BO‘LIM MAVZULARI YUZASIDAN TEST SAVOLLARI
Sotib olingan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar qiymatiga QQS hisoblanganda qanday provodka beriladi?
A. D-t 0100, 0900 K-t 6410
B. D-t 0800, 0900 K-t 6410
C. D-t 0100, 0500 K-t 6410
D. D-t 0100, 0400 K-t 6410
Asosiy ishlab chiqarishdagi ishlatilayotgan stanoklarga eskirish hisoblansa qanday provodka beriladi?
A. D-t 0190 K-t 0290
B. D-t 0290 K-t 0190
C. D-t 9429 K-t 0290
D. D-t 2010 K-t 0290
Qurib bitkazilgan ombor binosi dastlabki qiymatida asosiy vositalar hisobiga o‘tkazilsa qanday provodka beriladi?
A. D-t 0120 K-t 0810
B. D-t 0120 K-t 4610
C. D-t 9210 K-t 0120
D. D-t 0220 K-t 9220
Asosiy vositalar (mashina) hissa tariqasida dastlabki qiymatida ta’sischilardan qabul qilinsa qanday provodka beriladi?
A. D-t 0130 K-t 8530
B. D-t 0130 K-t 4610
C. D-t 0130 K-t 0820
D. D-t 0230 K-t 9210
Asosiy vositalar (kompyuter) boshqa korxonadan bepul olinsa (dastlabki qiymatda qanday provodka beriladi?
A. D-t 0150 K-t 0820
B. D-t 0150 K-t 4610
C. D-t 9210 K-t 0150
D. D-t 0150 K-t 8530
Sex binosiga eskirish summasi hisoblansa qanday provodka beriladi?
A. D-t 2010 K-t 0210
B. D-t 2510 K-t 0210
C. D-t 9423 K-t 0220
D. D-t 0220 K-t 9210
Asosiy vositalarning (mashina va uskunalar) dastlabki qiymati tugatish natijasida hisobdan o‘chirilsa qanday provodka beriladi?
A. D-t 0130 K-t 0820
B. D-t 9210 K-t 0230
C. D-t 9210 K-t 0130
D. D-t 2010 K-t 0230
Qurib bitkazilgan imoratlarni kirimga olish uchun qanday boshlang‘ich hujjat tuziladi?
Schyot faktura
Qabul qilish va topshirish dalolatnomasi
Talabnoma
Yo‘qlama ro‘yxati
Qanday asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi?
Traktorlarga
Imoratlarga
Mahsuldor mollarga
Avtomashinalarga
Asosiy vositalar kimning ko‘rsatmasi bilan qayta baholanadi?
Xo‘jalik rahbarining
Yuqori tashkilotning
Bosh buxgalterning
Bosh agranomning
Asosiy vositalarning baholanish tartiblari qanday?
Dastlabki qiymat, tiklash, qoldiq, tugatish qiymati
Bosh qiymat, tannarx, qoldiq, yakunlash qiymati
To‘la tiklash, amortizatziya, narxlash, bosh qiymati
Dastlabki qiymat, qoldiq qiymati, amortizatsiya, narxlash
Asosiy vositalarning harakatini hisobga olishda qanday shakldagi hujjatlardan foydalaniladi?
A. SB-1, SB-2, SB-3, SB-4
B. DB-1, DB-2, DB-3, DB-4
C. CB-1, CB-2, CB-3, CB-4
D. AV-1, AV-2, AV-3, AV-4
Asosiy vositalarning eskirishi qanday?
Ma’naviy, to‘la
Amortizatsion, qisman
Ma’naviy, jismoniy
Jismoniy, o‘zgaruvchan
Pudratchining schyot to‘lansa quyidagicha buxgalteriya provodkasi beriladi:
A. D-t 6010 K-t 5110
B. D-t 4310 K-t 5110
C. D-t 4510 K-t 5110
D. D-t 4610 K-t 5110
Qisqa muddatli ijara necha yil muddatga beriladi?
1 yilga
3 yilga
5 yilga
10 yilga
Nomoddiy aktivlarning sotilishi va boshqa hisobdan chiqarilishi natija- sida dastlabki qiymat bo‘yicha chiqib ketishida qanday provodka beriladi?
A. D-t 9320 K-t 4890
B. D-t 0440 K-t 6890, 7410
C. D-t 9220 K-t 0410-0490
D. D-t 0890 K-t 0590
Gudvill (firma bahosi)da korxonaga sotib olingandagi buxgalteriya provodkasini aniqlang.
A. D-t 0490 K-t 0830
B. D-t 9320 K-t 0990
C. D-t 0440 K-t 6890
D. D-t 0510 K-t 9220
BO‘LIM MAVZULARI YUZASIDAN AMALIY MASHG‘ULOT
1-t o p s h i r i q.
Asosiy vositalar hisobiga oid xo‘jalik muomalalarini ro‘yxatga olish
¹
|
Muomalalar mazmuni
|
Summa
|
D-t
|
K-t
|
1
|
Korxonaga ishlab chiqarish stanoklari sotib olindi
|
15000000
|
|
|
2
|
Ta’sischilar ulush sifatida korxona binosini topshirdi
|
45800000
|
|
|
3
|
Ishlab chiqarish stanoklarini o‘rnatish uchun xarajat sarflandi
|
125000
|
|
|
4
|
Korxona ofis uchun mebellar sotib oldi
|
33690000
|
|
|
5
|
Asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga eski- rish amortizatsiya hisoblandi
|
247000
|
|
|
6
|
Ofis binosi va mebellariga eskirish amortizatsiya hisoblandi
|
198000
|
|
|
7
|
Foydalanish muddati tugagan asosiy vositalar hisobdan chiqarildi
|
26870
|
|
|
8
|
Korxona o‘z tassarufidagi ishlab chiqarish stanokla- rini sotdi
|
6740000
|
|
|
9
|
Ishlab chiqarish stanoklarining eskirish amortizatsiya qiymati hisobdan chiqarildi
|
4580000
|
|
|
10
|
Asosiy vositalarni sotishdan olingan foyda moliya- viy natijaga o‘tkazildi
|
211000
|
|
|
11
|
Asosiy vositani qayta baholashdan ko‘rilgan zarar zaxira kapitali hisobidan qoplandi
|
75410
|
|
|
12
|
Umumishlab chiqarishda foydalanilgan transport vositalariga eskirish amortizatsiya hisoblandi
|
86000
|
|
|
Quyidagilarni bajarish talab etiladi:
1. Xo‘jalik muomalalariga buxgalteriya provodkalarini tuzing.
2-t o p s h i r i q.
«Imkoniyat» korxonasida mavjud ishlab chiqarish mashinasi eskirishini hisoblang. Asosiy vositaning balans qiiymati 48000000 so‘m. Tugatish qiymati
taxminan 8% qilib belgilangan. Xizmat muddati 15 yil. To‘g‘ri chiziqli va kamayib boruvchi qoldiqli usulda amortizatsiyani hisoblang.
Yillar
|
Balans qiymati
|
Yillik amortizatsiya summasi
|
Jamg‘arilgan amortizatsiya
|
Qoldiq qiymati
|
1-yil
|
|
|
|
|
2-yil
|
|
|
|
|
3-yil
|
|
|
|
|
4-yil
|
|
|
|
|
5-yil
|
|
|
|
| BO‘LIM
MEHNAT VA ISH HAQINI HISOBGA OLISH
MEHNAT VA ISH HAQINI HISOBGA OLISHNING ASOSIY VAZIFALARI
Hozirgi xo‘jalik yuritish sharoitida ishlab chiqarish korxonalarining bosh vazifasi turmush farovonligini yanada ko‘tarish, ijtimoiy ishlab chiqarish, ijtimoiy o‘sib borish, xalq xo‘jaligini jadal rivojlantirish yo‘li bilan mehnat unumdorligini oshirish, milliy daromadni o‘stirishdan iborat. Mehnat va ish haqini hisoblash, hisob ishlarining aniq va tezkor ma’lumotlar talab qiluvchi eng muhim va qiyin sohalaridan biridir. Unda xodimlar sonini o‘zgartirish, ish vaqtining sarflanishi, ish haqi fondi, korxonaning har bir xodimi bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Mehnat va ish haqi hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Ish vaqtining to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish.
Sarflangan mehnat yoki ishlab chiqilgan mahsulotni tegishli hujjat- larda o‘z vaqtida va to‘g‘ri aks ettirish.
Hisoblangan ish haqini kalkulyatsiya obyektlari o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlash.
Ish haqi va mehnatga haq to‘lashning ilg‘or usullarini amalga oshirish.
Mehnatga haq to‘lash fondining to‘g‘ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish.
Xodimlar bajaradigan ish turlariga ko‘ra ikki guruhga bo‘linadi:
Ishchilar.
Xizmatchilar.
Xizmatchilar o‘z navbatida quyidagi darajalarga bo‘linadi: rahbarlar, mutaxassislar va boshqalar.
Ishchilar tarkibiga moddiy ne’matlarni yaratish, tuzatish, yuklarni ko‘chirish, yo‘lovchilar tashish, bevosita moddiy xizmatlar ko‘rsatish bilan band bo‘lgan xodimlar kiradi.
Xizmatchilar tarkibiga esa rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xodimlar taalluqlidir.
Rahbarlar tarkibiga korxona va uning tarkibiy bo‘linmalarida rahbar- lik lavozimini egallab turgan xodimlar (direktor, uning o‘rinbosarlari,
bosh muhandis, bosh iqtisodchi, bosh buxgalter, bosh texnolog) va boshqalar kiradi.
Mutaxassislar tarkibiga muhandislar, iqtisodchilar va boshqa iqtisodiy hamda muhandislik-texnikaviy ishlar bilan band bo‘lgan xodimlar kiradi.
Boshqa xodimlar toifasiga hujjatlarni tayyorlash, rasmiylashtirish ishlarini olib boruvchi, xo‘jalikka xizmat qiluvchi boshqa xodimlar (kas- sirlar, nazoratchilar, tabelchilar, ish yurituvchilar va hokazolar) kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |