B
Balans – «Balans» atamasi lotincha bis – ikki marta, banx – tarozi pallasi so‘zlaridan tarkib topgan bo‘lib, tom ma’noda «ikki palla» degan
ma’noni anglatadi va tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida ishlatiladi.
Bank – yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtincha bo‘sh pul mablag‘larini bir joyga to‘plovchi va uzluksiz aylanib turushini ta’minlovchi, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda beruvchi, tomonlar o‘rtasida to‘lov va boshqa hisob-kitob ishlarida vositachilik qilib turuvchi, oltin va chet el valutasi bilan bog‘liq operatsiyalarni bajaruvchi kredit-moliya muassasi. B. pul qo‘yuvchilarga ma’lum foiz to‘lab, qarz olganlardan yuqoriroq foiz stavkasini undiradi va ana shu foizlar o‘rtasidagi farq bank foydasi hisoblanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |