(Jahon mamlakatlari bo‘yicha) yo‘nalishi
19.76 c guruh talabsi Rayimova Shohistaning
JAHON TARIXI FANIDAN « IKKINCHI INGLIZ-AFGʻON URUSHI.» mavzusidagi
KURS ISHI Ilmiy rahbar: O. Rahmonova. Fаrg‘оnа shahri – 2021– 2022 o`quv yili.
Mavzu:. Ikkinchi Ingliz-Afgʻon urushi. Mundarija Kirish I BOB. XIX asrlarda Afg`onistondagi ijtimoiy - siyosiy hayot…………………………………4
1.1. Afg`onistonning Angliyaga yaqinlashish siyosati………………4
1.2. Do`stmuhammad vafotidan keyingi jarayonlar……………………..11
II.BOB. Ingliz – Afg`on munosabatlarning yomonlashishi. ……………13 2.1. Birinchi Ingliz – Afg`on urushi. …………………………………….13
2. Ikkinchi Ingliz – Afg`on urushi. ..................................................19
Xulosa va Takliflar…………………………………………28 Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………29 Kirish Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda dunyodagi voqea-hodisalar shiddat bilan o'zgarib borayotgan bir sharoitda sharq mamlakatlari tarixiga bag‘ishlangan o‘quv adabiyotlari davriy jihatdan eskirib borayotgani talabalami o‘zbek tilidagi yangi o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash masalasining dolzarbligini oshirmoqda. Chet tillaridagi adabiyotlarda sharq mamlakatlari tarixi turli xil nigohda va mafkuraviy o‘zanda yozilgan. Shu bois xorijiy tillardagi yangi adabiyotlarga asoslangan holda Sharq mamlakatlari tarixini o'rganish va ulami tahlil qilish orqali yangi o‘quv qo‘llanmalarini yaratish muhim vazifa bo‘lib qolmoqda. Afg‘oniston tarixi keng xronologik davmi o‘z ichiga oladi. Afg'onistonda mahalliy aholi va ko‘chmanchi xalqlar o‘rtasidagi o'zaro munosabatlar, to‘qnashuvlar va kurashlar, qadimgi va o‘rta asrlarda sharq tarixida katta ro’l o’ynagan,ijtimoiy bezagan munosabatlar, to‘qnashuv va kurashlar makoni bo‘lgan. Ming yillar davomida Xitoy imperiyasidan boshlanib, 0‘rtayer dengizi sohillariga borib tutashgan karvon yo‘llari forsiyzabon xalqlar yashagan viloyatlar orqali o‘tib borgan. Shu sababdan ulaming xalqaro savdo-sotiq va madaniyatlar almashinuvidagi o‘mi muhim bo'lgan. Afg'oniston hududida ilk odamlar qadimgi tosh davri - paleolit davridan yashab kelishgan. Ayniqsa, Afg‘oniston hududidagi tog‘li hududlar va tog'lar orasidagi sovuqdan pana iliq vodiylar qadimgi odamlaming yashashlari uchun qulay yerlar bo‘lgan. Markaziy Oiyoning yuragi sanalgan Afg`onistonni egallash borasida juda ko`plab yurishlar amalgam ishirilganligini inobatga olgan holda ushbu kurs ishi orqali Ingliz – Afg`on urushlari haqidagi ma`lumotlarni tadqiq etishni ko`zladik.