O‘zbekistonning sug‘oriladigan (sho‘rlangan tuproqlardan tashqari) barcha yerlarida ekib o‘stirish mumkin.
Arslonquyruqdan yuqori hosil yetishtirish uchun uni unumdor suv bilan yaxshi ta’minlangan yerlarga ekishni tavsiya qilamiz. Haydab ekilayottan ekinlardan bo‘shagan yerlarga ekish maqsadga muvofiq bo‘ladi.Arslonquyruq yog‘ochlangan ildizpoyali, ildiz tizimi yuza, ya’ni tuproqning 20 sm qatlamida tarqalgan ko‘p yillik o‘tsimon o‘simlik bo‘lganligi uchun uni kuzda va erta bahorda ham ekish mumkin.
YErlarni kuzda haydashdan oldin gektar hisobiga 30 tonna go‘ng va 50 kg superfosfat o‘g‘iti bilan oziqlantirib 20—25 sm chuqurlikda haydab qo‘yiladi.
Arslonquyruq asosan urug‘dan ko‘paytiriladi. Kech kuzda quruq urug‘lar gektariga 12—18 kg dan ekiladi va erta bahorda 7—8 kg dan stratifikatsiya qilinib 1,5—2 sm ekiladi.
Sug‘oriladigan yerlarga urug‘ ekilgandan keyin 60—70 sm oraliqda sug‘orish egatlari olinadi va ketma-ket sug‘oriladi.
Urug‘ni go‘ngga yoki daraxt qipig‘iga aralashtirib ekilsa bahorda yog‘adigan yomg‘irlardan) qatqaloq hosil bo‘lmaydi va urug‘lar to‘liq unib chiqadi. Urug‘ ekilgandan 15—20 kun keyin maysa chiqa boshlaydi.
Arslonquyruqni birinchi yili parvarish qilishda, qo‘lda o‘toq qilinadi, oralari yumshatiladi, ya’ni kultivatsiya qilinadi va o‘simliklarni oralarini siyraklashtirish uchun yagana qilinadi.
O‘simliklar oralig‘i 15—20 sm dan qilib va har bir uyaga 1—2 tadan o‘simlik qoldiriladi. To‘pbarg gul chiqargandan keyin kultivatsiya qilish bilan birga gektar hisobiga 50—60 kg dan azot va 20 kg dan kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi va sug‘oriladi. Ikkinchi va uchinchi oziqlantirish shonalash va gullash fazalarida gektariga 30 kg azot, 20 kg fosfor va 30 kg kaliy o‘g‘iti bilan oziqlantiriladi. Bu davrda o‘simlikning o‘g‘itga bo‘lgan talabchanligi eng yuqori bo‘ladi va poyalari 2—2,5 metrga yetib qoladi. Vegetatsiya davomida arslonquyruq 7—8 marta sug‘oriladi va jami 110 kg azot, 80 kg fosfor va 60 kg kaliy o‘g‘iti beriladi.
Uning xomashyosi barg, gul shonalari bilan birgalikda 40 sm uzunlikdagi poyasidir. Ko‘pchilik o‘simliklarda to‘pgullari quyi qismlaridagi gullarining uchdan ikki qismi qiyg‘os gullaganda, to‘pgullarning yuqori qismi shonalayotgan davr xomashyoning to‘la yetilgan vaqti hisoblanadi. Urug‘lari to‘liq yetilganida xomashyo sifati buziladi.
Xomashyoni poyasini 35—80 sm oralig‘ida qirqish imkonini beradi, ya’ni uning vositasida arslonquyruq poyasini o‘rtacha 50 sm balandlikda qirqish mumkin. Xomashyoni qayta jihozlangan kombaynlarda yig‘ish mumkin. Birinchi yili uning hosildorligi gektariga o‘rtacha 25 sentnerni, keyingi yillarda 35 sentnerdan hosil yig‘ib olish mumkin. Urug‘larning hosildorligi o‘rtacha gektariga 5—6 sentnerni tashkil qiladi. Bir dalada arslonquyruqni 3—4 yil saqlash mumkin. Uning xomashyosi soya yerda quritiladi.