*talabalami axborot psixologik xavfsizligini ta'minlash.
*Milliy qonunchiligimizda yoshlarni nosog'lom axborotlardan
himoyalash
* Behayolik, shafqatsizlik va zo'ravonlik haqida hikoya qiluvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta'sir ko'rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etishlariga sabab bo'luvchi adabiyotlarni tarqatish, filmlarni namoyish etishning taqiqlash.
metod
vosita
|
_ i
|
r _
|
shakl
|
i
|
r
|
Kichik guruhlarda ishlash;
Juftlikda ishlash
Individual
Tadbirlar
Uchrashuvlar
Blinder lyorning
(aralash o'qitish )
Talabalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish strategiyasi; Sinkveyn SWOT taxlil FSMU T-jadval
Venn diagrammasi Nilufar guli BBB texnologiyasi Bumerang Zig zag Muz yorar Zinama-zina
Ma'ruza matni; darslik va o'quv qo'llanmalar;
lug'at;
kichik guruhlarda ishlash bo'yicha yo'riqnomalar;
ekspert topshiriqlar, slaydlar,
videoproyektor;
kompyuter;
II bob yuzasidan xulosalar
Bugungi kunda "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da qo'yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda talabalarni ijodiy fikrlashga o'rgatish muammosi oliy ta'limning o'z yechimini kutayotgan eng dolzarb muammolaridan biriga aylanib qoldi.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish oson ish emas. Bu muayyan yosh davrida tugallangan va esdan chiqariladigan vazifa ham emas. Shu bilan birga tanqidiy fikrlashni rivojlantiradigan yagona yo'l ham yo'q. Lekin tanqidiy fikr shakllanishiga yordam beruvchi muayyan o'quv to'plami mavjud. Uning uchun:
talabalarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish;
turli-tuman g 'oya va fikrlarni qabul qilish;
talabalarning o 'quv jarayonida faolligini ta 'minlash;
talabalarni kulgiga qolmaslikka ishontirish kerak;
har bir talabaning tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga ishonch hissini uyg 'otish;
tanqidiy fikrlashningyuzaga kelishini qadrlash lozim.
Talabalarning darsdan tashqari faoliyatini loyihalash vazifalariga tanqidiy fikrlashini shakllantirishda quyidagilarni kiritish mumkin:
ijtimoiy moslashuv doirasini tashkil etish va talabalarning ijtimoiy harakatchanligini ko'rsatish;
bo'lajak mutaxassislarning kasbiy moslashuvi uchun zaruriy shart- sharoitlar yaratish;
talabalarni mustaqil ravishda ta'limni davom ettirishga yo'naltirish;
xar bir talabaning qobiliyati, qiziqishi va ishtiyoklarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
talabalarlarga bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanishni va dam olishni o'rgatish.
III bob. Ta'lim tarbiya jarayonida zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishga qaratilgan tajriba-sinov ishlarining tavsifi va natijalari
3.1. Tajriba- sinov ishlarining borishi
Yoshlarda axborot madaniyatining shakllanishida jamiyat ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy taraqqiyoti, uning evolyutsion rivojlanishi muhim rol o'ynaydi. Shu munosabat bilan talaba yoshlarning ilm fan, ma'rifat ma'naviyat, odob-ahloqga hamda siyosiy ongiga asoslangan axborot madaniyatini shakllantirishda uzluksiz ta'lim tizimining tarkibiy qismlarining o'rni va roli beqiyosdir.
Birinchidan, uzluksiz ta'lim tizimi o'zini tarkibiy tuzilish bilan juda keng va ko'p qirrali asoslarga va vositalarga ega. Ularning har birida shaxs axborot madaniyatini shakllantirishning keng imkoniyatlariga ega bo'lgan ta'lim-tarbiya bo'g'inlari shakillangan o'ziga xos ichki tizimi mustahkamlangan. Bugungi uzliksiz ta'lim tizimini zamonaviy axborot vositalari va yangi pedagogik texnologiyalarsiz tasavvur etish mumkin emas. Shu turdagi ishlarga axborot madaniyatini shakllantirishda uzliksiz ta'lim tizimini rolini falsafiy ilmiy tahlil qilish keng qamrovli muammoni o'z ichiga oladi.
Ikkinchidan, muammoga mustaqil, tahliliy yondashuv o'zaro bog'liq bo'lgan mavzuni taqdim etishni taqazo etadi yani bir tomoni ta'lim tizimini tashkil etuvchi yo'nalishlarni, sohalar, muassasalarni faoliyatini umumiy tarzda tadqiq qilishni talab etlsa, ikkinchi tomondan ularning shaxs, va ularda axborot madaniyatini shakllantirishga yo'naltiridgan maqsad va vazifalarni analiz qilish zaruriyatini vujudga keltiradi.
Uchinchidan, bu o'rinda masalani to'laqonli tarkibda ko'zda tutilgan ya'ni ularni axbort madaniyatini tarbiyalash va shakllantirishdagi ahamiyat bilan uzviy bog'liqlikda bo'ladi. Talabalarda zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishni shakllantirishga yo'naltirilgan faoliyatni tashkil etish, bu borada samaradorlikka erishish yo'lida beriladigan bilimlar majmui yaratilgan. "Harbiy pedagogika va psixologiya asoslari" fani mavzulari asosida talabalarda zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishni shakllantirishda o'qituvchining pedagogik shart-sharoitlari ko'rsatilgan.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, talabalarda zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishni shakllantirish o'qituvchining tajribasi va pedagogik mahoratining yuksak bo'lishini talab etadi. Bu sharafli ishda o'qituvchining ilmiy pedagogik va ahloqiy obro'si, so'zi bilan ishining birligi, nazariy bilimga ega bo'lishi va talaba ruhiyatini yaxshi bilishi katta ahamiyatga egadir. Shu munosabat bilan ushbu bobda o'qituvchilarning dars jarayonidagi pedagogik mahorati hamda talabalarda zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishni shakllantirishning quyidagi modeli ishlab chiqilgan. Ushbu modelda zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishni shakllantirishning tuzilishi, xususiyatlari, o'zaro bog'liqligi ifodalangan.
2-Rasm. Talabalarda zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishni
shakllantirish modeli.
Ushbu model asosida talabalarda zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishni shakllantirish haqidagi bilim, ko'nikma va malakalar rivojlantirilgan.
Tajriba-sinov ishlarining tashkiliy-tayyorgarlik bosqichida tajriba maydonlari tanlandi, bosqichlari rasmiylashtirildi, respondentlar tajriba va nazorat guruhlariga ajratildi. Ishlanmalar tayyorlandi.
Tajriba-sinov ishlarida "Pedagogika va psixologiya asoslari" fanini o'qitish jarayonida talabalarda zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishni
shakllantirishning yo'l va vositalari ishlab chiqildi.
Tajriba-sinov ishlari doirasida tashkil etilgan har bir mashg'ulot va tarbiyaviy tadbirlarning samaradorligi aniqlandi. Respondent talabalarning fikrlari umumlashtirildi.
Talabalarda zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishni shakllantirish bo'yicha amalga oshirilgan tajriba-sinov ishlari va natijalari shuni ko'rsatadiki, ular "Pedagogika va psixologiya asoslari" fanining mohiyati va vazifalarini chuqur o'zlashtirish bilan birga, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Davlatimiz Konstitutsiyasi va ramzlarini hurmat qilish o'zlari-ning fuqarolik burchi ekanligini bildirishgan. Ularda ifodalangan ogohlik va fidoyilik haqidagi bilimlar borasida o'z fikrlarini bayon etganlar.
Talaba hamda o'qituvchilar ishtirokida suhbat, davra suhbati, debat, bahs- munozara, ma'ruza, konferensiya, amaliy seminar va treninglar tashkil etildi. Asoslovchi tajriba-sinov ishlarining natijalari asosida talabalar-da zararli axborotlar tahdidini bartaraf etishni shakllantirish haqidagi bilim va dunyoqarash rivojlandi. Biz talabalarda zararli axborotlar tahdidini bartaraf etish shakllanganligini yuqori, o'rta, past darajalarga bo'ldik.
Do'stlaringiz bilan baham: |