiga ko`ra SG ham, QG ham
emasligi ma‘lum bo`ladi. Zero bu gap kesimlarining [Pm] shakli bitta, umumiy
bo`lib, [W]lar (almashar, ko`payib borar)ni birlashtirib turibdi. Mazkur gapning
egalari va kesimlari miqdoriga ko`ra QGni eslatsa, yagona [Pm]ning mavjudligi
SGga o`xshatib qo`yadi. Biroq [Pm]ning birdan ortiq [W]larni uyushtirish xususiyati
bu gapning uyushgan gapligidan dalolat beradi. Uyushgan gap (UG)lar haqida to`liq
va batafsil ma‘lumot keyingi darslarimizda beriladi. Shu bois hozirCha to`rtinchi
misolda reallashgan tarkibiy qism UG shakliga ega degan xulosa bilan kifoyalanamiz
va ushbu QGning ikkinchi qismi SG ko`rinishida ekanligini ta‘kidlash lozim deb
hisoblaymiz. Ma‘lum bo`ladiki, QG tarkibidagi [WPm]lar SGlar, ba‘zan esa UGlar
bilan ifodalanadi.
Modomiki, QG butunlik sanalar ekan, uning tarkibiy qismi mavqeyida bir
tarkibli, ikki tarkibli SGlar va UGlar voqelasha oladi. SG ham, UG ham QG tarkibida
uni tashkil etuvchi qism, komponent, qurilish birligi sanaladi. QGlar tarkibiy qismlari
orasidagi sintaktik aloqaning turi va tabiatiga ko`ra tasniflanadi. Ushbu belgi
asosidagi tasnif bo`yicha QGlar tarkibiy qismlari orasidagi sintaktik aloqaning turi va
tabiatiga ko`ra tasniflanadi. Ushbu belgi asosidagi tasnif bo`yicha QGlar
1)teng tarkibli,
2)tobe tarkibli QGlarga ajratilgan. Bu tasnif to`g`risida professor
R.R.Sayfullaevaning «Hozirgi o`zbek tilida qo`shma gaplarning substansial talqini»
nomli ilmiy risolasida (T.,2007) atroflicha ma‘lumot berilgan. Oldingi ma‘ruzalarda
tasnif bilan bog`liq ilmiy mulohazalarimiz alohida bayon etilgani tufayli bu mavzuga
aloqador jihatlarini eslash kifoya. Demak, QG tarkibini mazkur tasnif asosida
tekshiradigan bo`lsak, faqat tobe tarkibli QGlar gina tobe gap va hokim gap kabi
qismlardan tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |