1.2 BMT adolatni barqaror etish, inson huquqlari va xalqaro huquq borasida amalga oshirayotgan ishlari
Afrikada. Uzoq-yillar mobaynida Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni barqaror etish borasidagi saʼy-harakatlari, uch oʻnyillikka choʻzilgan Janubiy Afrikadagi aparteidga qarshi kurash kompaniyasini, Namibiyaning mustaqillikni qoʻlga kiritish jarayonini faol qoʻllab-quvvatlanishini, tinchlikni oʻrnatish boʻyicha amalga oshirilgan 18 operatsiya va saylovlar oʻtkazishni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator missiyalarni shu jumlaga qoʻshganda gʻoyat xilma-xil shakllarda amalga oshirildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Mozambikdagi qochoqlarning oʻz uylariga qaytishlariga yordam berdi, Somali va Sudanda insonparvarlik yordami koʻrsatdi va Buyuk koʻllar rayonida tinchlikni oʻrnatish boʻyicha diplomatik saʼy-harakatlar olib bordi. U Janubiy Saxara kelajagi toʻgʻrisidagi masala boʻyicha referendum tayyorlashga yordam bermoqda. Yaqinda Xavfsizlik Kengashi iltimosiga binoan Bosh kotib Afrika mamlakatlaridagi mojarolarning har tomonlama tahlilini mustahkam tinchlik oʻrnatishga maʼlum darajada yordam beradigan tavsiyalar bilan tayyorladi.
1999-yilda Xavsizlik Kengashi tinchlikni baqaror etish boʻyicha Serra-Leon va Kongo Demokratik Respublikasida ikkita yangi operatsiya tashkil etdi.
Osiyoda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kambodja mamlakatida 1992-1993-yillardagi keng koʻlamli operatsiyasi tugallanganidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi muassasa va tashkilotlari fuqarolik jamiyati, inson huquqlari va demokratiyani mustahkamlash borasidagi saʼy-harakatlarini davom ettirmoqdalar8.
Afgʻonistonda Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus missiyasi 1993-yildan buyon faoliyat koʻrsatmoqda. Uning vazifasi milliy yarash va uzoq davom etgan fuqarolar urushi natijasida izdan chiqqan xoʻjalikni tiklashga yordam berishdan iboratdir. Biroq, Bosh kotib va uning maxsus vakillarining qatʼiy diplomatik saʼy-harakatlariga qaramasdan mamlakatda juda katta insonparvarlik xarajatlarini talab qilayotgan harbiy harakatlar davom etmoqda, bu — Birlashgan Millatlar Tashkilotining afgʻon xalqiga yordam koʻrsatish tizimi faoliyatiga jiddiy taʼsir koʻrsatyapti.
Sharqiy Timorda BMT yordamida Indoneziya va Portugaliya oʻrtasida oʻtkazilgan, mazkur xududning maqomi borasida butunjaxon referendumi uchun yoʻl ochgan muzoqaralar 1999-yili may oyida yakunlanadi. Shu muzokaralarga binoan BMT missiyasi ovoz beruvchilarni roʻyxatga olish ishini kuzatib bordi va 1999-yilning avgustidagi bu referendumda Sharqiy Timor aholisining 78 foizi Indoneziyadan mustaqil boʻlish uchun ovoz berdi. Referendum yakunlari eʼlon qilinganda mustaqillikka qarshi turgan militsiya Sharqiy Timorning 200 ming aholisini oʻz uylarini tashlab ketish uchun majburlashga harakat qildi. 1999-yilning sentabr oyida Xavfsizlik kengashi tartib oʻrnatishga yordam bergan xalqaro xavfsizlik kuchlarini junatish uchun qaror qabul qildi. BMTning muvaqqat maʼmuriyati xalqaro kuchlarni almashtirdi va ayni paytda Sharqiy Timorda mustaqillikni amalga oshirish jaroyonini kuzatib bormoqda9.
Yevropada. Birlashgan Millatlar Tashkiloti qariyb 4 million kishiga favqulodda insonparvarlik yordami koʻrsatib sobiq Yugoslaviyadagi mojarolarni bartaraf etishga astoydil harakat qilmoqda. 1991-yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti qurol-yarogʻ yetkazib berishga chek qoʻydi; ayni paytda Bosh kotib va uning vakili qon toʻkishni toʻxtatish uchun yoʻnaltirilgan diplomatik saʼy-harakatlar bilan yordam qila boshladi. 1992-yildan 1995-yilga qadar Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni barqaror etuvchi kuchlari Xorvatiyada tinchlik va xavfsizlikni tiklashga harakat qildilar, Bosniya va Gersegoviniya fuqaro aholisining xavfsizligini taʼminlashga yordam berdilar, shuningdek, sobiq Yugoslaviyaning Makedoniya respublikasi urush girdobiga tortib ketilmasligiga koʻmaklashdilar. 1995-yildagi Deyton (Parij) tinchlik bitimi tuzilganidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkilotining toʻrtta missiyasi bu hududda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlashga koʻmaklashdilar. Ularning birmuncha yirigi hisoblangan — Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sharqiy Slovoniya uchun muvaqqat maʼmuriyati Xorvatiya tarkibidagi bu hududning reintegratsiya jarayonini kuzatib turdi. Kosovoda (Yugoslaviya Federal Respublikasi) NATOning bombardimonlarini toʻxtatilganidan va Yugoslaviya qurolli kuchlari chiqarilganidan soʻng, 1999-yili bu yerda BMT muvaqqat xalqaro maʼmuriyat tashkil etdi. Xavfsizlik kengashi BMTning bu maʼmuriyatiga Kosovo xududi va xalqiga nisbatan barcha qonuniy, ijroiy va huquqiy vakolatlarga qadar bGʻlgan favqulodda vakolatlar yaratib bermoqda. Yevropa ittifoqi, Yevropa xavfsizligi va hamkorligi tashkiloti, BMTning qochoqlar ishi boʻyicha Oliy komissari va Birlashagan Millatlar Tashkiloti demokratik jamiyat hamda barqaror avtonomiya tashkil etishda Kosovo xalqi bilan ish olib bormoqda.
Amerika qitʼasida. Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni barqaror etish borasidagi faoliyati va uning tinchlikni oʻrnatish boʻyicha saʼy-harakatlari Markaziy Amerikada paydo boʻlgan toʻqnashuvni bartaraf etishda katta rol oʻynadi. 1989-yili Nikaraguada tinchlik oʻrnatish borasidagi saʼy-harakatlar tufayli qarshilik koʻrsatish kuchlari ixtiyoriy tarzda tarqatib yuborildi va uning qatnashchilari oʻz qurollarini Birlashgan Millatlar Tashkilotiga topshirdi. 1990-yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti missiyasi Nikaraguadagi saylovlarni kuzatdi — bu, mustaqil mamlakatda Birlashgan Millatlar Tashkiloti kuzatuvida oʻtgan birinchi saylov edi.
Salvadordagi Bosh kotib vositachiligida oʻtgan tinch muzokaralar 12-yil davom etgan harbiy harakatlarga chek qoʻydi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni barqaror etish boʻyicha missiyasi barcha kelishuvlarning amalga oshirilishini kuzatib turishni taʼminladi. Gvatemalada Birlashgan Millatlar Tashkiloti yordamida tashkil etilgan muzokaralar tufayli 35-yillik fuqarolar urushi toʻxtatildi. Bugun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gvatemaladagi Nazorat komissiyasi keng koʻlamdagi tinchlik bitimlari toʻla-toʻkis amalga oshirilishini taʼminlash uchun daʼvat etilgan.
Gaitida demokratik yoʻl bilan saylangan mamlakat hukumatini qayta tiklash boʻyicha xalqaro chora-tadbirlar amalga oshirilganidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻz ishini milliy politsiyaga taʼlim berish bilan davom ettirmoqda.
Yaqin Sharqda. Birlashgan Millatlar Tashkiloti beshta oʻnyillik mobaynida (bu muddat davomida besh marta keng koʻlamdagi urush olovi alanga olgan) Arab — Isroil mojarosiga katta diqqat-eʼtibor bilan qarab keladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti haqqoniy va mustaqkam tinchlik oʻrnatish tamoyillarini muammoni hal etishning mustahkam asosi boʻlib qoladigan Xavfsizlik Kengashining 242 (1967) va 338 (1973) sonli ikkita tayanch rezolyutsiyalarida ishlab chiqdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti siyosiy muammolar asosida kelib chiqqan mojarolarni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan boshqa tashabbuslarni ham qoʻllab-quvvatladi va bu mintaqaga qator tinchlik oʻrnatuvchi missiyalar joʻnatdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1948-yilda tashkil etilgan birinchi harbiy kuzatuvchilari guruhi mintaqada bugungi kunda ham faoliyat koʻrsatib kelmoqda. 1956-yildagi Sues krizisi davrida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tinchlik oʻrnatish boʻyicha oʻzining birinchi kuchlarini tashkil etdi.
Hozirgi paytda mintaqada tinchlikni barqaror etuvchi ikkita missiya faoliyat koʻrsatmoqda. Ularning 1974-yilda tashkil etilgan bittasi Golan tepaliklarida Isroil va Suriya qurolli kuchlarini ajratib turadigan mintaqani nazorat etadi; 1978-yilda tuzilgan ikkinchisi barqarorlikni taʼminlashga va Livanning janubiy qismida yashayotgan aholi himoya qilinishini taʼminlashga yordam beradi10.
Yaqin Sharqning boshqa rayonlari haqida shuni aytish kerakki, 1991-yili Quvayt mustaqilligi tiklanganidan keyin Birlashgan Millatlar Tashkilotining kuzatuvchilar missiyasi Iroq va Quvayt oʻrtasidagi qurolsizlantirilgan mintaqaning nazorat qilinishini taʼminlamoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti saʼy-harakatlari tufayli dunyoni bizning hammamiz uchun yanada bexatar va sogʻlom, yanada istiqbolli va pok qilish uchun hukumatlar bilan yuzlab koʻptomonlama shartnomalar tuzilgan. Xalqaro huquq normalarining bu kengqamrovli majmui va inson huquqlari standartlarining ishlab chiqilishi Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng ulkan yutuqlari hisoblanadi.
Inson huquqlari. 1948-yili Bosh Assambleya tomonidan qabul qilingan Inson huquqlari deklaratsiyasida barcha erkak va ayollar uchun umumiy boʻlgan asosiy huquq va erkinliklar, jumladan, yashash, ozodlik va fuqarolik huquqlari, fikr, vijdon va din erkinliklari, mehnat qilish, bilim olish va boshqarishda ishtirok etish huquqlari eʼlon qilingan11.
Ishtirokchilari koʻpchilik davlatlar hisoblangan ikki xalqaro bitim bu huquqlarga yuridik jihatdan majburiy xarakter kasb etadi. Bitimlarning biri iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar. Ikkinchisi esa — fuqarolik va siyosiy huquqlarga bagʻishlangan. Deklaratsiya bilan birgalikda ular inson huquqlari haqidagi Xalqaro billni tashkil etadi.
Deklaratsiya inson huquqlari borasida, jumladan, irqiy kamsitish va xotin-qizlarni kamsitishga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiya; bolalar huquqlari haqidagi konvensiya, qochoqlik maqomi va genotsidga barham berish, oʻz taqdirini oʻzi hal etish, zoʻravonlik bilan yoʻqotib yuborish toʻgʻrisimdagi deklaratsiyalar va taraqqiyot huquqi kabi 80 dan ortiq konvensiya va boshqa deklaratsiyalarni tayyorlash uchun poydevor qoʻydi.
Normalarni ishlab chiqish faoliyati nihoyasiga yetayotgan ayni paytlarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻzining inson huquqlari borasidagi ishlarida asosiy eʼtiborni joriy etilgan normalarni hayotga tatbiq etilishiga qaratmoqda. Inson huquqlari boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi butun faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Oliy komissar har qanday buzgʻunchilikning oldi olinishi, har qanday jinoyat taftish etilishiga erishib, inson huquqlari yanada yaxshiroq muhofaza qilinishini taʼminlash maqsadida hukumatlar bilan hamkorlik qiladi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari boʻyicha komissiyasi hukumatlararo organ hisoblanib, davlatlar tomonidan inson huquqlarini himoya qilishga bagʻishlangan masalalarni ommaviy koʻribigʻish ishlarini amalga oshiradi. U inson huquqlari buzilgan muayyan holat toʻgʻrisida maʼruza taqdim etish uchun yoki baʼzi bir mamlakatdagi inson huquqlari sohasidagi ahvolni oʻrganish uchun mustaqil ekspertlar — „maxsus maʼruzachilar“ tayinlaydi. Jeneva-dagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Boʻlimida keng jamoatchilik uchun inson huquqlari buzilganligi haqidagi axborotlar beradigan faksimal aloqaning bevosita ochiq liniyasi (41-22-917-0092) faoliyat koʻrsatmoqda12.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari boʻyicha tashkilotlari ilgaridan ogohlantirish va mojarolarning oldini olish, turli tadbirlarini qoʻllash, shuningdek, kelishmovchiliklarning tub ildizlarini qirqishga yoʻnaltirilgan saʼy-harakatlarni amalga oshirish yoʻllari bilan faoliyat koʻrsatadi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikni saqlash borasidagi qator komissiyalari inson huquqlari komponenti bilan joylashtirilgan: shunday komponent, jumladan, Gruziyadagi va Gvatemaladagi missiyalar tarkibida mavjud. Gaitida esa bu ish Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Amerika davlatlari tashkilotining birgalikdagi operatsiyalari doirasida olib boriladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari sohasidagi barcha tadbirlari hozirgi paytda 27 mamlakat va hududlarning turli joylarida amalga oshirilmoqda13.
Inson huquqlariga gʻoyat katta hurmat-eʼtibor Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyotga yordamlashish borasidagi saʼy-harakatlarida yana ham sezilarli oʻrin egallaydi. Jumladan, taraqqiyot huquqi oʻzida barcha fuqarolik, madaniy, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy huquqlarni mujassam etgan dinamik jarayonning muhim unsuri sifatida olib qaraladi va bu — jamiyatning barcha aʼzolari farovonligining oshishiga yordam beradi. Taraqqiyot huquqining kalitini topish — qashshoqlikka barham berish bilan izohlanadi, bu esa, oʻz navbatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy maqsadlaridan biridir.
Xalqaro huquq. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi Birlashgan Millatlar Tashkiloti oldiga xalqaro huquq va uning kodifikatsiyasini ilgʻor taraqqiyot yoʻliga burishdan iborat aniq vazifa qoʻygan. Bu ishning natijasi hisoblangan konvensiyalar, shartnomalar va normalar xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga yordam berish uchun asos yaratadi. Bu konvensiyalarni ratifikatsiya etgan davlatlar huquqiy jihatdan uni bajarishga majburdirlar14.
Xalqaro huquq komissiyasi xalqaro huquqiy mavzudagi hujjatlar loyihalarini tayyorlaydi, ular keyin konvensiyaga qoʻshilishi va davlatlarning ratifikatsiyasi uchun zarur boʻlishi mumkin. Bu konvensiyalarning baʼzilari davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarni reglamentga solish huquqiy normalarining asosini tashkil etadi. Jumladan, diplomatik aloqalar haqidagi konvensiya, xalqaro ochiq suv oqimlaridan foydalanish turlarini reglamentlaydigan konvensiya shunday hujjatlardandir. Dengiz huquqi boʻyicha konvensiya barcha mamlakatlarga Dunyo okeani boyliklariga teng huquq bilan kirib borish, uni ifloslanishdan muhofaza qilish va kema qatnovi hamda tadqiqotlar erkinligiga yordam berish uchun yoʻnaltirilgan. Giyohvandlik vositalarini noqonuniy aylantrishga qarshi kurash haqidagi konvensiya giyohvand moddalarni tarqatishga qarshi kurashda gʻoyat muhim xalqaro-huquqiy vosita hisoblanadi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining xalqaro savdo huquqi boʻyicha komissiyasi oʻzaro muvofiqlashtirish va xalqaro savdo sohasida huquqiy normalarni tayyorlashga yordamlashish maqsadida qoida va boshqarish tamoyillarini ishlab chiqmoqda. Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqaro ekologik huquqni ishlab chiqish kashshofi hamdir. Yerlarning choʻlga aylanishiga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya, xavfli chiqindilarni tashish haqidagi konvensiya kabi kelishuvlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining atrof muhit dasturida oʻz takomilini topmoqda.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashtirilgan muassasalari tomonidan terrorizmga qarshi kurashning asosiy huquqiy quroli hisoblangan xalqaro bitim ishlab chiqildi.
Jazosizlikka chek qoʻyiladi. Sobiq Yugoslaviyadagi harbiy harakatlar davomida yuz bergan koʻplab inson huquqlarini buzish normalari Xavfsizlik kengashini ushbu mojaroda 1993-yili harbiy jinoyatlar sodir etganlikda ayblangan shaxslarni sudlash uchun xalqaro tribunal tashkil qilishga majbur etdi. 1994-yili Kengash Ruandadagi genotsidda ayblanganlarning ishlarini koʻrib chiqish uchun yana bir tribunal tashkil etdi. Ushbu tribunallar ayblanganlarning ishlarini koʻrib chiqish boʻyicha qator sud majlislari oʻtkazdilar. 1998-yil Ruanda boʻyicha tribunal tarixda birinchi marta genotsid jinoyatiga oid ishlar uchun xalqaro sud tashkilotining verdiktini, yaʼni tarixda ilk bor mazkur jinoyat boʻyicha hukmni eʼlon qildi. Sobiq Yugoslaviya boʻyicha tribunal, shuningdek, Kosovodagi mojarolar paytida sodir etilgan jinoyatlarni koʻrib chiqayapti.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng asosiy maqsadlaridan biri — inson huquqlari keng koʻlamda buzilgan hollarda buning uchun javobgarlik masʼuliyatini barqaror etish uchun xalqaro mexanizm tashkil qilish ishi hukumatlar Xalqaro jinoiy sud tashkil etishga rozilik bildirishganlaridan soʻng, 1998-yilda amalga oshdi. Genotsidda ayblanganlarni va insoniylikka qarshi qilingan boshqa jinoyatlarni jazolash uchun Sudda barcha zarur vositalar mavjud. Xalqaro hamjamiyat Sud tashkil etish uchun ovoz berib, kimki jinoyat sodir etsa, jazoni chetlab oʻtishga, qasosdan qutulib qolishga umid bogʻlamasligi zarurligini qoʻllab-quvvatladi. Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti xalqaro insonparvarlik huquqi sohasida qator konvensiyalar ishlab chiqishga oʻz hissasini qoʻshdi.
Adolat va tenghuquqlilikni barqaror etish borasidagi turli chora-tadbirlar 1945-yili oʻz egalari boshqarmaydigan hududlarda 750 million kishi yashar edi. Ushbu son bugungi kunda 1,3 millionni tashkil etadi. Bu gʻoyat jiddiy tadbir Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qaram hududlarda yashayotgan xalqlar orzu-umidlarining qoʻllab-quvvatlanganligi va ularning mustaqillikni tezroq qoʻlga kiritishlari uchun berilgan yordam tufayli amalga oshdi. Bosh Assambleya qaram mamlakatlar va davlatlarga mustaqillik berish toʻgʻrisida Deklaratsiya qabul qilgan 1960-yildan buyon 60 ga yaqin sobiq qaram hududlarda yashayotgan xalqlar mustaqillikka erishdilar va Birlashgan Millatlar Tashkilotining toʻla huquqli aʼzolariga aylandilar. Assambleya oʻz oldiga 2000-yilgacha kolonializmdan xalos boʻlish maqsadini qoʻygan.
Oʻttiz-yildan ortiq muddat davomida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan olib borilgan muayyan operatsiyalar majmui tufayli aparteid singari butun dunyoga maʼlum boʻlgan Janubiy Afrikadagi irqiy segregatsiya tizimiga barham berildi. 1994-yili Birlashgan Millatlar Tashkiloti missiyasi kuzatuvchilari ishtirokida bu mamlakatda barcha irqlar vakillari uchun ochiq boʻlgan birinchi saylovlar oʻtkazildi.
Birlashlan Millatlar Tashkiloti tashkil topgan kunlaridanoq barcha xalqlar tinchligini barqaror etish va barcha shakllardagi irqchilikka qarshi kurashish ustida ish olib boradi. Bosh Assambleya qaroriga muvofik 2001-yilda Janubiy Afrikada irqchilik, irqiy kamsitishlar, ksenofobiya va shu kabilarga toqat qilib boʻlmaslik masalalariga bagʻishlangan konferensiya oʻtkaziladi15.
Do'stlaringiz bilan baham: |