O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi bеrdаq nоmidаgi qоrаqаlpоq dаvlаt univеrsitеti



Download 3,06 Mb.
bet36/192
Sana31.12.2021
Hajmi3,06 Mb.
#205413
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   192
Bog'liq
OMK 2018

Bosh kvant soni. Yana bir marta N.Bor postulatlarini takrorlab o'taman. Demak, elektron atomda muayyan energetik sath(pog'ona)ga muvofiq keladigan orbitalar bo'ylab harakatlanadi. Atomga tashqaridan energiya berilsa, elektron yadrodan uzoqroq orbitalga (muayyan kvant pog'onaga muvofiq keladigan) o'tadi. Muayyan kvant energetik pog'onaga muvofiq keladigan orbitalga statsionar orbitalar deyiladi. Statsionar orbitalarni xarakterlaydigan butun sonlar (1,2,3,4..)ga bosh kvant sonlari deyiladi. Bu sonlar (1,2,3..) K,L,M,N..bilan belgilanadigan muayyan kvant sath(pog'onaga) [qo'pol qilib aytganda qavatga] muvofiq keladi. Ya'ni energetik pog'ona (elektron qavatlar-bizning tushunchamizcha!!!)lar sonlardan tashqari (1,2,3..) harflar bilan ham (K,L,M,N..) belgilanadi.

Bosh kvant son qiymati n = 1, 2, 3, 4, 5

Muvofiq keladigan energetik pog'onaning harfiy ifodasi K, L, M, N, O

Bosh kvant soni. n ma'lum bir orbitalga muvofiq keladigan energiya darajasini va bu orbitalning yadrodan qancha uzoqda ekanligini ko'rsatadi. Ma'lum bir energetik sath(pog'ona)ni qisman yoki butunlay to'ldirgan elektronlar elektron qavatni hosil qiladi. Demak, K,L,M..elektron qavatlar va shu qavatlarni hosil qiladigan K,L,M.. elektronlar haqida gapirish mumkin. Shu narsani esdan chiqarmaslik kerakki, atomda energetik sath(pog'ona)lar, shu og'onalarda elektron bor-yo'qligidan qat'iy nazar doim mavjud.



n=1 qiymat nisbatab kam energiyali pog'ona K ga muvofiq keladi. n=2 esa nisbatan yuqori energetic pog'ona L ga muvofiq keladi. Boshqacha aytganda, K energetik pog'onada joylashgan elektronlarning energiyasi L pog'onada joylashgan elektronlar energiyasidan kam.

Orbital kvant soni yoki yonaki kvant soni (). Orbital kvant soni orbitalning formasini harakterlaydi (orbital formasi doiraviy (Doira shakli)yoki elliptic(elliptic shakli) bo'lishi ham mumkin). Orbital kvant soni 0 dan boshlab (n-1) qiymatni qabul qilishi mumkin. Masalan, n=2 bo'lsa, ℓ=0,1.

Demak, orbital kvant soni muayyan energetik pog'onadagi (n) …orbitalarning mumkin bo'lgan shakllari sonini belgilaydi. Ko'rinib turibdiki, n qancha bo'lsa, ham shuncha qiymatga ega. Masalan, n=3 (M pog'ona) bo'lganda ℓ=0,1,2 qiymatlarni oladi. Boshqacha aytganda, 3-energetik pog'onada 3 xil orbital mavjud. Shulardan biri (ℓ-0)-doiraviy orbital qolgan ikkitasi esa ℓ=1 va ℓ=2 elliptik orbitalar (rasmga qarang).


Ko'rinib turibdiki, ning qiymati qancha katta bo'lsa, elliptik orbitalning cho'zilganligi shuncha katta bo'ladi.

Atomda tashqaridan energiya bersak, bitta energetik pog'onadagi elektronlar o'zini har xil tutadi. Elliptik orbitalar bo'ylab harakatlanadigan elektronlar, doiraviy orbital bo'ylab harakatlanadigan elektronlarga nisbatan energiya ta'siriga tez beriladi. Bu hol shuni ko'rsatadiki, demak, bitta energetik pog'onaning o'zidagi elektronlarning yadro bilan bog'lanish energiyasi turli xildir. Boshqacha qilib aytganda, energetik pog'onalar o'z navbatida pog'onalardan tashkil topgan.

Orbital kvant son ℓ 0 1 2 3

muvofiq keladigan

pog'onaning harfiy s p d f

ifodasi



n nechta bo'lsa, pog'onachalar soni ham shunchadir. Masalan, N pog'onaga (n=4) to'rtta orbital muvofiq keladi: 1 ta doiraviy (ℓ=0) va 3 ta elliptik (ℓ=0,1,2,3). Demak, pog'onachalar soni ham 4 ta bo'lishi kerak (s,p,d,f). Elektronlar bilan band bo'lgan yoki bo'lmagan pog'onacha elektron qavatcha hosil qiladi. Bitta electron qavatning o'zida s-pog'onachada elektronning energiyasi kam, p-pog'onachada esa ko'proq bo'ladi.


Download 3,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish