V
Valuta – ( ital. valuta. lat. valere – qadrlanmoq, qiymat ) – mamlakatning pul birligi va uning tipi (oltin, kumush, qog‘oz, pul)ga tenglashtirilgan to‘lov vositalari.
Valuta – mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul birligida ifodalangan
kursi
bahosi. V.K. qat’iy belgilangan va o‘zgarib turadigan turlari mavjud.
Valuta – uning boshqa xorijiy valutalarga almashish qobiliyati tushuniladi.
konvertir- lashuvi
Veksel – (nem.Wechsel, aynan. ayirboshlash) – qarz majburiyatlari xususida yozma holda berilgan maxsus ko‘rinishdagi qimmatbaho qog‘oz. Qarz bergan tomon vekselda ko‘rsatilgan muddat tugashi bilan qarzni talab qilish huquqiga ega.
X
Xalqaro – xalqaro moliya valuta tashkiloti. Uni tuzishdan maqsad xalqaro
valuta fondi
savdoni rivojlantirish, valuta kursini, me’yorlarini, nisbatlarini belgilash, ko‘p tomonli to‘lovlar tizimiga rioya qilinishini nazorat qilish hamda fond a’zolariga valuta yetishmovchiligi holatlarida kredit, qarz berish.
Xolding – (ingl.holding – ega) – o‘zga firma, korxonaning nazorat paketini o‘zida ushlab turuvchi bosh kompaniya. X. qo‘l ostidagi kompaniyalarni rivojlantirib, daromadni ko‘paytirish bilan birgalikda o‘zi ham tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi. Huquqiy nuqtayi nazardan aksionerlik jamiyati, mas’uliyati cheklangan jamiyat yoki xususiy korxona sifatida harakat qiladi.
Xususiy – 1) biror shaxsning yolg‘iz o‘ziga qarashli, tegishli bo‘lgan mulki, shaxsiy mulk; 2) ayrim shaxslar tomonidan yakka tartibda amalga oshiriladigan; 3) muayyan bir narsa yoki mavzuga bag‘ishlangan.
Xususiy – biror shaxs, oila, korxona, firma, tashkilot mulki – yer, uy-joy, bino,
mulk
inshootlar va ishlab chiqarish vositalari, pul, qimmatbaho qog‘ozlar. XM ishlab chiqarish yoki o‘z qobiliyatini ishga solishdagi tadbir- korlik, o‘z xo‘jaligini yuritish, daromadni turli qimmatbaho qog‘ozlarga joylashtirish natijasida, merosga qolgan mulk va boshqa
qonun yo‘l qo‘yadigan sohalar asosida yuzaga keladi va ko‘payib boradi.
Xususiy – xususiy tashabbus orqali o‘z mablag‘larini ishga tushirish asosida
tadbirkorlik
tashkil etiladigan tadbirkorlik.
Xususiy – ayrim shaxslarga va ayrim oilalarga qarashli bo‘lib, yakka xususiy
firmalar
mulk hisoblanadi.
Hujjatlash- – bu korxona xo‘jalik faoliyatini kuzatib borish, hisobga olinadigan
tirish
xo‘jalik operatsiyalarini nazorat qilish va aks ettirishning asosiy usulidir. Har bir xo‘jalik operatsiyasi tegishli hujjatda rasmiylashtiriladi. Bu holat odatda operatsiyalar sodir bo‘layotgan paytda amalga oshiriladi va hisobning boshlang‘ich davri hisoblanadi. Hujjatlardan keyinchalik xo‘jalik operatsiyalari haqidagi ma’lumotlarni guruhlashtirish va qayta ishlov berishda foydalaniladi. Hujjatlarda mansabdor mas’ul shaxslarning imzosi bo‘lmasa, bunday hujjatlar haqiqiy hisoblanmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |