O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi bеrdаq nоmidаgi qоrаqаlpоq dаvlаt univеrsitеti



Download 3,06 Mb.
bet128/192
Sana31.12.2021
Hajmi3,06 Mb.
#205413
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   192
Bog'liq
OMK 2018

Kobalt va nikel. Kobalt va nikel tabiatda birikmalar tarkibiga kirgan holda, asosan mishyak va S bilan birikkan holda uchraydi. Yer po’stlog’ida kobaltning miqdori 2·10–3 %, nikel miqdori esa 2·10–2 % ni tashkil etadi. Kobalt bilan nikel xuddi temir kabi magnit xossalariga ega bo’lgan yaltiroq metalldir. Kobaltning zichligi 8,79 g/sm3, nikelning zichligi 8,9 g/sm3 kobalt 1490ºC da, nikel esa 1452ºC da suyuqlanadi. Temir oilasidagi elementlarning hammasi yuqori temperaturada anchagina miqdor vodorodni yutadi. Vodorodni yutish xususiyati nikelda ayniqsa kuchlidir.

Kimyoviy jihatdan olganda Co bilan Ni aktivligi pastroq elementlardir. Odatdagi temperaturada ular suvda, nam havoda va ishqorlarda o’zgarmaydi. Bu metallar Hclda va suyultirilgan H2SO4da sekin-asta eriydi. Co va Ni HNO3da yaxshi erib, ikki valentli Co va ikki valentli Ni tuzlarini hosil qiladi. Konsentrlangan HNO3 bu metallarni passiv qilib qo’yadi. Co asosan, maxsus po’latlarning va qattiq qotishmalarning masalan, kesuvchi asbob tayyorlanadigan stellitning tarkibiy qismi sifatida ishlatiladi.

Stellit 1,8-2,5 % uglerod; 27-38 % xrom; 2 % gacha Ni; 1% Mn; 1-2% Si; 47-53 % Co; 13-27 % volfram va 2% gacha Fe dan iborat qatishmadir. Ni metall buyumlarni nikellash uchun ishlatiladi. Ammo nikelning asosiy miqdori maxsus po’latlar va turli qotishmalar ishlab chiqarish uchun ketadi. Po’latga nikel qo’shilsa, uning mexanik puxtaligini, issiqbardoshligi va korroziyaga qarshilik ko’rsatish xususiyati ortadi. Tarkibida Ni bo’ladigan qotishmalar masalan, melxior (80%Cu va 20% Ni), konstantan (59 % Cu, 40 Ni 1% Mn) korroziyalanmaslik xususiyati yuqori qotishmalardir. Co va Ni shunday (qotishmalar) oksidlar hosil qiladiki, bu oksidlarda ular ikki va uch valentli bo’ladi. CoO, Co2O3, NiO, Ni2O3.

CoO va NiO suvda erimaydi. Bu oksidlarga muvofiq keladigan gidroksidlar shu metallarning suvda eriydigan tuzlariga ishqor ta’sir ettirish yo’li bilan olinadi. Ikki valentli Co va Ni gidroksidlari asos xossalarini namoyon qiladi. Ni(OH)2 havoda o’zgarmaydi, Co(OH)2 esa sekin oksidlanadi:

4Co(OH)2 + O2 + 2H2O = 4Co(OH)3

Uch valentli Co va Ni gidroksidlari ikki valentli Co va Ni gidroksidlarini ishqoriy muhitda oksidlash yo’li bilan olinadi:

2Ni(OH)2 + Br2 + 2NaOH = 2Ni(OH)3 + 2NaBr

Uch valentli Co va Ni oksidlari holida gidroksidlari kuchli oksidlovchilardir, ular kislotali muhitda qaytarilib ikki valentli Co va Ni tuzlariga aylanadi:

Co2O3 + 6HCl = 2CoCl2 + Cl2 + 3H2O

4Ni(OH)3 + 4H2SO4 = 4NiSO4 + O2 + 10H2O

Ni tuzlarining suvdagi eritmalari, shuningdek kristall gidratlari yashil tusda, Co niki esa pushti qizil tusda bo'ladi. Kobalt va nikel barqaror juda ko'p kompleks birikmalar hosil qiladi. Ulardan ba’zilarining hosil bo’lishidan analiik kimyoda foydalaniladi.


Download 3,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish