Ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa moliyaviy sarflar va sotish bo‘yicha xarajatlar, boshqaruv xarajatlari davr xarajatlari bo‘lib hisoblanadi.
Schyotlar rejasiga binoan davr xarajatlari quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
9410-«Sotish xarajatlari».
9420-«Ma’muriy xarajatlar».
9430-«Boshqa operatsion xarajatlar».
Bu schyotning debetida jamlangan summalar 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotiga o‘tkaziladi va schyot yopiladi. Qoldiq schyot- da qolmaydi.