O'zbekiston respublikasi oliy va maxsus ta'lim vazirligi mirzo ulug'bek nomida o'zbekiston milliy universiteti fakultet



Download 56,52 Kb.
bet6/11
Sana31.12.2021
Hajmi56,52 Kb.
#233803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Vulqonlar, ularning turlari, vulqanik jinslarning yotish shakllari

Qattiq vulkan mahsulotlari vulkan bombalari, lapillilari, vulkan qumi va kulidan iborat bo‘ladi. Vulkan harakati vaqtida ular kraterdan 500-600 m/c tezlikda otilib chiqadi.

Vulkan bombalari - o‘lchami ko‘ndalangiga bir necha santimetrdan 1 m va undan ortiq bo‘lgan qotgan lavaning parchalaridir (82-rasm). Ularning massasi bir necha tonnani tashkil etishi mumkin (79 yili Vezuviyning otilishida vulkan bombalarining massasi o‘nlab tonnalarni tashkil etgan). Ular portlash orqali kechadigan vulkan harakati vaqtida magma tarkibidagi gazlarning juda tez ajralib chiqishi tufayli hosil bo‘ladi.

Vulkan bombalari ikki turli bo‘ladi. Ulardan birinchisi qovushqoq va gazlarga to‘yinmagan lavalardan hosil bo‘ladi. Sovish jarayonida chiniqish qobig‘i shakllanib ulgurganligi tufayli yerga urilganda o‘zining to‘g‘ri sharsimon shaklini saqlab qoladi. Ikkinchi turi suyuq lavadan shakllanadi, havoga otilib harakatlanayotgan vaqtida turli g‘orayib shakllarga ega bo‘ladi va yerga urilganda shakli yanada murakkablashadi.



Lapillilar nisbatan kichik o‘lchamli bo‘laklar bo‘ladi. Ular shlak deb ataluvchi 1,5-3sm li turli-tuman shakllarni hosil qiladi.

Vulkan qumi o‘lchami 0,5 sm atrofida bo‘lgan nisbatan mayda donalardan tarkib topgan

O‘lchami 1 mm va undan kichik bo‘lgan zarralar vulkan kuli deyiladi, ular vulkan konusidan ancha uzoqlarda cho‘kmaga o‘tib, vulkan tuflarini hosil qiladi .

Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Tamboro vulkanidan 1815 yilda 150 km3, Koseguina vulkanidan (Markaziy Amerikada) 1835 yilda 50 km3, Taravera vulkanidan (Yangi Zelandiyada) 1886 yilda 1,5 km3 chaqiq jinslar otilib chiqib, krater atrofiga to‘plangan.

Vulkan krateridan otilib chiqadigan jinslar turli masofalarga tarqalib ketadi. Yirik jinslar kraterdan 500 m dan 10 - 20 km gacha, qum 200 - 300 km gacha, kul va chang 600 - 700 km va undan ham uzoqqa borib tushishi mumkin.

Vulkan jarayonlarini va mahsulotlarini muttasil kuzatish va tekshirish natijasida tarkibi har xil ekanligi aniqlangan. Otilib chiqayotgan vulkan mahsulotlarining miqdori, mahsulotlari turlarining nisbati (gaz, suyuq yoki qattiq) va lavaning qovushoqligi bo‘yicha vulkan otilishining gavay (effuziv), stromboli (aralash), gumbazli (ekstruziv) turlari ajratiladi.Gavay turi. Bunga Gavay orollaridagi va Islandiyadagi vulkanlar kiradi. Gavay orolida bir qancha vulkan kraterlari bor. Masalan, Xualalai (2521 m), Mauno - Loa va boshqalar yer yorig‘i ustida joylashgan. Ular orasida eng balandi Mauna - Loa vulkani bo‘lib, dengiz sathidan 4366 m baland. Bu vulkan 1843 yildan boshlab 1896 yilgacha har 2-3 yilda, ba’zan har yili otilib, o‘zidan va yon yoriqlaridan olivinli bazalt lava chiqarib turgan.


Download 56,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish