Budjet tashkilotlari buxgalteriya hisobini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2010-yil 17-dekabrdagi 105-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi yo‘riqnomaning 25-ilovasiga muvofiq budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining schyotlar rejasiga asosan yuritadilar. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilmagan holda ushbu schyotlar rejasini o‘zgartirilishiga yoki schyotlar rejasida keltirilmagan schyotlarni yoki subschyotlarni qo‘llagan holda buxgalteriya hisobini yuritish taqiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |