O‘zbekiston respublikasi oliy


MOLIYAVIY KOEFFITSIENTLAR VA RENTABELLIK KO‘RSATKICHLARINI ANIQLASH



Download 0,5 Mb.
bet124/204
Sana27.01.2022
Hajmi0,5 Mb.
#412528
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   204

19.6. MOLIYAVIY KOEFFITSIENTLAR VA RENTABELLIK KO‘RSATKICHLARINI ANIQLASH

Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z harakat doirasida va uning ta’sirida rivojlanishi, qayta tashkil etilishi yoki bankrot bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunda tashkil etilgan korxona yoki firma qatorida o‘z faoliyatini to‘xtatayotganlari ham uchrab turibdi. Bunga asosiy sabab raqobatdir. Raqobat – o‘zgaruvchanlikni, harakatchanlikni va yangilikni talab qiladi. Raqobatga bardosh berolmagan korxonalar o‘rnini boshqa shunday korxonalar band qilishadi.

1999-yil 26-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka- masining 362-sonli qaroriga muvofiq «Korxonalarning iqtisodiy nochorligi belgilarini aniqlovchi mezonlar tizimi» qaytadan ishlab chiqildi. Korxonalarni bankrot deb e’lon qilish va ularni tugatish shartlari vakolatiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasi qoshidagi

«Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari bo‘limi» egadir. Bu bo‘lim tomonidan korxonani iqtisodiy nochor yoki bankrot deb e’lon qilishning tartiblari ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, iqtisodiy nochor belgilarini aniqlash (tashxis qo‘yish)ning asosiy mezonlari sifatida quyidagi ko‘rsatkichlar tizimi belgilangan:



  • korxonaning to‘lovga layoqati va qoplash koeffitsientini o‘rganish;

  • korxonaning moliyaviy mustaqillik darajasini baholash;

  • uzoq muddatli aktivlar va joriy aktivlarni, moddiy aylanma mab- lag‘larni manbalashning holati;

  • o‘z va qarz mablag‘lari orasidagi o‘zaro nisbat darajalari;

  • ishlab chiqarish quvvatlaridan haqiqiy foydalanish darajasi;

  • asosiy va nomoddiy aktivlarning holat ko‘rsatkichlari;

  • muddati o‘tgan qarz majburiyatlarining holati.

Bu ko‘rsatkichlarni o‘rganish orqali korxona va firmalarning iqti- sodiy nochorligini oydinlashtiruvchi savollarga javob beriladi, iqtisodiy nochorlik belgilarining bor yoki yo‘qligi aniqlanib, zarur bo‘lsa, bank- rotlik qarori qabul qilinadi. Iqtisodiy nochorlikni belgilashda foyda- laniladigan har bir koeffitsientning me’yorlashtirilgan chegaraviyligi belgilangan ushbu chegaraviylikdan o‘zgarishlar asosida korxona moliyaviy holatiga iqtisodiy tashxis qo‘yiladi.

Bugungi kunda foyda ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi korxona faoliyatiga beriladigan baho mezonidir. Ammo korxona faoli- yatiga baho berishda foyda ko‘rsatkichidan tashqari rentabellik ko‘rsatkichidan ham keng foydalaniladi.



Rentabellik daromadlilik, foydalilik degan ma’noni anglatadi. Ren- tabellik ko‘rsatkichi foizlarda aniqlanadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida rentabellikning ko‘pgina turlari mavjud bo‘lib, quyida ularning eng asosiylariga e’tibor qaratiladi:

  1. Mol-mulk rentabelligi:

Rm= Sof foyda*100%/ Balans jami.


  1. Investitsiya rentabelligi:

Ri= Sof foyda*100%/ (O‘z sarmoyasi+uzoq muddatli majburiyatlar).


  1. Tannarx rentabelligi:

Rt= Sof foyda*100%/ Ishlab chiqarish xarajatlari.


  1. Mahsulot rentabelligi:

Rmah= Yalpi foyda*100%/Sotishdan tushgan sof tushum.





Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish