O‘zbекisтоn rеspubliкаsi оliy vа o‘rта махsus та’liм vаzir


BMT ning tinchlik oʻrnatishdagi faoliyati va amalga oshirgan ishlari



Download 150,06 Kb.
bet5/6
Sana20.06.2022
Hajmi150,06 Kb.
#680942
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BMT va uning xalqaro maydondagi o\'rni

2.2 BMT ning tinchlik oʻrnatishdagi faoliyati va amalga oshirgan ishlari

1999-yilning soʻngida Bosh kotib BMTga aʼzo davlatlar va xalqaro fuqaro xizmatchilarni xalqaro hamjamiyatning 1994-yil Ruandadagi genotsidning va 1995-yili Srebrenitsa qulashining oldini olish borasidagi oʻrinishlari besamar ketganligini eʼtirof etishga chaqirdi. Bundan keyingi tinchlik oʻrnatish operatsiyalarini oʻtkazish boʻyicha amaliy va amalga oshirilishi mumkin takliflarni ishlab chiqish uchun maxsus tanlab olingan ekspertlar kengashi chaqirildi va 2000-yil avgustida, Mingyillik sammiti arafasida BMTga aʼzo davlatlarga mazkur kengash raisi Laxdara Braximi nomi bilan atalgan „Braximi Maʼruzasi“ joʻnatildi. Kengash xalqaro hamjamiyat tomonidan baʼzi tinchlikni taʼminlash operatsiyalari, shunchaki, „mendan ketguncha, egasiga yetguncha“ qabilida, hatto, adolatli ishni amalga oshirishga irodasi boʻlmaganda ham yoki qanday tadbirlar amalga oshirilishi zarurligi haqida kelishib olinmasdan turib, amalga oshirilgan, degan fikrga keldi. Toʻgʻrisini aytganda, Braximi Maʼruzasi chala-yarim choralardan voz kechib, istakni haqiqat oʻrnida koʻrishdan aniq va keng miqyosda qoʻllab-quvvatlanadigan amaliy rejalarga oʻtishga chorladi. Kengash, muvaffaqiyatli harakatlarga zamin yoʻq boʻlsa, yaxshisi, umuman hech qanday operatsiya oʻtkazmaslik lozimligini; harakatlar amalga oshiriladigan boʻlsa, operatsiyalar yaxshi taʼminlangan va kuchli madadga ega boʻlishi kerak, degan fikrni bildirdi.


Maʼruzada ishonchli harbiy ishtirokka zarurat tugʻilsa, koʻp sonli, yaxshi qurollangan va yaxshi oʻrgatilgan qoʻshin qoʻllash lozimligi tavsiya etilgan. Kengash tinchlik oʻrnatish missiyalarini qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul bosh qarorgohlardagi xodimlar sonini koʻpaytirish va BMTga aʼzo davlatlar, ayniqsa, Havfsizlik Kengashi aʼzolari tomonidan siyosiy, moliyaviy va moddiy jaihatdan yanada kuchliroq qoʻllab-quvvatlanishi lozimligini isbotlab berdi. Shu bilan birga, Kengash tinchlik oʻrnatuvchilarning joylardagi va bosh qarorgohlarlardagi harakatlarini baholashning yanada qatʼiyroq andazalarini belgilab berdi.
Bosh Assambleya Tinchlikni saqlash boʻyicha operatsiyalar departamenti xodimlari sonini 50 foizga oshirish va BMTning Brindizidagi (Italiya) Moddiy-texnik taʼminot bazasini taʼminlashga qariyb 150 million AQSh dollari ajratishni maʼqullab, maʼruzaga oʻzining iliq munosabatini bildirdi. Kotibiyat maʼmuriy va taʼminot masalalarida yanada tezkorlikni taʼminlash uchun joylarga yanada kengroq vakolatlar berdi.
2001-yil 11-sentabr voqealari yuz berib, Afgʻonistonda Tolibon tuzumining qulashidan soʻng xalqaro hamjamiyat Birlashgan Millatlar Tashkilotiga siyosiy kelishuvga erishishda vositachi boʻlishni soʻrab, iltimos qildi. Bosh kotib nomi zikr etilgan maʼruzadan soʻng Laxdar Braximidan ilk bor yangi tinchlik oʻrnatish operatsiyasini rejalashtirish va amalga oshirish jarayoniga rahbarlik qilishini soʻradi. Bosh kotib, ushbu maʼruza ruhi va mohiyatidan kelib chiqib, Xavfsizlik Kengashiga joylardagi vaziyatning rivojiga BMT qay yoʻsinda yaxshiroq taʼsir koʻrsatishi zarurligi haqida xolis tavsiyalar berdi. U, „zangori kaskalarni“ joʻnatish oʻrniga, BMTga asosiy siyosiy rol berilib, bu davlatdagi siyosiy, gumanitar va rivojlanish harakatlarini birlashtirish uchun BMTning Afgʻonistonga koʻmak boʻyicha ixcham missiyasini (BMTAKM) tuzishni taklif qildi. Bonn kelishuvini amalga oshirishdagi muvaffaqiyatli vositachilik, xavfli darajaga yetayotgan gumanitar haloqatning yengillashishi hamda Afgʻoniston muvaqqat maʼmuriyatining tashkil etilishi bunday yondashuvning samarasidan dalolatdir23.
Yangi tinchlik oʻrnatish strategiyasi va doktrinasi 2002-yil 20-mayda Sharqiy Timor mustaqilligi eʼlon qilinishi bilan muvaffaqiyatli yakunlangan BMTning Sharqiy Timordagi Muvaqqat maʼmuriyati (BMTShTMM) va shu kabi may oyida osoyishtalikda saylov oʻtkazilib, yangi hukumat tuzilgan Syerra-Leonda qoʻllanildi. BMTning Syerra-Leonni qoʻllab-quvvatlash missiyasi bunday burilish uchun zamin yaratish hamda 47 000 nafardan ortiq qoʻzgʻolonchini qurolsizlantirish va demobilizatsiya qilishda koʻmak berdi.
Xodimlar va boshqaruv. 2002-yil 1-mayidan boshlab xodimlarni tanlash, joylashtirish va mansabini koʻtarishning yangi tizimi joriy etildi. Bunda ularning muayyan lavozimda ishlagan muddati va qaysi tashkilotdan kelganligiga emas, koʻrsatgan xizmati va lavozimiga munosibligiga koʻproq eʼtibor beriladigan boʻldi. Dasturlar rahbarlari, kadrlarga oid yangi mexanizm umumiy „paketi“ning bir qismi boʻlmish ushbu tizim doirasida hamda Bosh kotib bilan tuzilgan va ularning erishilajak natija uchun masʼuliyatini nazarda tutuvchi shartnoma asosida, xodimlarni oʻzlari mustaqil ravishda tanlash vakolatiga ega boʻladi. Shu tariqa, oʻzgartishlar Bosh kotib tomonidan amalga oshirilayotgan qaror qabul qilishda masʼuliyatni quyi, hatto, operativ xodimlar darajasigacha oshirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirishlar umumiy oqimida kechmoqda.
Bosh kotibning Bosh Assambleyaga 2000-yil avgustda taqdim etgan „Inson resurslarini boshqarishga oid islohot“ (A-55-253) maʼruzasidagi soddalashtirilgan jarayonlar xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish davom etishi bilan izohlanadi. BMTning amalda oʻz xodimlari orasida turli mamlakatlar fuqarolari vakillarining boʻlishiga erishish hamda yuksak malakali xodimlardan voz kechmagan holda gender balansini yaxshilash tarafdori ekanligi xodimlarni ishga qabul qilish borasidagi qarorlar boshqa tashkilotlardagi kabi tez qabul qilinmasligini anglatadi. Lekin soʻnggi-yillarda ishga yollash jarayonining oʻrtacha choʻzilishi 400 va undan ortiq kunni tashkil etdi. Bu esa haddan ziyod koʻpdir. Yangi qabul qilingan tanlov tizimida ishga qabul qilish jarayoni qariyb 90 kunni tashkil etishi belgilab qoʻyilgan.Inson resurslari boshqarmasi, bundan tashqari, xodimlarning mansabini koʻtarishga oid masalani uzogʻi bilan ikki hafta ichida tasdiqlashi va amalga oshirishi lozim.
Barcha boʻsh oʻrinlar haqidagi maʼlumotlar BMT veb-saytiga joylashtirayotgani tufayli jarayon yanada ochiqroq kechadi. Bosh kotibning inson resurslarini boshqarish masalalariga oid maʼruzasida Kotibiyatning 7469 doimiy xodimining mobilligi masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilgan edi. Turli malakali xodimlardan tashkil topgan yanada universal fuqarolik xizmatini tashkil etish maqsadida xodimlarning muayyan lavozimni egallab turish muddati chegaralanadi; bosh qarorgohlardan uzoqda joylashgan joylarda ishlovchilar alohida ragʻbatlantiriladi; bundan tashqari, xodimlarni oʻqitishga oid qoʻshimcha dasturlar kiritiladi va mavjudlarining darajasi yanada yaxshilanadi24.
Boshqa tarafdan esa BMT boshqaruv zvenosi xodimlari hozir inson resurslarini boshqarish sohasidagi tezkor oʻquv kurslaridan oʻtishlari lozim. Bu esa kadrlar bilan ishlash sifatini oshirishni koʻzda tutib birinchi bor amalga oshirilayotgan ishga qoʻshilajak muhim hissadir. Bundan tashqari, xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazishning yangi tizimi joriy etilyapti. 2001-yil oxirida ichki odilona sudlash tizimini mustahkamlash maqsadida diskriminatsiya va boshqa arzlar boʻyicha masalalarni koʻrib chiqish bilan shugʻullanib kelgan guruh oʻrniga, ishlab chiqarishga oid mojarolarni hal etishda vositachilik vazifasini amalga oshiruvchi ombudsmen boshqarmasi tuzildi. Bosh kotib ilk ombudsmen lavozimiga Patritsiya Dyurrantni tayinladi. Uning vazifasiga yarashtiruv tadbirlarini oʻtkazish, norasmiy vositachilik, tomonlar oʻrtasidagi bahslarni yechish va arzlarni hal etishning rasmiy jarayongacha yetib bormasligining oldini olishda har qanday boshqa maʼqul keluvchi usullardan foydalanish kiradi.
Soʻnggi oʻn-yilliklar mobaynida BMT xodimlariga boʻlayotgan tahdidlar soni ortayotgani Bosh kotib tomonidan xodimlar xavfsizligini taʼminlash borasida tezkor choralar koʻrilishini taqoza etdi. 2000-yili u BMTning barcha boʻlimlari uchun joylarda xavfsizlikni taʼminlashga doir zarur rejalashtirish, xodimlarni oʻqitish, aloqa vositalari va jihozlarning asosiy andazalari darajasini joriy etish orqali ikki-yillik BMT xavfsizlik tizimini mustahkamlash dastoʻrini oʻtkazish toʻgʻrisidagi farmoyishni qabul qildi. 2002-yil iyunidan buyon yuzga yaqin xavfsizlik xizmati xodimi tayyorlanib, joylarga yuborildi.
Fuqarolik jamiyati va ishbilarmon doiralar. 1990-yillarda rivojlangan davlatlardan rivojlanayotgan davlatlarga berilayotgan rasmiy (hukumat koʻmagi va qarzlar) hamda xususiy (savdo-sanoat kompaniyalari mablagʻlari, hissadorlik kapitali shaklida mablagʻ ajratish) moliyaviy mablagʻ manbalari oʻrtasidagi nisbatda misli koʻrilmagan oʻzgarishlar roʻy berdi. Bu borada 1981-1990-yillarda rasmiy mablagʻ ajratish barcha mablagʻlarning oʻrta 60 % ni, xususiy manbalardan ajratmalar esa 40 % ni tashkil etgan boʻlsa, 1991-95-yillarda xususiy sarmoya 80 % gacha oʻsgan, rasmiy sarmoyaning hissasi esa 20 % gacha pasayib ketgan edi25.
Bosh kotib Kofi Annan, rivojlanish istiqbolini asosan xususiy sektor belgilab berayotganini hisobga olib, ishni savdo va sarmoyalar oʻsishi borasidagi faollikni yanada ragʻbatlantirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishdan boshladi. 1997-yilda u globallashtirish afzalliklaridan birinchilar qatorida manfaat koʻra boshlagan korporatsiyalarni „jahon fuqarosi“ sifatidagi masʼuliyatni ham zimmasiga olishga chaqirdi. Keyinchalik ularga Global shartnoma imzolash taklif etildi. Mazkur hujjatga binoan unga imzo chekkan ishbilarmon tizimlar BMTning inson huquqlari, mehnat standartlari va atrof muhitga oid muhim qadriyatlarini targʻib etishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirishi lozim. 2000-yilning iyulida Bosh kotib bilan Global shartnomaga bagʻishlab oʻtkazilgan birinchi uchrashuvda taniqli fuqarolik jamiyati va xalqaro mehnat tashkilotlarining ellikdan ortiq rahbari ishtirok etdi. Unda kompaniyalar rahbarlari Bosh kotib tomonidan ilgari surilgan gʻoya oʻz kompaniyalari rahbariyati tomonidan maʼqullanganini maʼlum qildi. Shundan buyon nomi zikr etilgan Shartnomani imzolagan firma va korxonalar soni 300dan oshib ketdi.
Ayni paytda, BMT faoliyati turli xastalik, qashshoqlik va haloqatlar oqibatini tugatishga qaratilgan fuqarolik jamiyati tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlikni davom ettirdi. Ular bilan amaliy aloqalar yanada mustahkamlanib, nodavlat tashkilotlarning (NDT) hukumatlararo jarayonlardagi ishtiroki yoʻlga qoʻyildi. Baʼzi davlatlar hukumati hozir bunday tashkilotlarni vakillarini oʻzining Bosh Assambleya doimiy sessiyalarida ishtirok etuvchi delegatsiyalari tarkibiga kiritmoqda, xalqaro konferentsiya va maxsus sessiyalarda esa bunday tajriba oʻzining yanada keng ifodasini topmoqda. Fuqarolik jamiyatiga oid tashkilotlar rahbarlari va ekspertlar umumjahon konferentsiyalariga tayyorgarlikka bagʻishlangan uchrashuvlar va konferentsiyalarda kechadigan muzokaralarda oʻz fikr-mulohazalarini yanada faolroq aytishga kirishgan.
Fuqarolik jamiyatlari guruhlari, BMT bilan tobora mustahkamlanib borayotgan aloqalaridan foydalanib, oʻzining xalqaro hayotdagi mavqʼeini yanada oshirib, voqealar rivojidagi taʼsirini tagʻin ham koʻtarishi mumkin. Rivojlanayotgan davlatlarning oʻz qarzini toʻlashini yengillashtirishga oid xalqaro rejaning tuzilishiga sababchi boʻlgan 2000-yil yubiley kampaniyasi va piyodalarga qarshi minalarni taʼqiqlashga qaratilgan besh-yillik xalqaro kampaniyadan keyin hukumatlar tegishli konventsiyani imzolaganliklari shundan dalolatdir.
Fuqarolik jamiyati tashkilotlari inson huquqlari normalarini jahon miqyosida keng yoyish harakatida va Xalqaro jinoyat sudini tuzishda muhim rol oʻynadi. BMTning fuqarolik jamiyati va xususiy sektor bilan oʻzaro hamkorlikka yangidan keng quchoq ochishi tufayli boshqa sohalarda ham katta muvaffaqiyatlarga erishildi. 2000-yili beshta yetakchi farmatsevtika kompaniyasi OITS tarqalishidan katta talofot koʻrayotgan rivojlanayotgan mamlakatlarni mazkur kasallikka qarshi antiretroviral dori-darmon bilan koʻproq taʼminlash strategiyasini ishlab chiqish masalasida BMT muassasalari bilan muloqotga jalb qilindi. Fuqarolik jamiyati tashkilotlari farmatsevtika kompaniyalariga koʻrsatgan taʼsir va Bosh kotibning bu masalani soha kompaniyalari bilan muhokama etish chogʻidagi qatʼiyati qator mamlakatlarda dori-darmon narxining keskin tushishiga olib keldi. Bunda dori-darmonning yuqori sifatli, moʻljallangan manzilga aniq yetib borishi va arzon dori-darmondan foydalanish uchun zarur boʻladigan asosiy klinik infratizimning taʼminlanishi borasida zarur choralar koʻrildi.
Bosh Assambleyaning 2001-yil iyunida VICh-OITS boʻyicha oʻtgan maxsus sessiyasi arafasida amalga oshirilgan yana bir tadbir — hozir OITS, bezgak va sil kasalligi boʻyicha global jamgʻarma, deb ataluvchi jamgʻarmaning tashkil etilishi boʻldi. Jamgʻarmaning tashabbuskori boʻlgan Bosh kotib Kofi Annan uning, avvalo, davlat muassasalari va fuqarolik jamiyati tashkilotlari hamda xususiy sektor oʻrtasida oʻziga xos koʻprik boʻlishini nazarda tutgan.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga doir yaqinda tashkil etilgan maxsus guruhdagi oliy texnologiyalar sohasida faoliyat yurituvchi texnik ekspertlar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari yetakchilari va kompaniyalar rahbarlari mazkur sohalar boʻyicha dunyo mamlakatlari oʻrtasidagi mavjud uzilishlarga barham berish ishiga oʻz hissasini qoʻshmoqda.
1997-yili Ted Terner BMT oʻz oldiga qoʻygan maqsadlarga erishishida koʻmak koʻrsatish uchun 1 milliard AQSh dollari miqdorida mablagʻ ajratajagini maʼlum qildi. Buning natijasi oʻlaroq 1998-yilning martida Xalqaro hamkorlik jamgʻarmasi (BMTXHJ) tuzildi. BMTning T. Terner xayr-ehsoni hisobidan tuzilgan Jamgʻarma- jamoat hayriya tashkiloti sifatida 2002-yilda talay ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, Jamgʻarma oʻz dasturlarida bolalar sogʻligʻini saqlash, aholishunoslik, ayollar, atrof muhit, tinchlik, xavfsizlik va inson huquqlarini himoya qilish borasidagi loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun 484 million dollar ajratishni koʻzda tutdi. Jamgʻarma korporatsiyalar, fondlar va sahovatparvar tashkilotlar bilan mavjud munosabatlarni mustahkamlab, yangilari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatmoqda, xususiy sektorga hamkorlikning yangi jabhalarini taklif etmoqda26.
2000-yil sentabrdagi Mingyillik sammitida qabul qilingan Mingyillik deklaratsiyasida belgilab olingan rivojlanish yoʻlidagi maqsadlarda 147 davlat va hukumat rahbarlari hamda 191 mamlakat vakillari rejalarni global tarzda qoʻllash borasida misli koʻrilmagan kengqamrovli maqsadlar majmuini tasdiqladi. Mingyillik deklartsiyasida tinchlik va xavfsizlik, atrof muhitni muhofaza qilish, inson huquqlari, zulmsiz boshqaruv va Afrikaning maxsus ehtiyojlarini taʼminlashga qaratilgan kurashga oid maqsad va boshqaruv printsiplari belgilab berilgan. Rivojlanish borasida qashshoqlikni kamaytirish, kasalliklar, ocharchilik, savodsizlik va genderga oid kamsitishlarga qarshi kurashga qaratilgan muayyan vazifalar qoʻyilgan. Ularni amalga oshirish muddatlari aniq belgilangan: koʻpchilik vazifalar 2015-yilning oxirigacha amalga oshishi kerak. Mingyillik deklaratsiyasida belgilab olingan rivojlanish yoʻlidagi maqsadlar hozir milliy, regional va xalqaro miqyosdagi ijtimoiy va iqtisodiy rejalashtirishda oʻziga xos hisob nuqtasi sifatida keng qoʻllanilmoqda; mazkur maqsadlar fuqarolik jamiyati, hukumatlar va faoliyati koʻpqirrali tashkilotlarni birlashtiruvchi umumiy gʻoya sifatida xizmat qilyapti.
Kofi Annan Bosh kotib lavozimiga ikkinchi marta saylanganidan soʻng Mingyillik deklaratsiyasida beligila berilgan vazifalarni amalga oshirishni Kotibiyat oʻz faoliyatining bosh maqsadi sifatida qabul qilishi lozimligi haqida koʻrsatma berdi. Kotibiyat xalqaro hamjamiyatning bu boradagi faolligini qoʻllab-quvvatlashga oid xatti-harakatlarini kuchaytirdi. Ming-yillik deklaratsiyasida belgilangan rivojlanish yoʻlidagi maqsadlarini amalga oshirish borasida qanday ishlar amalga oshirilishi lozim va ularning ijrosi uchun kimlar masʼulligi qayd etilgan va barcha amal qilishi lozim boʻlgan yoʻnalishlarni aniqlash 2000-yilning sentabrida boshlangan edi. Bir-yil oʻtgach, rivojlanish yoʻlidagi maqsadlarining bajarilish jarayoniga oid dastlabki-yillik hisobot chop etildi. Unda rivojlanishga oid sakkiz sohasi boʻyicha jahon miqyosida va muayyan mintaqalarda erishilgan ijobiy natijalar yoki boy berilgan imkoniyatlardan dalolat beruvchi asosiy tendentsiyalar oʻz ifodasini topgan edi. Amalga oshirilgan ishlar haqidagi bunday hisobotlar 2015-yilgacha har-yili chop etib boriladi27.

Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, Sammit ishtirokchilari yakdillik bilan qabul qilgan deklaratsiyada 2015-yilgacha ta’minlashda, Bosh Assambleya va BMT boshqa organlari qarorlari amalda bajarilishida yordam beradi. Kotibiyat quyidagi departamentlar va boshqarmalarga boʻlinadi: Siyosiy masalalar va Xavfsizlik Kengashi ishlari departamenti, Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti, Vasiylik va oʻz-oʻzini boshqarmaydigan hududlar departamenti, Nazorat boshqarmasi, Xodimlar boshqarmasi, Bosh kotibning maʼmuriy idorasi, Ijtimoiy axborot boshqarmasi, Konferensiyalarga xizmat qilish boshqarmasi, Umumiy xizmat boshqarmasi, BMTning Jeneva boʻlimi. BMT sessiyasi yilda bir marta chaqiriladi. Xavfsizlik Kengashining yoki BMT aʼzolari koʻpchiligining talabi bilan har qanday masala yuzasidan maxsus sessiyalar chaqirilishi mumkin.
Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qilganidan keyin koʻp oʻtmay—1992-yil 2-martda BMTga aʼzo boʻldi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi koʻtarildi. BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi (1993.24.8). BMTda Oʻzbekiston Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi. Oʻzbekiston Respublikasi BMTning taʼlim, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti — YUNESKOga ham aʼzo boʻldi.. Oʻzbekiston oʻz ovozi va mavqeiga ega boʻlgan aʼzo sifatida BMT oldiga muhim va dolzarb masalalarni qoʻyyapti. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning BMT Bosh Assambleyasi 48-sessiyasida (1993-yil sentabr), BMT tashkil etilganining 50-yilligiga bagʻishlangan sessiyada (1995-yil oktabr), BMT Bosh Assambleyasining „Mingyillik sammiti“ (2000-yil sentabr) da soʻzlagan nutqlari dunyo jamoatchiligida katta qiziqish uygʻotdi. Xususan, ushbu xalqaro tashkilotning 20-asr soʻnggidagi eng yirik anjumanida Oʻzbekiston rahbari xalqaro terrorizm va narkobiznes bilan bogʻliq muammolarni hal etish; mintaqaviy xavfsizlik, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash; jahon xavfsizligi tizimini takomillashtirish, BMT faoliyati va tarkibiy tizimini isloh qilishga taalluqli takliflar bilan chiqdi.
Oʻzbekiston Respublikasi BMTning teng huquqli aʼzosi sifatida bu eng nufuzli xalqaro tashkilotning maqsad va qoidalariga qatʼiy amal qilmoqda.


Download 150,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish