O‘zbekiston respublikasi oliy



Download 0,5 Mb.
bet133/204
Sana27.01.2022
Hajmi0,5 Mb.
#412528
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   204
9-memorial order – asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va joydan joyga ko‘chirilishi bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 438-son shakl; 11-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining kirimiga doir

jamlanma qaydnoma, 398-son shakl;



  1. memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 411-son shakl;

  2. memorial order – materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 396-son shakl;

15-memorial order – ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha qaydnoma, 406-son shakl.

Qolgan operatsiyalar (asosiy vositalarga eskirish hisoblash, asosiy fondlarni har yilgi qayta baholash, budjetdan tashqari daromadlar hisobi, yilni yakunlash operatsiyalari va h.k) va «Storno» operatsiyalari bo‘yicha alohida memorial orderlar tuziladi (274-son shakl) va ular har oy uchun alohida 16 dan boshlab raqamlanadi.

Operatsiyalar hajmiga qarab jamlanma qaydnomalarni tuzish talab qilinmaydigan tashkilotlarda subschyotlar korrespondensiyasi alohida memorial orderlarda (274-son shakl) belgilangan doimiy raqamlar berilib ko‘rsatiladi.

Alohida memorial orderlar operatsiyalarning sodir bo‘lishiga qarab, ammo boshlang‘ich hisob hujjatlari olingandan keyingi kundan kechik- tirmasdan ayrim hujjatlarga yoki bir xildagi hujjatlarning bir guruhi asosida tuziladi. Subschyotlar korrespondensiyasi memorial orderlarda ikkiyoqlama yozuv qoidasiga muvofiq yozib boriladi.

Memorial orderlar bosh hisobchi (yoki uning o‘rinbosari) va ijrochi (hisobchi) tomonidan imzolanadi.

Barcha memorial orderlar 308-son shakldagi «Bosh-jurnal kitobi»da ro‘yxatga olinadi. «Bosh-jurnal kitobi» har bir subschyot bo‘yicha yuritiladi.

«Bosh-jurnal kitobi» o‘tgan yildagi yakunlovchi balansga muvofiq yil boshiga qolgan qoldiq summalarni ko‘chirib yozish bilan ochiladi.

Bu daftarga yozuvlar memorial orderlar va memorial order-jamlanma qaydnomalar tuzilgandan keyin oyiga bir marta yoziladi.

Memorial orderdagi summa dastlab «Order bo‘yicha summa» qatoriga, keyin esa, tegishli subschyotlarning debeti va kreditiga yoziladi. Barcha subschyotlar bo‘yicha oylik aylanmalar summasi debetda ham kreditda ham «Order bo‘yicha summa» qatorining jamiga teng bo‘lishi kerak. Oylik aylanmalardan keyingi ikkinchi qatorda har bir subschyot bo‘yicha kelgusi oyning boshiga qoldiq chiqariladi.

Analitik hisob buxgalteriya hisobi registrlarida (buxgalteriya daftarlarida, kartochkalarida, qaydnomalarida va boshqalarda) yuritiladi.

Boshlang‘ich hisob hujjatlari, hisob registrlari, moliyaviy hisobotlarni saqlashni, ularni rasmiylashtirib, arxivga topshirish muddatlarini bosh hisobchi ta’minlaydi.

Hisob registrlariga yozuvlar siyoh bilan, sharikli ruchka bilan yoki zamonaviy hisoblash texnikasi yordamida boshlang‘ich hisob hujjat- laridan, ular olinganidan so‘ng keyingi kundan kechiktirmasdan yoziladi.

Har oy tugagandan keyin analitik hisob registlarida aylanmalarning jami hisoblanadi va subschyotlar bo‘yicha qoldiq chiqariladi.

Joriy yilda hisob registrlaridagi buxgalteriya yozuvlarida aniqlangan xatolar belgilangan tartibda tuzatiladi.

Sintetik va analitik subschyotlardagi buxgalteriya yozuvlarining to‘g‘riligini nazorat qilish uchun tegishli analitik subschyotlarning har bir guruhi bo‘yicha aylanma qaydnomalar (M-44-son shakldagi material zaxiralar bo‘yicha aylanma qaydnoma, 285-son shakldagi aylanma qaydnoma va 326-son shakldagi asosiy vositalar bo‘yicha aylanma qaydnoma) tuziladi. Aylanmalar jami va aylanma qaydnomalardagi har bir analitik subschyot qoldiqlari 308-son shakl «Bosh-jurnal kitobi»dagi mazkur subschyotlarning qoldiqlari va aylanmalari jami bilan har oy yakuni bo‘yicha taqqoslanadi.

Aylanma qaydnomalar har oyda, asosiy vositalar bo‘yicha esa, har chorakda tuziladi. 326-son shakldagi aylanma qaydnomadagi yozuvlar kerak bo‘lgan hollarda bir necha yillar davomida olib borilishi ham mumkin.

Yangi hisobot yilida sintetik va analitik hisob registrlarida yil boshiga qoldiq summalari o‘tgan yilgi yakunlovchi balansga va tegishli hisob registrlariga to‘la mos ravishda yoziladi.

Agar yillik hisobot moliya organi yoki yuqori tashkilot tomonidan qabul qilinayotganda yakunlovchi balansda tuzatishlar qilingan bo‘lsa, moliya organi yoki yuqori tashkilotning tegishli yozma ko‘rsatmasiga

asosan, bu tuzatishlar o‘tgan yilgi hisob registlariga ham, joriy yil registlariga ham (kirim qoldiqlarini o‘zgartirish yo‘li bilan) kiritib qo‘yiladi.

Har bir hisobot oyi tugagandan keyin barcha memorial orderlar, memorial order – jamlanma qaydnomalar ularga tegishli hujjatlar bilan birga raqamiga qarab tartib bilan taxlanishi va kitob qilinishi kerak. Hujjatlar uncha ko‘p bo‘lmagan taqdirda, ularning uch oyligini bitta qilib kitob qilish mumkin. Muqovasiga tashkilotning nomi, kitobning nomi va tartib raqami, hisobot davri – yil va oy, memorial orderning boshlang‘ich va oxirgi raqami, kitobdagi varaqlar soni yozib qo‘yiladi.

Moddiy qimmatliklar, pul mablag‘lari, shuningdek, debitorlar va kreditorlar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar hamda boshqa aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish, shuningdek, inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda davriy moliyaviy hisobotlarni, shuningdek, set, shtat va kontingentlar bo‘yicha rejaning bajarilishi to‘g‘risida choraklik va yillik hisobotlarni tuzadilar va topshiradilar.

O‘zbekiston Respublikasida tashkilotlar tomonidan buxgalteriya hisobi milliy valuta – so‘mda yuritiladi.


    1. Download 0,5 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish