ASOSIY VOSITALARNING QABUL QILINISHI VA HISOBGA OLINISHI
Foydalanishga qo‘yilgan har bir obyekt uchun OS-1 raqami tipik shakldagi asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi yoziladi. Asosiy vositalar hisobi korxonalar buxgalteriyasida belgilangan nomenklaturada har bir inventar obyekti bo‘yicha yuritiladi.
Inventar obyekti deyilganda – ayrim vosita yoki ma’lum ishlab chiqarish funksiyasini bajarishga mo‘ljallangan buyumlar jami tu- shuniladi.
Hisobga qabul qilingan har bir asosiy vositalar obyektiga, masalan: binolarga 001 dan 099 gacha, inshootlarga 100dan 199 gacha, o‘tkazish qurilmalariga 200 dan 299 gacha va hokazo inventarlar raqami birik- tiriladi.
Buxgalteriya dalolatnomasi asosida OS–6 inventar kartochkasi ochiladi va unga obyekt haqidagi hamma ma’lumotlar yoziladi. So‘ngra inventar kartochkalari OS–7 shaklidagi maxsus ro‘yxatga asosiy vositalarni turkum guruhlari bo‘yicha ro‘yxat qilinadi. Ro‘yxat qilingan kartochkalarga asosiy vositalar kartochkalari joylashtiriladi.
Asosiy vositalar harakatini hisobga olish kartochkasi (8-shakl) joriy yilning boshida ochiladi. Bu ma’lumotlardan asosiy vositalar harakati oborot vedomosti tuzishda foydalaniladi.
Subyektning mulkiy huquqidagi asosiy vositalarning mavjudligi va
harakati foydalanishdagi, zaxiradagi, konservatsiya qilingan va joriy lizing bo‘yicha oborotlarni umumlashtirish aktiv 0100 – «Asosiy vositalar» schyotida hisobga olinadi. Schyotning debetida asosiy vositalarni dastlabki qiymatida hisobga olinishi, kreditida esa hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi.
Asosiy vositalarning tahliliy hisobini tashkil qilish Respublikamiz hududidagi va xorijdagi ushbu vositalarning mavjudligi va harakati haqida ma’lumotlar olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
Foydalanishdagi, zaxiradagi yoki ijaraga berilgan korxonaga qarashli asosiy vositalarning holati va harakatini hisobga olish 0100- «Asosiy vositalar», 0700- «O‘rnatiladigan asbob-uskunalar», 0800-«Kapital qo‘yilmalar» schyotlarida yuritiladi.
Asosiy vositalar foydalanishga qabul qilinganda quyidagi yozuvlar amalga oshiriladi:
D-t 0810, 0820, 0840 K-t D-t 0110-0190 K-t
Bepul qabul qilingan asosiy vositalarni montaj qilish, o‘rnatish bo‘yicha xarajatlar korxona hisobidan olib boriladi va 08-schyotda yuri- tiladi. Bepul olingan asosiy vositalarni keltirish bo‘yicha xarajatlar 2010, 2310, 2510-schyotlarida hisobga olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |