ASOSIY VOSITALARNING TA’MIRLANISHINI HISOBGA OLISH
Asosiy vositalar vaqti-vaqti bilan ta’mirlanib turiladi. Ular ta’mir- lanish hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:
Bajarilgan ta’mirlash ishlarining tannarxi hamda hajmini to‘g‘ri va o‘z vaqtida aniqlash.
Ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlarning mahsulot yoki bajarilgan ish tannarxiga to‘g‘ri o‘tkazilishini ta’minlash.
Ta’mirlash ishlari uchun ajratilgan mablag‘lardan to‘g‘ri foydalanish ustidan nazorat olib borish.
Ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli qilib olib borilishi ustidan nazorat olib borish va boshqalar.
Ta’mirlash xarajatlari ikki usul bilan tegishli schyotlarga yozilishi mumkin:
ta’mirlash bilan hamma xarajatlarning vujudga kelish jarayonini ishlab chiqarish xarajatlarining schyotlariga yozish;
maxsus zaxira fondi tashkil qilish yo‘li bilan korxonada ta’mirlash
ishlarini olib borish uchun zaxira O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi ruxsati bilan tashkil qilinadi.
Zaxira summasi har oyda, korxona tomonidan mustaqil belgi- lanadigan normativ miqdorda mahsulot tannarxiga qo‘shiladi. Zaxira summasi 8910-«Kelgusida qilinadigan xarajat va to‘lovlar» passiv schyotida hisob qilinadi.
Ta’mirlash ishlari xo‘jalik yoki pudrat usulida olib boriladi. Xo‘jalik usulida ta’mirlash ishlari korxonaning ta’mir-mexanika yoki asosiy ishlab chiqarish sexlari ishchilari tomonidan bajariladi. Pudrat usulida esa maxsus ta’mir-qurilish tashkiloti tomonidan shartnoma asosida bajariladi. Bunda tugallangan ta’mirlash ishlari 2 nusxada: «Qabul qilish-topshirish dalolatnomasi» hujjati bilan rasmiylashtiriladi va bir nusxasi buxgalteriyaga topshiriladi.
Pudrat usulida bajarilgan ta’mirlash ishlari qiymatiga pudratchi schyotiga asoslanib quyidagicha buxgalteriya aloqasi tuziladi:
D 6010 K D 2510, 9420, 9430 K
D 5110 K D 6010 K
Asosiy vositalarni pudrat usulida ta’mirlash bo‘yicha haqiqiy huj- jatlar schyotlarida quyidagicha aks ettiriladi:
D 6010 K D 8910 K
Haqiqiy xarajatlar zaxiraning kamayishiga yozildi
D 2310 K D 8910 K
Asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlarini schyotlarga yozish 8910- schyotidan foydalanilgan holda quyidagicha buxgalteriya provodkasi bilan rasmiylashtiriladi:
D 8910 K D 2310,2510,2010,9420 K
Xo‘jalik usulida bajarilgan ta’mirlash xarajatlarining schyotlarga yozilishi quyidagicha aks ettiriladi:
Ta’mirlash uchun sarflangan haqiqiy xarajatlar hisobga olindi. D-t2310
K-t 1010, 1050, 1210, 1310, 6520, 6710.
Tugallangan ta’mirlash xarajatlari zaxira fondi hisobidan qoplandi. D-t8910
K-t2310
Do'stlaringiz bilan baham: |