O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta- maxsus ta‟lim vazir ligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti ro‟yxatga olindi


Fizik kattaliklarning o`lchov sistemalari



Download 6,7 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/168
Sana30.03.2022
Hajmi6,7 Mb.
#517574
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   168
Bog'liq
kimyoviy injiniring jarayonlari va qurilmalari fanidan v-mavsum uchun

Fizik kattaliklarning o`lchov sistemalari 
 
Har qanday jarayon va qurilmalarni hisoblashda moddalarning fizik xususiyatlarini (zichlik, 
solishtirma og‘irlik, qovushqoqlik va boshqalar) va modda holatining harakatini xarakterlovchi 
kattaliklar (tezlik, bosim, temperatura va boshqalar) ni bilish kerak. 
1980 – yilga qadar fizik kattaliklar miqdorini ifodalash uchun asosan SGS, MKGSS va boshqa 
o`lchov birliklar sistemalaridan foydalanilar edi. Texnologiya jarayonlarini o`rganishda turli o`lchov 
birliklaridan foydalanish hisoblash ishlarini qiyinlashtiradi va qo`pol xatoliklarga olib keladi. Chunki 
bunda kattaliklarni bir sistemadan boshqasiga o`tkazish ehtiyoji tug‘iladi, natijada hisoblarda ham 
jiddiy xatolarga yo`l qo`yilishi mumkin. 
Respublikamizda va bir qancha chet davlatlarda o`lchov birligining yagona sistemasi sifatida 
1980 yilning yanvaridan boshlab universal Xalqaro birliklar sistemasi (SI) qabul qilindi. SI ning joriy 
etilishi bilan shu sistemada nazarda tutilgan va uning tarkibiga kirmaydigan birliklarning ilmiy - 
tadqiqotlar natijalarini hisoblashda, ishlab chiqarish qurilmalarini loyihalashda, shuningdek, o`quv-
ta`lim ishida qiyinchilik tug‘dirayotgan o`lchov birliklaridagi xilma-xillikka barham berildi. 
SI ning avvalgi sistemalarga nisbatan muhim afzalligi shundaki, u universal, o`lchov birliklari 
birxillashtirilgan; asosiy, qo`shimcha va ko`pchilik hosilaviy birliklarni amaliyot uchun qulay 
o`lchamlarga mujassamlashtirilgan sistemadir. SI da yettita asosiy kattalik va shularga mos yettita 
asosiy (o`lchamlari maxsus ta`riflar bilan belgilangan) birlik, shuningdek ikkita qo`shimcha, 
anchagina hosilaviy kattaliklar va ularga mos qo`shimcha hamda hosilaviy birliklar bor. Xalqaro 
birliklar sistemasining asosiy kattalik va birliklari quyidagilar: uzunlik birligi – metr (m), massa 
birligi – kilogramm (kg), vaqt birligi – sekund (s), elektr toki kuchi birligi – amper (A), 
termodinamik temperatura birligi – kelvin (K), yorug‘lik birligi – kandela (kd), modda miqdori birligi 
– mol (mol). 
O`lchov va tarozilar XIV Bosh konferentsiyasi qarori bilan bosim va mexanik kuchlanish 
birligi uchun mustaqil o`lchov paskal (Pa) qabul qilingan. Paskal – kuchga perpendikulyar bo`lgan 
1m
2
yuzaga tekis taqsimlangan 1 N kuchdan hosil qilingan bosimga teng.
Bulardan tashqari, xalqaro birliklar sistemasining karrali va ulushli qiymatlaridan ham keng 
foydalaniladi. Bunda tegishli birlikning son qiymatini 10 soniga ko`paytirib yoki bo`lib mos holda 
karrali yoki ulushli birlik hosil qilinadi. Karrali va ulushli birlik nomi dastlabki birliklar nomlariga 
old qo`shimchalar qo`shish yo`li bilan olinadi. Birliklarning dastlabki nomiga ikki va undan ortiq old 
qo`shimcha qo`shish mumkin emas. Masalan, mikromikrofarad, ya`ni ―faradning milliondan bir 
ulushidan milliondan bir ulashi‖ iborasi o`rniga pikofarad (pF) ni ishlatish lozim. Pikofarad 10
-12

ga, ya`ni faradning milliondan bir ulushiga teng.

Download 6,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish