O‘t oldirish tizimining tavsifnomasi va uni yaxshilash
O‘t oldirish g‘altagining ikkilamchi chulg‘amida induktsiyalangan kuchlanishning maksimal qiymati dvigatelning aylanishlar chastotasi va silindrlar soniga bog‘liqligi o‘t oldirish tizimining tavsifnomasi deb ataladi , ya’ni U2max = f ( n ,z ).
To‘rt taktli dvigatellarda tirsakli val ikki marta aylanganda hamma silindrlarda o‘t olish jarayoni sodir bo‘lishi kerak. Shuning uchun bu vaqt ichida o‘t oldirish tizimida hosil bo‘ladigan uchqunlar soni dvigatelning silindrlar soniga teng bo‘lishi kerak. Demak, agar dvigatelning aylanishlar chastotasi n bo‘lsa,
1 sekundda hosil bo‘ladigan uchqunlar soni quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:
z n
2 60
n z .
120
Har bir uchqunga uzgich kontaktlari tutashib va uzilib turish vaqtlarini (tt , tu) o‘z ichiga olgan bir davr
T to‘g‘ri keladi. U holda uzgich ishining bir davriga to‘g‘ri keladigan vaqti
T t
t tu
120 . c
n z
Kontaktlar tutashib turish vaqti tt uzgich ishidagi to‘la davrning bir qismini tashkil qiladi, ya’ni:
t kT k 120 , c. (5.6)
t n z
Bunda k - uzgich kulachogining shakliga bog‘liq bo‘lgan kattalik bo‘lib, u kontaktlarning tutashib turish koeffitsienti deb yuritiladi.
Demak, uzgich kontaktlarining tutashib turish vaqti tt dvigatelning aylanishlar chastotasi va silindrlar soniga bevosita bog‘liq ekan.
YUqorida keltirilgan, ikkilamchi kuchlanishning maksimal qiymati U2max ni va uzilish toki Iu ni ifodalovchi (5.3), (5.4) formulalardan:
Rt
U 2 max Iu
U 1 e L t
Hosil bo‘lgan ifodani (3.6) formula bilan birgalikda tahlil qilib, quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
Dvigatelning aylanishlar chastotasi ortishi bilan uzgich kontaktlarining tutashib turish vaqti kamayadi, birlamchi tok o‘zining maksimal qiymatiga erisha olmaydi va uzilish toki Iu ning qiymati kamaya boshlaydi. Uzilish toki Iu ning kamayishi ikkilamchi kuchlanish U2max ning ham pasayishiga olib keladi.
Silindrlar sonining oshirilishi ham uzgich kontaktlarining tutashib turish vaqtini kamaytiradi va demak, uzilishi toki Iu , ikkilamchi kuchlanish U2max ham pasayadi.
Kontaktli o‘t tizimining ishchi tavsifnomasi 5.4-rasmda keltirilgan. Dvigatel aylanishlar chastotasining juda past qiymatlarida (n<1000) birlamchi chulg‘amdagi tok o‘zining maksimal qiymatiga erishishga ulguradi va aylanish chastotasi qiymatlarining bu chegarasida ikkilamchi kuchlanish eng katta qiymatga erishib, o‘zgarmas bo‘lishi kerak (5.7-rasmda, yuqoridagi gorizontal punktir chiziq). Amalda esa aylanish chastotasining past qiymatlarida ham ikkilamchi kuchlanishning kamayishi kuzatiladi, chunki kontaktlarning uzilish tezligi kamayib ketishi natijasida ular orasida uchqun hosil bo‘la boshlaydi va energiyaning bir qismi shu jarayonga isrof bo‘ladi. Agar 5.7-rasmda dvigatel me’yorida ishlashi uchun zarur bo‘lgan ikkilamchi kuchlanishning minimal qiymatidan ( 11000 V) gorizontal chiziq o‘tkazsak, bu chiziqning tavsifnoma bilan kesishgan nuqtasi aylanish chastotasining maksimal qiymatini ( nmax ) belgilaydi. Aylanish chastotasining bundan katta qiymatlarda o‘t oldirish g‘altagi zarur kuchlanishni avj oldira olmaydi va silindrlardagi yonilg‘i aralashmasini o‘t oldirishda uzilish sodir bo‘la boshlaydi. 5.4- rasmdan ko‘rinib turibdiki, z=6 bo‘lgan dvigatellarda o‘t oldirish tizimining aylanishlar chastotasi bo‘yicha ishlash chegarasi nmax , z=4 bo‘lgan dvigatellarga nisbatan kam bo‘ladi. Bu, uzgich kulachogi qirralari silindrlar soniga mos ravishda oshirilishi (ya’ni 6 ta bo‘lishi) tufayli, bir davr ichida kontaktlarni uzilib- tutashish soni ortishi va, natijada, birlamchi zanjirdagi uzilish toki Iu qiymatinining kamayishi bilan bog‘liq.
Demak, dvigatelning aylanishlar chastotasi va silindrlar soni ortishi bilan o‘t oldirish tizimi zarur yuqori kuchlanishni avj oldirishi qiyinlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |